75
asbobning sinishiga yo’l qo’ymaydi hamda teshiklarning aniq ochilishini
ta’minlaydi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
Lazer texnologiyasi bilan parmalash, ayniqsa
soatsozlikda yoqut toshlar, olmos
tola va filerlarni ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. Shunday toshlarni
parmalab ma’lum katta–kichiklikda parmalar yordamida
teshikchalar ochish
(diametri 0,05 mm) uchun 10-25 minutgina kifoya.
O’tgan asrning 60-yillaridan beri kam unumli parmalash metallarni
bug’lantirish yo’li bilan teshik ochishga mo’ljallangan lazerli asboblar bilan
almashtirilgan. Lazer qurilmalarining ishlab chiqarish unumdorligi bir sekundda
bir teshik parmalash bilan tengdir. Bu esa mexanik
parmalashdan ming marta
yuqori unumdorlikka ega degan gapdir.
Juda ingichka sim olish uchun simlar juda kichik diametrli
teshikchalardan
o’tkazilib
ingichkalashtiriladi.
Bu
teshikchalar
(ingichkalashtirish
kanallari)
juda
qattiq
metallar,
masalan
olmosli
qotishmalarga
o’tkaziladi.
Hammadan
ham
olmosdan
o’tkazilgan
teshikchalardan simni tortish (olmosli tola va filerlar) qulaydir. Lekin, eng
yuqori qattiqlikka ega bo’lgan olmoslarni qanday qilib parmalash mumkin?
Masalan, ularni mexanik parmalash 10 soatdan ortiqroq vaqtni talab etadi.
Lekin, bu teshikchalarni kuchli lazer impulslariga ega bo’lgan seriyalar bilan
parmalash juda oson kechadi.
Lazerli usullar bilan olingan olmos tolalar ko’p
mehnat talab qiladigan
operatsiyalar – filerlarda qora teshiklar ochish uchun qo’llaniladi. Lazerli
parmalar faqat qattiq materiallardagina emas, balki o’ta mo’rtligi
bilan ajralib
turadigan materiallarda ham teshikcha ochish uchun qo’llaniladi. Misol uchun
kulolchilikni olaylik. Lazerlar bilan sopolda diametri 10 mikrometrli
teshikchalarni ham hosil qilish mumkin. Mexanik
parmalash bilan bunday
teshikchalar hosil qilish aslo mumkin emas.
To’quvchilik sanoati uchun filerlarni tayyorlash oddiy mexanik yo’l bilan
filer ishlab chiqarishda qo’llaniladigan plastinkalardan voz kechish imkonini
76
beradi. Darvoqe, kulolchilikda filerlardagi teshikchalarni faqat lazerlar
yordamidagina ochish mumkin.
Lazer texnologiyasini muvaffaqiyatli qo’llab
teshikchalar ochishda
dinamik muvozanatlashgan tez aylanuvchi detallar, turbina, rotorlar istiqbolli
soha hisoblanadi. Bir impuls lazer nurlanishida keragidan ortiq o’rtacha
massadan bir milligrammgacha metall olib tashlanadi.
Teshikchalar
ochish lazer texnologiyasi, shuningdek EHMlarda xotira
plastinkasi, mikroskop va elektron-nurlanish trubkalari diafragrammalarini
tayyorlashda ham qo’llaniladi [21].
Do'stlaringiz bilan baham: