Bulardan tashqari tijoratga doir quyidagi xavflar, ya’ni:
•
tovarlarni bozorda sotishga aloqador xavf;
• yuklarni tashish mahalidagi xavf yoki transportga aloqador xavf;
• tovarni xaridor tomonidan qabul qilinishga aloqador xavf;
• xaridorning haq to‘lashga qodir yoki qodir
emasligiga aloqador xavf;
• xaridorning haq to‘lashni istamasligiga aloqador xavf.
Siyosatga doir xavflar:
•
xaridor mamlakatda importning taqiqlanishiga aloqador xavf;
• yuklarni xaridorga tashib etkazib berish mahalidagi ish tashlashlar (urush,
g‘alayonlar)ga aloqador xavf;
• valyutalarning almashinishiga yoki pul o‘tkazishning ta’qiqlab qo‘yilishiga
aloqador xavf.
Iqtisodiyotga doir xavflar:
• pulning qadrsizlanishi;
• ishsizlik darajasi;
• soliq siyosati;
• texnologik o‘zgarshilar;
• xom ashyo bazasi bilan bog‘liq xavflar ham xavf darajasining ortishiga olib
kelishi mumkin.
13.4. Xavfni kamaytirish va rentabellikni oshirish usullari
Rahbar, xususan, xavf bo‘yicha menejer belgilangan rentabellik darajasini
saqlagan holda, yuz berishi ehtimoli bo‘lgan xavf darajasini imkon boricha qanday
kamaytirishni bilishi kerak. Bundan tashqari, u korxona uchun juda nohush voqea
yuz bergan sharoitlarda ham xavfning salbiy oqibatlarini kamaytirish
imkoniyatlarini oldindan hisobga olib qo‘yishi lozim.
Xavfni boshqaruv sohasidagi ishlarni malakali yo‘lga qo‘yish, uning bir qismini
boshqa hamkorlarga o‘tkazish, biznesni va xodimlarni sug‘urta
qildirish orqali
ancha kamaytirish mumkin.
Bank, birja, tijorat amaliyotida valyuta xatarini sug‘urta qilishning turli usullari
ham xejirlash deb yuritiladi.
•
qo‘shimcha ishchi kuchiga, bozorning ahvoli va xususiyatlari to‘g‘risidagi
axborotga etarlicha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan korxonalar orasida
sheriklar
axtarish;
•
tor sohalarning qaysi birida xavf hammadan ko‘p bo‘lsa, o‘sha sohada tashqi
maslahatchi-ekspertlar xizmatidan foydalanish;
•
xavfni oldindan bilish, tusmollash: tor joylarni va xavf manbalarini aniqlab olish;
•
o‘zini sug‘urta qilish uchun korxona aylanma mablag‘larining bir qismi hisobiga
zaxira jamg‘armasi tuzish;
•
biznesni va xodimlarni sug‘urta qilish yo‘li bilan xavfning bir qismini boshqa
shaxslar yoki tashkilotlarga o‘tkazish.
So‘nggi ikkita usul, ya’ni o‘z-o‘zini va biznesni sug‘urta qilish maxsus zaxira
fondini tashkil etish va zararlarni aylanma moliya mablag‘lari
hisobidan qoplash
bilan bog‘liq. Bu usuldan foydalanish yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk butun
biznesning mulkiy va moliyaviy miqyoslarga nisbatan juda kichik bo‘lgan hollarda
mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Masalan, yirik korporatsiyaning kichik binoda joylashgan ozgina uskunalarini
yirik sug‘urta kompaniyasi orqali yong‘indan sug‘urta qildirish maqsadga muvofiq
emas. Sug‘urtani o‘z bo‘yniga olish usuli korxonaning bir xil mahsuloti ko‘p,
ularning ishdan chiqish ehtimoli kam bo‘lgan hollarda ham juda qo‘l keladi.
Masalan, yuzlab tankerlarga ega yirik neft kompaniyalari shu usuldan
foydalanishadi. CHunki firmaga yiliga bitta tankerni yo‘qotish (bu yuz bermasligi
ham mumkin) hamma tankerlar uchun sug‘urta solig‘i to‘lashdan ko‘ra
arzonga
tushadi.
Xejir
(yo‘qotishlardan saqlanish) qilish degan sug‘urta shakli ham bor. Uning
mohiyati shundayki, aytaylik, xom ashyoni qayta ishlashga
ixtisoslashgan firma
kutilayotgan daromadlarining xavfini boshqa tomonga o‘tkazish orqali sug‘urta
qiladi. Xejirlashda sotuvchi (xaridor) fyuchers kelishuvi tuzish bilan ayni bir vaqtda
o‘z savdosiga teng keladigan fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi).
Xejirlash tomonlar ko‘radigan ehtimoldagi ziyonni kamaytirish imkonini beradi.
Tovar narxi o‘zgarishi bilan ko‘riladigan zarar fyuchers bo‘yicha olinadigan yutuq
bilan qoplanadi.
Bank, birja, tijorat amaliyotida valyuta xatarini sug‘urta qilishning turli usullari
ham xejirlash deb yuritiladi.
Xejir
- bu baho bo‘yicha tavakkalchilik sug‘urtasi; fyuchers shartnomasi.
Quyidagi omillar xavfdan holi bo‘lishiga yordam beradi:
•
milliy valyutadagi qatiy baholar yoki chet el valyutasining milliy valyutaga
nisbatan kursining oldindan belgilanishi;
•
eksport va import xavfini o‘zaro moslashtirish;
•
o‘z milliy banklaridan foydali
shartlar bilan qarz olish;
•
banklar bilan ma’lum muddatga mo‘ljallangan maxsus valyuta bitimlari tuzish
va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: