73
Mikrolelektronikadan
tashqari,
avtomatik
lazerli
payvandlash
avtomobillarning kuzovini va kardan (avtomobilda va xususan mashinalarda
oshiq–moshiqsimon mexanizm)
devorlarini payvandlashda, titan va amominid
varaqlarini, gazli simlarni ulashda ishlatiladi.
So’nggi yillarda, shuningdek, metall bo’lmagan materiallarni ham
payvandlash rivojlanmoqda. Faraz qilaylik: elektron–nurli
trubka ichidagi
qandaydir sim uzilib kontakt buzildi. Shu qiyin joyni payvandlashda lazer
nurlari qo’llaniladi (3.2–rasm).
a) b)
3.2-rasm. a) O’ta qiyin joylarni lazerli payvandlash; b) Vakuumli yoki ichi gaz
bilan to’ldirilgan kameralarni shaffof materiallar orqali lazerli payvandlash [20]
Chunki, faqat lazergina vakuumli ballonning oynasidan o’ta olishi
mumkin. Xuddi shu yerda, lazer nurlarining eng ahamiyatli uning eng qiyin
joylarda hama payvandlash imkoniyatiga ega ekanligida ko’rinadi.
Shu bilan
bog’liq ravishda inert gazi bilan to’ldirilgan kameradagi u yoki bu
mikroelektronika elementlarini ham payvandlash juda katta qiziqish uyg’otadi.
Bu holda oksidlanish reaksiyasining oldi olinadi.
Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlarda lazerli qayta toblash usuli juda
avj olib ketdi. U turli mikroelektron qurilmalarning asosi hisoblangan rezistorlar
qarshiligini to’g’rilash, yarimo’tkazgich sirtini chiniqtirish kabi parametrlar
vakuum pechlarida oddiy usulda qayta ishlangandan 2–3 marta ortadi.
Lazerlarning mikroelektronikada qo’llanilishi haqida quyida to’xtalib o’tamiz.
74
Yarimo’tkazgich sirtni lazerli qayta toblash ayrim uncha katta bo’lmagan
sohalarning mustahkamligini yanada oshirish maqsadida qo’llaniladi. Lazerdan
foydalanish yarimo’tkazgich
sirt qatlamini toblash, qayta ishlanayotgan detalni
umumiy qizdirishsiz amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, sirtqi va ichki
qatlamni barobar toblantiradi, jarayonni
tez amalga oshirish paytida
yarimo’tkazgichni oksidlanishidan saqlaydi. Shunday qilib, lazerli toblash
tanlangan maydon sirtiga ta’sir etishdir.
Lazerli toblash avtomobil sanoatida dvigatel silindri (golovka)
boshchasini, yetakchi klapanlar va taqsimlovchi vallarni mustahkamlashda
ishlatiladi.
Yarimo’tkazgich sirtning qattiqligini ta’minlash maqsadida ham lazerli
legirlash
(yarimo’tkazgichga
boshqa
modda
qo’shib
fizik-kimyoviy
xususiyatlarini yaxshilash) qo’llaniladi. Legirlovchi
prisadkalar kukun
ko’rinishida qayta ishlanadigan maydon sirtiga sepiladi. Lazer bilan nurlantirish
jarayonida qizdirilgan kukun va material aralashib yupqa qatlamli modda paydo
bo’ladi.
Keyingi yillarda termik qayta ishlashga oid yangi lazerli texnologik
jarayonlar paydo bo’ldi. Shunday jarayonlardan biriga materialni shisha bilan
qoplash jarayoni ham kiradi. Agar lazer bilan nurlantirilgan materialning ustki
qismi tez sovutilsa, uning sirtida yupqa (shishasimon)
amorfli qatlam paydo
bo’ladi, u juda yuqori sifatli bo’lib, korroziyalarga bardoshliligi bilan ajralib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: