Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Diagnostika.
Yoyilgan skleroz diagnostikasida klinik belgilardan tashqari 
qo‘shimcha tekshirish usullaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda immunologik 
usullar KT, MRT, keng qo‘llanilmoqda, lekin bular yoyilgan sklerozda aynan 
spetsifik hisoblanmaydi. 95% bemorlarda likvorda IgG guruhga talluqli 
antitanachalar aniqlanadi (likvorning izoelektrik fokslash usuli). Qo‘shimcha IgG 
indeksidan foydalanishda (gematoensefalitik baryer o‘tkazuvchanligi 
buzilganligidan dalolat beradi). Quyidagi formula qo‘llaniladi.
IgG (likvorda ) × albuminlar (zardobda) 
______________________________________ 
IgG (zardobda) × albuminlar (likvorda) 
70% bemorlarda indeks 0,7 dan ortiq bo‘ladi. 95% bemorlarda yoyilgan 
sklerozda informativ usullardan biri – MRT bo‘lib, demiyelinizatsiya o‘choqlarini 
aniqlashda yordam beradi. Bunda MRTning T-2 rejimi sezgir. O‘choqlar 
ko‘pincha subtentorial bo‘shliqda, yon qorinchalar atrofida joylashadi (miya 
so‘g‘oni va miyacha) va diametri 6 mm dan iborat bo‘lib, (Fazekas kriteriyasi) 
o‘choqlar soni 3 tadan kam bo‘lmay, ulardan 1 tasi paraventrikulyar joylashadi. 
Orqa miyadagi demiyelinizatsiya o‘choqlari 50 yoshdan kattalarda uchraydi. 
Ko‘ruv nervi MRT si ko‘ruv nervi zararlanishi haqida aniq ma’lumot beradi (bu 
esa alkogol nevropatiyasi va ishemik nevrit differensial tashhisida katta 
ahamiyatga ega). MRT – demiyelinizatsiya o‘choqlarini ko‘rishda, dinamikada 
kuzatishga, davo samaradarligini bilishga imkon yaratadi.
Chaqirilgan potensiallar (VP) – somatosensor ko‘ruv va eshitish 
stimulyatsiyasiga javoban miya bioelektrik aktivligini registratsiya qiladigan 
usuldir. Yoyilgan sklerozda (VP) shakli va latentligi oshadi, bu esa o‘tkazuvchi 
yo‘llarni zararlanganligidan darak beradi (impuls o‘tishi sekinlashadi).
Davolash.
Yoyilgan sklerozni davolashda asosan patogenetik va simptomatik davo 
o‘tkaziladi. Bu kasallikning etiotrop davosi yo‘q. Hozirgi davrda kortikosteridlar 
bilan pulsterapiya o‘tkazish nisbatan effektiv hisoblanib, kasallikni o‘tkir davrida 
(qisqa vaqt mobaynida) yuqori dozalarda kun ora beriladi. Bu sxema kamroq 
asoratlar qoldiradi. Ko‘proq metilprednizolon (metipred, solumedrol) 1000 mg/sut 
500 ml fiziologik eritmada vena orasiga tomchilatib yuboriladi (3-7 kun 
mobaynida). Metilprednizolonni boshqa yuborish sxemasi mavjud–1000 mg 100 
ml fiziologik eritmada 7 kun mobaynida, keyin prednizolon 60 mg/sut davosini 
kamaytirib borish sxemasi bo‘yicha (10 kun davomida).
Kortikosteroidlar yallig‘lanish reaksiyalarni kamaytirib nerv impulsini 
o‘tishini tiklaydi. Deksametozon bilan davolashda quyidagi sxemadan 
foydalaniladi: 1 kun – 2 mg (1 marta), 3 kun – 2 mg dan (2 marta), 5 kun – 4 mg 
dan (2 marta), 7 va 8 kunlar – 8 mg dan (2 marta), keyin dozalar shu sxemasi 


 270
bo‘yicha kamaytiriladi. Agar kasallikni avj olishi retrobulbar nevrit ko‘rinishida 
namoyon bo‘lsa, unda deksametozon retrobulbar yuboriladi.
AKTG shuningdek gematoensefalik to‘siqni o‘tkazuvchanligini normal-
lashtiradi, immunosupressiv ta’sir ko‘rsatadi. AKTG ni 40-100 ED m/o 10-14 kun 
mobaynida yuborish tavsiya etiladi. AKTG ni dozasini 80-100 ED dan 10 ED 
gacha kamaytirib borish sxemasi bo‘yicha 2-3 hafta mobaynida ham qo‘llash 
mumkin.
AKTG ni sintetik analogi sinaekten depo (uzoq muddatli ta’sir qiluvchi) 1 
ml dan 7-10 kun mobaynida buyuriladi. Bu preparat kasallik nisbatan engil 
kechuvida yaxshi samara beradi. AKTG dan asoratlar kuzatilishi metipred bilan 
puls-terapiyaga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Yoyilgan skleroz avj olganda plazmafarez o‘tkazish mumkin, uning ta’siri 
antitanachalar, sirkulyasiyalanib yurgan immun komplekslarni, miyelinni 
parchalanish mahsulotlarini, sitokinlarni chiqishi bilan bog‘liq. Ba’zi hollarda 
immunomodulyatorlar (T-aktivin va miyelopid) tavsiya etiladi va kasallikning 
ikkilamchi – progressirlanuvchi shakllarini davolashda ishlatiladi. Miyelopid qisqa 
muddat qo‘llaniladi – 3 ml dan mushak orasiga (3 kunda 1 marta, 

3.).
T – aktivin 1 ml dan teri ostiga 7-10 kun mobaynida buyuriladi. 
Kortikosteroidlar bilan davolanganda effekt yaxshi bo‘lmasa sitostatiklardan 
foydalaniladi (siklofosfan, azatioprin, siklosporin A). 
Azatioprinni sutkalik dozasi 2-3 mg/kg tashkil etib, davolash kursi 6 oydan 
1-2 yilgacha davom etadi.
Yoyilgan sklerozni patogenetik davosida yangi yo‘nalish – bu kasallikni 
zo‘rayishini profilaktika qilishdir. Buning uchun iterferondan foydalaniladi. 
Interferonning nisbatan effektivligi – 
β
-interferon bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi 
ta’sir ko‘rsatadi va kasallikni progressirlanuvchi kechuvida qo‘llaniladi. 
β
-
interferondan 
γ
-interferon mahsulotini kamaytiradi; 
γ
-interferon yallig‘lanishiga 
qarshi sitokinlardan biri bo‘lib, immun sxemani aktivlaydi. E.coli mahsuloti 
hisoblangan betaferon qo‘llaniladi. Betaferon kasallikni hurujlarini kamaytiradi va 
8 mln MMB dozada teri orasiga kun ora 3-5 yil davomida buyuriladi.
Xurujlar sonini kamaytiradigan yana bir preparat bu – kopolimer -1 (KOP-
1). Bu sintetik polimer bo‘lib, 4 ta aminokislotadan (alanin, glyutamin, lizin, 
tirozin) tarkib topgan; preparat kuniga 20 mg dan 6-24 oy mobaynida tavsiya 
etiladi. Simptomatik terapiyaga mushaklar tonusini pasaytiruvchi, tremorni 
kamaytiruvchi, chanoq a’zolari faoliyatini korreksiyalashda yordam beruvchi 
preparatlar ham kiradi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish