Bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

 
 
3-Bо‘lim.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari. 
3.1. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishining о‘ziga xos xususiyatlari. 
Bolalarni rivojlanish yosh xususiyatlarini ÿrganishda yosh davrlariga katta 
e’tibor karatish lozim. Bolalarni yosh davrlariga bÿlishda bir kancha olimlar 
ilmiy-tadkikotlar olib borganlar. J.Piaje (1896-1970), L.Kolberg, A.Vallon, 
R.Zazzo, G.Grimm… chet el olilari, L.S.Vagotskiy, L.I.Bojovich, D.B.Elkonin, 
A.A.Lyublinskaya, A.V.Petrovskiy, ÿzbek psixolog olimlaridan M.Vohidov, 
E.G‘oziyev, S.A.Axundjanova, M.SH.Rasulova, R.I.Sunnatova va boshkalar yosh 
davirlarini turli yosh boskichlariga ajratish bÿyicha ilmiy-tadkikot ishlarini olib 
borganlar. Shularga asoslangan holda yosh davrlarini kuyidagi boskichlarga 
ajratish mumkin. 
1)
gÿdakning davri – tuilgandan 1 yoshgacha; 
2)
ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; 
3)
maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; 
4)
kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11 yoshgacha; 
5)
ÿrta maktab yoshidagi bolalar 11 yoshdan 14 yoshgacha; 


28 
6)
Katta mktab yoshidagi bolalar – 15 yoshdan 18 yoshgacha. 
Bolani psixik va jismoniy rivojlanishida gÿdaklikdan – maktabgacha bÿlgan 
davri eng muhim davr bÿlib hisoblanadi 
Bola hayotining dastlabki 7 yili barcha organ va tizmlarning intensiv 
rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bola naslga xos biologik xususiyatlar, jumladan, 
asosiy nerv jarayonlarining tipologik xususiyatlari (kuch, muvozanatlilik va 
harakatchanlik) bilan ham tug‘iladi. Biroq xususiyatlar faqat jismoniy va psixik 
rivojlanishlarning asosini tashkil etadi, bola hayotining birinchi oylaridagi 
belgilovchi omil esa tashqi muhit va bola tarbiyasi hisoblanadi.
Shuning uchun bola hayotining ilk kunlaridan boshlab shunday sharoit 
yaratish kerakki, bolaning tetik, ijobiy emotsional holati, jismonan va psixik 
tо‘laqonli rivojlanishi ta’minlansin. 
Bola hayotining birinchi yilida uning markaziy nerv tizimi xususiyatlari 
morfologik tuzilishining tugallanmagani va bosh miya pо‘stlog‘ining funksional 
rivojlanishidan iborat bо‘ladi. Bu jarayonlarning nihoyasiga yetishi keyingi 
yillarda tashqi va ichki qо‘zg‘atuvchilarning ta’sirida kechadi. 
Tug‘ma shartsiz reflekslar bazasida (mudofaa, himoya, ovqatlanish, 
chamalash) oliy nerv tizimi faoliyatining rivojlanishiga erishiladi. Bola hayotining 
birinchi haftalaridayoq uni kо‘rish va eshitish kabi shartli refleks qо‘zg‘atuvchilari 
shuningdek, (N.N.Kasatkina tadqiqotlari kо‘rsatganidek) juda xilma-xil tashqi 
qо‘zg‘atuvchilarni paydo qilish mumkin. 
Yosh ulg‘aya boshlashi bilan shartli reflekslar paydo bо‘lishi tezroq kechadi.
Agar biror-bir tashqi qо‘zg‘atuvchilar uzoq muddat, muayyan izchillikda 
qо‘llaNilsa, buning natijasida dinamik stereotip javob reaksiyalarning yaxlit tizimi 
vujudga keladi. Bola tarbiyasi tо‘g‘ri olib borilganda, kо‘plab turli stereotiplar 
hosil qilish mumkin, bu tashqi atrof-muhitni idrok qilishni osonlashtiradi va nerv 
hujayralarining ish qobiliyatini oshiradi. Masalan, kun tartibi, о‘z vaqtida uxlashga 
yotqizish, uyqudan sо‘ng ertalabki gigiyenik gimnastikani majburiy tarzda bajarish 
uchun stereotip hosil qilish mumkin. Biroq, bola nerv tizimining ayrim stereotiplar 
(odatlar) ni о‘zgartirish maqsadida sharoit, yoshning о‘zgarishiga qarab, bolalarda 
muhitni ongli idrok qilish qobiliyatini rivojlantirgan holda ehtiyotlik bilan mashq 
qildirish lozim. Chunonchi bola hayotining ikkinchi yilidagi harakat rivojlanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar odatdagi yurishni о‘zlashtirgach, 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga murakkablashtirilgan yurish (yо‘lkadan, 
xodadan) ni kiritish lozim. Bola aytilgan vazifani yengil bajaradi, yangi harakatga 
qiziqish bilan qaraydi, natijada harakat kо‘nikmalari faqat mashqlarni bajarish 
paytidagina emas, balki kundalik turmushda ham takomillashadi. 
Markaziy nerv tizimining rivojlanish darajasi va differensiyatsiyasiga 
(ulg‘ayishiga) qarab harakat kо‘nikma-lari paydo bо‘ladi. Bu funksiyalarning 
vujudga kelishi va mustahkamlanishi ham tashqi, ham ichki omillar bilan 
belgilanadi. I.M.Sechenov yangi tug‘ilgan bola skelet mushaklari sohasida uncha 
kо‘p bо‘lmagan instensiv harakatlar miqdorini egallashni ta’kidlagan edi. Ixtiyoriy 
deb atalmish barcha harakatlar bola hayoti davrida, tashqi ta’sirotlar ta’sirida 
shakllanadi. 


29 
Harakat analizatori va boshqa analizator о‘rtasida vujudga keladigan 
aloqaning muayyan izchilligini M.Y.Kistyakovskaya aniqlagan. Bola hayotining 
ikkinchi oyida kinestetik va vestibulyar analizatorlar о‘rtasida aloqa о‘rnatiladi, bu 
bolaning qorin bilan chalqancha yotganda, tik turgandagi kabi turli holatlarda 
boshni kо‘tarish va tutib turish harakatlarida namoyon bо‘ladi. 
Bu yoshda lablar, og‘iz bо‘shlig‘idagi shilliq parda va qо‘l terisidagi 
retseptorlarga ega bо‘lgan kinestetik analizator bilan ham aloqa yuzaga kelishi 
mumkin. 
Bolalar barmoqlarini sо‘riydilar, qо‘llarini yuzlari uzra kо‘taradilar 4 oyning 
oxiri 5 oylardan boshlab, bolalar qо‘llarini kо‘rinadigan buyumlarga uzatadilar. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda harakat analizatorlari tez 
rivojlanadi. Buni N.I.Krasnogorskiy aniklagan. Shartli reflekslar bu yoshda tez 
hosil bÿladi, birok darrov mustaxkamlanmaydi va shuning uchun boladagi 
kÿnikmalar dastlab bekaror bÿladi. Bosh miya pо‘stlog‘idagi qо‘zg‘alish jarayoni 
tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Muayyan harakat kо‘nikmalarini hosil 
qilish, shartli reflekslarni mustahkamlash mashqlar asosida olib boriladi. 
Bola о‘z hayotining ikkinchi yilida murakkab kо‘rinishni egallaydi, yura 
boshlaydi, shu yoshning oxirida esa yuguradigan bо‘ladi. 2 – 3 yoshdan boshlab 
tirmashish va uloqtirish kabi harakatlarni bajara boshlaydi. Shu yoshda sakrashga 
harakat qiladi, shu yoshning oxirida sakraydigan bо‘ladi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish