19-jadval
Tipik tabiiy-o‘choqli kasalliklarni belgilovchi faktorlari
Kasalli
k-lar
(viruslar)
Simptomlar
i
Tarqatuvchi
hasharotlar
Urug‘ orqali
tarqalishi
Rezervatori
Sirkulya
siyasi
Adabiyot
No‘xotlar
va
dukkaklila
rni
sarg‘ayishi
Xloroz,
yuqori
barglarini
buralishi va
maydalashi
shi, o‘sish
va
rivojlanishd
Dukkak
lilarni qora
shirasi-
Aphis fabae
Scop.yana
loviya,
vika, beda
shiralari
Urug‘
orqali o‘tishi
isbotlanmag
an
Cirsium
arvense (L.)
Scop.,Chenopo
dium album
L.ikkilamchi
o‘chog‘i beda
Virus
ko‘p
yillik
begona
o‘tlarda
qishlaydi
.
Vlasov,
1964;
1966
274
a orqada
qolishi
10.2.2. Madaniy o‘simliklar orasida ham qo‘zg‘atuvchisi muqim
sirkulyasiyaga ega tabiiy o‘choqli kasalliklar
Yu.I.Vlasov va uning hamkasblari tomonidan Ukraina, Zakavkaze,
Krasnodar o‘lkalarida tomatni dog‘li zarhallanishi (so‘lishi) virusi (Lycopersicon
virus 3 Smit) har tomonlama o‘rganilib, bu virusni rezervatorlari, tashuvchi
hasharotlarini o‘rganish natijasida mazkur kasallikni “madaniy o‘simliklar orasida
ham qo‘zg‘atuvchisi muqim sirkulyasiyaga ega tabiiy o‘choqli kasalliklar”
guruhiga kirishi haqida ko‘plab ma’lumotlar olishdi va ularni o‘choqlari
aniqlashdi. Begona o‘tlar (Datura stramonium L. eskulentum, Sisymbrium
officinale Perg. (gulyavnik)), bilan bir qatorda mazkur virusni madaniy
o‘simliklarni – kartoshka, kartoshkagul, qalampirni kasallantirishi va bir yildan
ikkinchi yilga kartoshka yoki kartoshkagulni tuganaklari orqali tarqalishini
isbotlandi. Virusni begona o‘tlardan hamda bularga bog‘liq bo‘lmagan holda
madaniy o‘simliklardan tripslarni har xil turlari (Thrips tabaci Lind., Franklinella
insularis Frank, F.maltoni Frank va h.) orqali tashilishini aniqlashdi. Demak, bu
virus madaniy o‘simliklar orasida ham muqim tashuvchilar orqali sirkuyasiya
qiladi. Bu guruhga juda ko‘p virus kasalliklari kiradi. Ularning sirkulyasiyasi
qonuniyatlarini Tomatni dog‘li zarxallanishi (so‘lishi) virusi Lycopersicon virus
3 Smit. misolida ko‘ramiz. Bu kasallikni 1941 yilda Eristavi E.M. birinchi marta
Rossiyada kashf qilgan. Keyinchalik bu virus biologiyasini Razvyazkina G.M.,
Suxov K.S lar tamaki va maxorka o‘simliklarida o‘rganganlar. Bu virusni
tarqatuvchisi Thrips tabaci Lind. va uni birqancha turlari kasallikni tarqatadi.
Virus hasharot tanasida qishlaydi. Virusni Ukrainada maxorkada tarqalgan
shtammini “yuqori xloroz” yoki rus tilida “verxushechny xloroz” deb nomlanadi.
Ukrainada aniqlangan bu shtammni Tomatni dog‘li zarxallanishi virusi guruhiga
kiritiladi. Qishlab chiqqan tripsdan tashqari virusni tarqatuvchi manbalariga ba’zi
begona o‘tlar, jumladan gulyavnik Sisymbrium officinale Perg kiradi. Ma’lum
miqdorda rezervator bo‘lib kartoshka ham katta rol o‘ynaydi. Bu virusni
biologiyasini Vlasov va shogirdlari Krasnodar o‘lkasida, Abxaziyada
o‘rganishgan. Subtropika iqlim zonalarida bu virusni o‘rganishda, uni tarqalishi
va saqlanishi gulyavnikni ishtirokisiz ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatildi.
Abxaziya, Adler xududlarida gulyavnik umuman uchramasa ham tomatni
zarhallanishi kasalligi tarqalganlini aniqlandi. Virus infeksiyasi Datura
stramoniumda uchrashi aniqlandi. Demak virusni tarqalishida bu o‘simlik ma’lum
rolni o‘ynashi mumkin. Virusni qishlash joyini aniqlash ma’lum daraja
o‘rganishni taqazo qiladi. K.Smit bu virusni eng ahamiyatli xo‘jayinlaridan biri
deb kartoshkagulni hisoblaydi. Bu o‘simlikni tuganaklari orqali virus keyingi
yilga ham berilishi va boshqa xududlarga tarqalishi mumkin. Tomat ekilgan erlar
kartoshkagul ekilgan xududlarga yaqin bo‘lsa kasallikni ko‘payishi va
uzoqlashganda aksi kuzatiladi. Demak bu natijalardan quyidagi xulosa qilish
mumkin: gulyavnik uchramaydigan xududlarda virus begona o‘t hisoblangan
Do'stlaringiz bilan baham: |