262
Kerakli ma’lumotlarni kamligidan ba’zi bu viruslarni
birinchilar qatori
ochgan olimlar bu viruslarni bakteriyalar va viruslar orasidagi zanjirning
etishmayotgan halqasi bo‘lsa kerak degan fikrlar ham bildirishdi. Bakteriyalarga
ham, viruslarga ha o‘xshamaydigan yangi olam organizmlari bo‘lishi mumkin,
degan fikr ham bildirishdi.
Nomning etimologiyasi.
Bu virusga nom berishda “mikrobga o‘xshash
mimikriyalangan” -«mimikriruyuщiy pod mikrob» (angl. mimicking microbe
virus) deb fikr bildirildi. CHunki ancha vaqtgacha uni o‘lchamini
kattaligiga,
hivchinga o‘xshash oqsil iplriga qarab va Gram usulida musbat bo‘yalishlariga
asoslanib mikrob deb hisoblab kelindi.
Kashf qilinishi.
APMV birinchi marta 1992 yili
Acanthamoeba
polyphaga amyobasidan ajratib olindi va uni sharafiga shu nom berildi
.
Organizmni Bradfordcoccus deb amyoba ajratilgan rayonning nomi bilan atashdi
(Bredford, Angliya). Bu organizmni bakteriyalardek muxitlarda o‘stirishga
urinishlar samara bermaganligidan so‘ng va bakteriyalarni genlarini aniqlaydigan
16S rRNK tiplarga ajratadgan universal praymerlar yordamida olib boriladigan
PSR reaksiyalari ham aniqlashga imkon bermadi.Namuna sovuqxonada 10 yil
saqlangandan so‘ng Fransiyaga berildi va uerda qo‘shimcha tadqiqodlar bajarildi.
Natijada Bradfordcoccus ni gigant virus ekanligi tasdiqlandi.
Olingan natijalar
2003 yili «Science» jurnalida chop etildi.
Klassifikatsiyasi.
Mimivirus avlodi Mimiviridae oilasiga kiradi. Bu oila
esa
yirik
yadro-sitoplazmatik
DNK-tutuvchi
viruslarni
sistemalanmagan(sistemadan
tashqari
bo‘lgan)
viruslariga
(inglizcha
nucleocytoplasmic large DNA viruses, NCLDVs) kiradi.
Bu guruhga
poksviruslar, iridoviruslar, askoviruslar, asfarviruslar va fikodnaviruslar kiradi.
Bu viruslarni barchasining o‘lchamlarining
kattaligi, molekulyar tavsiflarini bir-
biriga o‘xshashligi, hamda murakkab genomga egaligi bilan ajralib turadi.
Mimiviruslarni replikatsiyada qatnashadigan qator oqsillari,
yirik yadro-
sitoplazmatik DNK-tutuvchi viruslarning oqsillari bilan gomologik
oqsillar
ekanligi aniqlandi. Bu esa o‘z navbatida ularni kelib chiqishi umumiy ekanligini
ko‘rsatadi. Mimiviruslarni ko‘pgina oqsillari hozirgacha aniq bo‘lgan oqsillar
bilan o‘xshash ekanligi kuzatilmaydi. Bundan tashqari mimiviruslarning genomi
katta miqdordagi eukariotlarni va bakterialarni oqsillariga o‘xshash oqsillarini
kodlantiradi. Bu genlar mimiviruslar bilan ikkinchi marta o‘zlashtirilgan bo‘lib,
va ular virus xo‘jaini genomidan va uning parazitidan kelib chiqqan bo‘lishi
mumkin.
Mimiviridae oilasi xalqaro viruslar taksonomiyasi qo‘mitasi tomonidan shu
vaqtgacha biror-bir otryadga biriktirilgan emas. 2012 yili bu va boshqa yirik virus
oilalarini Megavirales deb nomlangan yangi otryaga birlashtirish
taklif qilingan
edi.
Baltimor klassifikatsiyasi bo‘yicha mimiviruslar 1- guruxga kiradi (RNK
stadiyasi bo‘lmagan ikki zanjirli DNK tutuvchi viruslar). Bu guruxga yana
iridoviruslar, poksviruslar va boshqa viruslar kiradi.