Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Yuz nervining nevropatiyasi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Yuz nervining nevropatiyasi 
– yuz nervining zararlanishi bosh miya 
nervlarini kasalliklari ichida birinchi o‘rinni egallaydi, klinikalarda yotgan 
bemorlarni 28-33% tashkil qiladi /Bell falaji, prozofalaj/.
72-rasm.
 Yuz nervining nevropatiyasi.
 
Yuz nervini zararlanishi /Bell falaji/ ko‘p 
holatda sovuq ta’sirida, gripp va boshqa infeksiyalar, 
fallopiev kanali anomaliyasi, ya’ni periostit va vena 
qon tomirlarida dimlanish bilan kechadigan tug‘ma 
torligi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Bell falaji ko‘pchilik holatda ikkilamchi 
jarayon bo‘lib, o‘rta quloq va chakka suyagini 
yallig‘lanishidan, kalla suyagini lat eyishidan, bosh 
miya asosining pardalarini yallig‘lanishidan, parotit 
va miyacha-ko‘prik o‘smasi natijasida yuzaga kelishi 
mumkin. Yuz nervini zararlanishi yosh bolalarda 
poliomiyelitni pontin turida, ensefalitda, kattalarda esa qon aylanishi 
yetishmovchiligida /gipertoniya, ateroskleroz kasalliklarida/ uchrashi mumkin.


 276
73-rasm.
 Yuz nervini nevriti.
Klinik belgilari
– yuz nervini zararlanishi 
hamma mimika mushaklarini falaji yoki parezi bilan 
xarakterlanadi. Yuzda assimetrik holat kuzatiladi. 
Zararlangan tomonda yuzdagi fiziologik burmalar 
tekislanadi, og‘iz burchagi pastga tushadi, pastki 
jag‘ sog‘ tomonga tortilib ketadi. Bu assimetriya 
ayniqsa bemor kulganda, yig‘laganda va mimika 
sinovlarni bajarganda (peshonani tirishtirish, qoshni 
ko‘tarish, xo‘mrayish, ko‘zni yumish, tishini 
irjaytirish, lunjni shishirtirishlar) yaqqol ko‘rinadi. Yuqori mimika mushaklarini 
zararlanishi natijasida ko‘z oxirigacha yumilmaydi (lagoftalm), ko‘zni yumilganda 
ko‘z olmasi yuqori va tashqi tomonga qiyshayishi (Bell belgisi), bemor yuqoriga 
qaraganda zararlangan tomonda ko‘z olmasi yuqoriga ko‘tarilib shox parda va 
pastki qovoq o‘rtasida keng oq yo‘l bo‘lishi (Negro belgisi), ko‘zni qattiq 
yumilganda, kipriklarni teri burmasi ichiga kirmasligi (kiprik belgisi), okustik 
palpebral refleksni yo‘qolishi (Brinner belgisi) zararlangan tomonda ko‘zni 
yumilishi sekin va kam bo‘lishi (Vartenberg belgisi), konyuktival, korneal 
reflekslari yo‘qolishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Pastki mimika mushaklarini 
falaji natijasida suyuq ovqatlar zararlangan tomondagi og‘iz burchagidan oqib 
ketishi, lunjini nafas olib chiqargan vaqtda yelkanga o‘xshab harakat qilishi 
(yelkan belgisi) og‘iz burchagi passiv harakatda zararlangan tomonda yuqoriroq 
ko‘tarilishi (Rusetskiy belgisi) va boshqalar hosil bo‘ladi.
Yuz nervini zararlanishi klinik belgilari ko‘p hollarda juda yaqqol va 
ravshan bo‘lib tashhis qo‘yishda katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo patologik 
o‘choqni yuz nervining qaysi sohasida joylashganligini bilish uchun qo‘shimcha 
klinik belgilarini bilish lozimdir. Ko‘p hollarda yuz nervi kalla suyagidan 
tashqariga chiqqandan so‘ng (ekstrakranial) zararlanadi va bu holda yuqorida 
ko‘rsatilgan belgilar shikastlangan tomonda ijobiy bo‘ladi. Yuz nervi Fallopiyev 
kanalda chorda tympani dan yuqorida shikastlansa tilning oldingi 2/3 qismida ta’m 
bilish buziladi, n.stapedius dan yuqorida zararlansa giperakuziya (tovushlarni 
baland eshitish), n.petrosus major dan yuqorida zararlansa – ko‘z yoshi ajralmay, 
ko‘zda trofik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Patologik o‘choq yuz nervining tizzasimon tuguni (ganglion geniculi) 
sohasida shikastlasa, mimika mushaklari falajiga, quloq suprasida, tashqi eshituv 
yo‘lida, tanglayni orqa va tilning oldingi yuzasida toshmalar (herpes) qo‘shiladi. 
(Xant sindromi). Yuz nervi miyacha-ko‘prik sohasida zararlansa mimika 
mushaklar falajiga VIII nerv va miyachani shikastlanish belgilari qo‘shiladi. Yuz 
nervini o‘zagi zararlansa Miyar-Gublerni alternatsiyalanuvchi sindromi paydo 
bo‘ladi. Yuz nervini nevriti bilan og‘rigan har bir bemorni boshqa patologik 
jarayonni belgisidan farqlash uchun juda chuqur tekshirish lozim. Diagnoz yoki 
taqqoslash diagnozini qo‘yishda klinik tekshirishlardan tashqari elektromiografiya, 
rentgen- bioximik va boshqa tekshirish usullaridan foydalanish kerak.


 277

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish