279
nevralgiya uchun “triger” yoki “tepki” nuqtalar juda xosdir. Bu nuqta yuzning shu
sohasiga tegib ketilganda og‘riq xuruji paydo bo‘ladi va aksincha qattiq bosilsa
og‘riq kamayadi. Bunday nuqtalar og‘iz burchagida, og‘izning shilliq qavatida,
burun
qanotida, peshona va yuz terisining turli yerlarida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p
hollarda triger nuqtalari zararlangan nerv shoxini innervatsiya qiluvchi sohasiga
to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘rsatilgan o‘sha nuqtalarni yangilarini paydo bo‘lishi ayniqsa
qon aylanishi yetishmovchiligi sabab bo‘lgan nevralgiyaga xosdir. Trigeminal
nevralgiyani og‘riqning xurujidan so‘ng “triger” nuqtalari bir necha daqiqa
yo‘qolib, bemorlar gapirishga, yuvinishga, yuz
terisiga tegishga muvoffaq
bo‘ladilar. Ma’lum daqiqadan so‘ng paydo bo‘lgan triger nuqtalari yana og‘riq
xuruji boshlanishidan dalolat beradi. Tipik trigeminal nevralgiyada uchraydigan
shu nuqtalarni tahlil qilish kasallikni patogenik, diagnostik va prognostik
ahamiyatini ko‘rsatib, uch shoxli nervning sezgi o‘zagini funksional holatidir
degan xulosaga olib kelishi mumkin.
Uch shoxli nervning nevropatiyasida og‘riq xurujidan Valle nuqtalarida
og‘riq, reflektor
mushak tortishishlari, sezgi, vegetativ va trofik o‘zgarishlar
kuzatiladi. Taxminan 50% trigeminal nevralgiya bilan kasallangan bemorlarda
Valle I, II, III nuqtalarda /for. supraorbitale, infaorbitale, mentale/ zararlangan
shoxga qarab paypaslanganda og‘riq bo‘ladi. Sezgi o‘zgarishlari kasallikni tipik
hollarda uchramaydi. Kasallikning o‘tkir qo‘zigan
vaqtda zararlangan shoxni
innervatsiya qiluvchi sohada og‘riq giperesteziyasi uchraydi. Agar bemorda
alkogolizatsiya uslubi qo‘llanilgan bo‘lsa, og‘riq gipesteziya bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda bemorda og‘riq xurujidan oldin yoki xuruj vaqtida mimika va
chaynov mushaklarida tortishishlar (og‘riq tiki) kuzatiladi. Vegetativ, trofik
o‘zgarishlar – yuz terisini qizarib, ko‘karib ketishi, “chakka”
arteriyasini urushi
kuchayib, ko‘z yoshini, so‘lakni, burundagi suyuqlikni ajralishi, yuzdagi shish,
mahalliy harorat va ter ajralishini ko‘payib yoki kamayib ketishi, soch tolalarini
to‘kilishi, yuz to‘qimalarida trofik o‘zgarish bo‘lishi, konyuktivit, ekzema,
yaralar
chiqishi bilan xarakterlanadi. Surunkali qo‘zg‘alish bilan davom etadigan
trigeminal nevralgiyada bemorlarni kayfiyati yomonlashadi. Bunga doimiy og‘riq
huruji sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: