16.
Orthomyxoviridae oilasi avlodlari va vakillari, xususiyatlari. Gripp
virusining immunitetini nega birnecha yillargacha davom etmasligi,
shtammlari, fermentlari va o‘zgaruvchanligi.
17.
Retroviridae oilasi avlodlari va vakillari, xususiyatlari. OITS va unga
qarshi kurash.
18.
Picornaviridae oilasi avlodlari va vakillari, xususiyatlari. Poliomielit
kasalligi, kurash choralari.
19.
Mimiviridae oilasi avlodlari va vakillari, xususiyatlari. Nega bu virusni
viruslarga kiritilganligi haqidagi mulohazalar
20.
Prionlar yoki sekin kechadigan infeksiyalar. Prionlarning viruslardan
farqlari va qo‘zg‘atadigan kasalliklari
271
IV–qism. Virus epifitotiylarini rivojlanish qonuniyatlari asoslari
10 –bob. Virus epifitotiylarini rivojlanish qonuniyatlari asoslari haqida
10.1. Virus kasalliklari o‘choqlari
Odam va hayvonlarni kasalliklarini bir davlat hududida tarqalishi
epidemiya deb nomlanib, kasallikni bir davlat xududidan tashqi davlatlarga ham
tarqalishini pandemiya deb nomlanadi. Epifitotiya deganda esa o‘simliklarda
tarqaladigan kasalliklarni epidemiyalarini tushuniladi va ularni kasalliklarini
qo‘zg‘atuvchilari eukariot va prokariot organizmlar va viruslar bo‘lishi mumkin.
Bu mavzuda fitovirus kasalliklarini epifitotiylari haqida so‘z boradi. Virus
kasalliklarini biror xududda (“o‘choq”da), biror organizm(lar)da biror virus
qo‘zg‘atadi. Bu aytilgan fikrlardan ko‘rinadiki uch faktor asosan virus kasalligini
tarqalib epidemiya, pandemiya va epifitotiya darajasiga etishi va juda katta
zararlar etkazishi mumkin. Bu erda tarixda gripp virusidan ko‘rilgan katta
zararni - 20 millionlab odamlarni qurbon bo‘lganligini, o‘simlik viruslari
ta’sirida g‘o‘za, kartoshka, tamaki, tomat, poliz ekinlari, shaftoli va boshqa
daraxtlardagi virus kasalliklarini Bouden eslatganidek
()
fitoviruslarni
kasalliklari orqali qishloq ho‘jaligi birqancha millionlab zarar ko‘rishi va ba’zi
o‘simlik navlarini biror xududda ekish mumkin bo‘lmay qolishlari kuzatilgan.
Ba’zi noyob o‘simliklarni navlarini kasallik oqibatida butunlay yo‘qolib
ketganligi kuzatilgan.
Kasallikni zarar keltirishidagi uch faktorni doimo
nazoratda olib yurish, uni zararini yo‘qotishga qarab tashlangan qadam bo‘ladi.
“Virus”ni (kasallikni qo‘zg‘atuvchini) “tashuvchi omil” (hasharotlar, odamlar,
hayvonlar va h.k.) kasallikga “moyil organizm”ga (o‘simlikga) olib borishi va
kasallik qo‘zg‘atilishi yuzaga keladi. Demak, bu bir “uch halqalik zanjir” bo‘lib,
uni birorta halqasini uzib tashlash kasallikni ro‘yobga chiqishini kamaytiradi;
ikki halqasini uzib tashlash esa kasallikni yanada ro‘yobga chiqish foyizini
kamaytiradi va h. Uchinchi halqa esa o‘z navbatida bu o‘simlik bo‘lsa, uni
virusga moyilligi, immunligi, fiziologik holati va boshqalar unda kasallini
ro‘yobga chiqishini kamaytiradi. Undan tashqari agrotexnik omillar, ya’ni
ekiladigan o‘simliklarni ekilganda virus va kasallanadigan o‘simlik orasiga
himoya vositasi bo‘lgan o‘simliklarni ekish va hokazollalni qo‘llash,
o‘simliklarni siyrak yoki qalin ekilganligi ham kasallikni ro‘yobga chiqishi bilan
bog‘liqligini hisobga olish, o‘simliklarni ekish muddatlarini o‘zgartirib,
tashuvchini xali kamligi vaqtida ekish, tashuvchini umuman biologik, kimyoviy
omillar bilan yo‘qotish, tashuvchi va virus rezervatorlarini esa kimyoviy,
biologik usullar bilan yo‘qotish va h. larni e’tiborga olish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. O‘rni kelganda aytib o‘tish joyiz bo‘lsa kerak, Q.S. Davranov tomonidan
jo‘xorini sariq pakana mozaikasi virusini O‘zbekistonda aniqlab, uni rezervatori
g‘umayni Dalapon va tashuvchisi shiraga qarshi BI-58 ni qo‘llab, mazkur virus
kasalligiga qarshi kurash chorasini ishlab chiqishni, Z.N. Qodirova tomonidan
raps, sholg‘om, redis virus kasalliklariga qarshi “Bitoksibatsillin” nomli Vas.
Do'stlaringiz bilan baham: |