Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Faza siljishi 
1-rasm 
2-rasm 
3-rasm 


54 
kelganida Lorents va Puankare jumboqning yetishmayotgan elementlarini yig„ib 
qo„yib bo„lishgan edi. Lorents, Maksvell formulalarini o„zgartirmasdan ham, bir 
sanoq tizimidan boshqasiga o„tish imkonini beradigan almashtirish formulalarini 
keltirib chiqardi. U shuningdek mazkur formulalaridan kelib chiqadigan dalillar 
orqali, masalan, jismlarning makonda siqilishi singari muhim xulosalarni bayon 
qildi. Puankare esa golland fizigining ilmiy faoliyatini sinchkovlik bilan kuzatib 
borar va u bilan to„xtovsiz yozishmalar yuritardi. 1898 yildan 1905 yilgacha 
bo„lgan oraliqda u yorug„lik tezliginiong doimiy ekanligiga asoslangan holda, 
nisbiylik tamoyilini mustaqil ravishda keltirib chiqardi ayni bir vaqtlilik g„oyalarini 
katta so„roq ostiga keltrib qo„ydi. Lekin mubolag„aviy efir tushunchasi bilan 
birgalikda, amalda mavjud ilmiy an‟analardan iborat tumanlik pardasi, ularning har 
ikkisining ham anchayin o„tkir ilmiy nigohlarini haqiqat nurlaridan to„sib qo„ydi. 
Bu xuddiki, jinoyatga taalulqi barcha dalil-isbotlar allaqachon topilgan bo„lsa ham, 
lekin jinoyatchi shahsning kibor oqsuyaklardan ekanligi mirshabning 
ishonmasligiga asos bo„layotgani singari edi.
Eynshteyn esa bu vaziyatda, turli xil mutaasibliklardan va rasmiy 
majburiyatlardan holi bo„lgan xususiy izquvar o„laroq maydonga chiqdi. Paunkare 
uning ustunlik jihatlarini e‟tirof etib o„tgan edi: «
Men ayniqsa uning yangicha 
tushunchalarni qanday osonlik bilan qabul qilayotganligiga qoyil qolardim. U 
eskicha udumlarga o„ralashib qolmagan
». O„z navbatida Eynshteyn ham «
Agar 
nisbiylik nazariyasining yuzaga chiqish o„tmishiga nazar tashlaydigan bo„lsak, 
shubhasiz 1905 yilda uning kashf qilinishga tayyor holda bo„lganligini ko„rishimiz 
mumkin
» deb aytib o„tgan edi. Olim, Maksvell tenglamalari shunchaki bir sanoq 
tizimidan boshqasiga o„tish masalasida o„zining qoyilmaqom go„zalligidan masuvo 
bo„lishi mumkinligini hazm qila olmas edi va u, elektromagnit hodislar borasidagi 
yagona muhim omil – harakatning nisbiyligi ekanligiga ishonchi komil bo„lgan. 
Uning «Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga» deb nomlangan maqolasi 
quyidagi so„zlar bilan boshlanadi:
«
Ma‟lumki, Maksvell elektrodinamikasi o„zining zamonaviy ko„rinishida 
harakatlanuvchi jismlarga nisbatan, aftidan hodisalarning o„zi uchun xos 
bo„lmaga narsa – asimmetriayning tadbiq etilishini taqozo etadi. Masalan, 
magnit hamda elektr toki o„tkazayotgan o„tkazgich orasidagi elektromagnit 
o„zaro ta‟sirni yodga olamiz. Kuzatilayotgan harakatlar faqat magnitning 
yoki, o„tkazgichning harakatiga nisbatan bog„liq bo„ladi. Vaholanki
eskicha tasavvurlarga ko„ra, bu ikki jismlardan biri, yoki, ikkinchisining 
harakatlanyotganligini bildiruvchi ikkala holatlar o„zaro bir-biridan qat‟iy 
faqrlanib turishi kerak deb hisoblanadi
». 
Elektromagnetizm fenomeni borasidagi Eynshteynning maslaklari, olimning 
hali bolalik chog„larida, oliaviy fabrikada o„ynab yurgan vaqtlarida o„zlashtirgani 


55 
va endilikda juda chuqur va deyarli instinktiv ravishda his qilish darajasiga borib 
yetganligiga qaramay, olim Lorents almashtirishlarining xulosalari faqatgina 
elektrodinamika andozalari uchungina muhim emas ekanligini ham juda tez anglab 
yetdi. Bor kuchi bilan «Tabiatning afsuni» ig„vosini ilgari surayotgan kimsalarni 
ham Eynshteyn umuman qo„llab quvvatlamadi. U nisbatan jur‟atliroq shahs bo„lib, 
bu borada ham, xuddi termodinamika qonunlari singari butun fizikani asoslab bera 
oladigan yaxlit va yagona paradigmani qidirar edi. Ehtimolki, Yevklidning 
«Boshlang„ichlar» asaridan ilhom olgan holda, Eynshteyn ham nisbiylik nazariyasi 
borasidagi o„zining qator postulatlarni shakllantirishga intilgan va keyinchalik 
deduksiya vositasida ulardan mantiqiy xulosalar chiqarishga umid bog„lagan. 
Anchayin katta hajmga ega bo„lgan «Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga» 
maqolasida jur‟at bilan bayon etilgan kuzatuvlar, faqat ikki bandga asoslangan edi: 
-

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish