265
kerak bo‘lar ekan. Kapsid va nukleokapsid orasida ichki oqsil iplar bo‘lib ular
nukleokapsidni kapsid ichida stabil turishini ta’minlaydi.
Nostrukturaviy oqsillari va RNK.
Kapsidda strukturaviy oqsillardan tashqari virion tarkibida boshqa
birqancha funksional guruh oqsillar mavjud:
Transkripsiyada qatnashuvchi oqsillar,
5 subbirlik DNK-mute RNK-polimeraza,
2 xelikaza (R350, L540),
Keplovchi ferment,
4 transkripsiya faktorlari (L377, L538, L544, R563),
Oksidlanish yo‘llari oqsili (virusni oksidlanuvchi stresslardan o‘tishida
yordamlashuvchi, ho‘jayin-hujayra sistemasini aktivlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan
oqsillar), lipid va oqsillarni modifikatsiyalovchi oqsillar, proteinkinazalar,
proteinfosfataza, fosfoesteraza, lipaza, DNK metabolizmida
ishtirok etuvchi
oqsillar, topoizomeraza, IA va IB topoizomerazalar,
DNKni zararlangan
qismlarini ultrafiolet nur bilan korreksiyalovchi endonukleazalar.
Oqsil va DNK dan tashqari virionda har xilDNK-polimerazani (R322)
kodlantiruvchi mRNK va hokazolar mavjud.
Mimiviruslarni genomi chiziqli ikkizanjirli DNK 2004 yili to‘la
sekvenirlangan. Unda1 181 404 juft asos bor bo‘lib, faqat Megavirus chilensis (
2012yil natijalariga qaraganda)dan keyin turuvchi genomi katta virusdir. Unda
hujayrali organizmlarni 30 tasini genetik axboroti mavjud.
Genlari
Mimivirusning yarim genlarining gomologlari zamonaviy bilimlar bazasida
uchramaydi. Faqatgina 24% nigina mo‘ljallangan funksiyasi ma’lum xolos.
Mimiviruslarni genomlarida barcha yirik yadero-sitoplazmatik viruslarga
xos bo‘lgan genlarini asosiy gomologlari topilgan. Mimiviruslarda topilgan
gomolog genlarni ko‘plari noyob genlardir.
Masalan, mimivirus genomi translyasiya apparatidagi birqancha oqsillarni
kodlantiradi: tirozil-, arginil-, sisteil-
va metionil-tRNK-sintetaza, translyasiyani
initsiatsiyalash gomolog faktorlari eIF4E (L496), eIF4A (R458) va SUI1/eIF1
(R464), translyasiyaning elongatsiya faktorlari eEF-1 (R624) va translyasiyaning
terminatsiya faktori eRF1 (R726). Translyasiyada qatnashadigan oqsil genlaridan
tashqari 6 ta gen bo‘lib, ular leysin,
triptofan, gistidin, va sistein kodonini
tanuvchi tRNK ni kodlantirsa kerak. Mimivirus
tRNK va rRNKdagi uratsil
qoldig‘ini
metillaydigan
ikkita
RNK-uratsil-5-metiltransferaza
(R405,
R407)fermentini gomologlarini kodlantiradi.
Mimivirus yana uglevod, lipid i aminokislota metabolizmi fermentlarini
kodlantiradi.
Mimivirusni hayotiy sikli.
Ho‘jayin –hujayrasi. Birinchi ma’lum bo‘lgan virusning ho‘jayini amyoba
Acanthamoeba polyphaga dir. Boshqa bir va ko‘p
hujayrali organizmlarni
eksperimental kasallatirilganda faqat Acanthamoeba avlodining — A. castellanii
i A. mauritaniensis turlari kasallandi xolos va ular mazkur virusni xo‘jayinlari