Xii bob. Nizo va stressni boshqarish



Download 319,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana09.07.2022
Hajmi319,27 Kb.
#764295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
12-мавзу



XII BOB. NIZO VA STRESSNI BOSHQARISH 
12.1. Nizo, ularing kelib chiqish sabablari va turlari 
O‘zbek tilining izohli lug‘atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi: 
“Nizo - bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat 
orqasidan tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq”. 
Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o‘zaro janjallar sodir bo‘ladi. Odamlar janjal haqida 
o‘ylaganlarida dushmanlik, qo‘rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni 
nazarda tutishadi. 
Boshqarish jarayonida nizo
- bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o‘rtasida 
muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela 
olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyat. 
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning 
ish qobiliyatirini pasaytiradi, jamoadagi “ruhiy iqlim”ni yomonlashtiradi, kadrlar 
qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. SHuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, 
mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg‘unligini ta’minlovchi shartlardan 
biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan 
foydalanish lozim. 
Nizo qanday xarakterga ega bo‘lmasin va u qay darajada katta bo‘lmasin, barcha 
hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil 
qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ektivlik bilan 
etishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak. 
Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, “ruhiy iqlim”
 
yaxshi bo‘lgan hamda 
intizom ancha yuqori bo‘lgan joyda faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuksak emas, balki 
nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‘z mehnatidan katta qoniqish olayotgani 
ko‘zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab 
chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish 
istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Jamoa a’zolarining prinsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik 
istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. 
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko‘ra vujudga kelishi 
mumkin. Ulardan: 

mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni; 

haq to‘lashning takomillashtirilmagani; 

yomon mehnat sharoitlarini; 

mehnat haqidagi qonunlarni buzishini; 

rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini; 

o‘zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko‘rsatish 
mumkin. 



Download 319,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish