Yuz nervining nevropatiyasi
– yuz nervining zararlanishi bosh miya
nervlarini kasalliklari ichida birinchi o‘rinni egallaydi, klinikalarda yotgan
bemorlarni 28-33% tashkil qiladi /Bell falaji, prozofalaj/.
72-rasm.
Yuz nervining nevropatiyasi.
Yuz nervini zararlanishi /Bell falaji/ ko‘p
holatda sovuq ta’sirida, gripp va boshqa infeksiyalar,
fallopiev kanali anomaliyasi, ya’ni periostit va vena
qon tomirlarida dimlanish bilan kechadigan tug‘ma
torligi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Bell falaji ko‘pchilik holatda ikkilamchi
jarayon bo‘lib, o‘rta quloq va chakka suyagini
yallig‘lanishidan, kalla suyagini lat eyishidan, bosh
miya asosining pardalarini yallig‘lanishidan, parotit
va miyacha-ko‘prik o‘smasi natijasida yuzaga kelishi
mumkin. Yuz nervini zararlanishi yosh bolalarda
poliomiyelitni pontin turida, ensefalitda, kattalarda esa qon aylanishi
yetishmovchiligida /gipertoniya, ateroskleroz kasalliklarida/ uchrashi mumkin.
276
73-rasm.
Yuz nervini nevriti.
Klinik belgilari
– yuz nervini zararlanishi
hamma mimika mushaklarini falaji yoki parezi bilan
xarakterlanadi. Yuzda assimetrik holat kuzatiladi.
Zararlangan tomonda yuzdagi fiziologik burmalar
tekislanadi, og‘iz burchagi pastga tushadi, pastki
jag‘ sog‘ tomonga tortilib ketadi. Bu assimetriya
ayniqsa bemor kulganda, yig‘laganda va mimika
sinovlarni bajarganda (peshonani tirishtirish, qoshni
ko‘tarish, xo‘mrayish, ko‘zni yumish, tishini
irjaytirish, lunjni shishirtirishlar) yaqqol ko‘rinadi. Yuqori mimika mushaklarini
zararlanishi natijasida ko‘z oxirigacha yumilmaydi (lagoftalm), ko‘zni yumilganda
ko‘z olmasi yuqori va tashqi tomonga qiyshayishi (Bell belgisi), bemor yuqoriga
qaraganda zararlangan tomonda ko‘z olmasi yuqoriga ko‘tarilib shox parda va
pastki qovoq o‘rtasida keng oq yo‘l bo‘lishi (Negro belgisi), ko‘zni qattiq
yumilganda, kipriklarni teri burmasi ichiga kirmasligi (kiprik belgisi), okustik
palpebral refleksni yo‘qolishi (Brinner belgisi) zararlangan tomonda ko‘zni
yumilishi sekin va kam bo‘lishi (Vartenberg belgisi), konyuktival, korneal
reflekslari yo‘qolishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Pastki mimika mushaklarini
falaji natijasida suyuq ovqatlar zararlangan tomondagi og‘iz burchagidan oqib
ketishi, lunjini nafas olib chiqargan vaqtda yelkanga o‘xshab harakat qilishi
(yelkan belgisi) og‘iz burchagi passiv harakatda zararlangan tomonda yuqoriroq
ko‘tarilishi (Rusetskiy belgisi) va boshqalar hosil bo‘ladi.
Yuz nervini zararlanishi klinik belgilari ko‘p hollarda juda yaqqol va
ravshan bo‘lib tashhis qo‘yishda katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo patologik
o‘choqni yuz nervining qaysi sohasida joylashganligini bilish uchun qo‘shimcha
klinik belgilarini bilish lozimdir. Ko‘p hollarda yuz nervi kalla suyagidan
tashqariga chiqqandan so‘ng (ekstrakranial) zararlanadi va bu holda yuqorida
ko‘rsatilgan belgilar shikastlangan tomonda ijobiy bo‘ladi. Yuz nervi Fallopiyev
kanalda chorda tympani dan yuqorida shikastlansa tilning oldingi 2/3 qismida ta’m
bilish buziladi, n.stapedius dan yuqorida zararlansa giperakuziya (tovushlarni
baland eshitish), n.petrosus major dan yuqorida zararlansa – ko‘z yoshi ajralmay,
ko‘zda trofik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Patologik o‘choq yuz nervining tizzasimon tuguni (ganglion geniculi)
sohasida shikastlasa, mimika mushaklari falajiga, quloq suprasida, tashqi eshituv
yo‘lida, tanglayni orqa va tilning oldingi yuzasida toshmalar (herpes) qo‘shiladi.
(Xant sindromi). Yuz nervi miyacha-ko‘prik sohasida zararlansa mimika
mushaklar falajiga VIII nerv va miyachani shikastlanish belgilari qo‘shiladi. Yuz
nervini o‘zagi zararlansa Miyar-Gublerni alternatsiyalanuvchi sindromi paydo
bo‘ladi. Yuz nervini nevriti bilan og‘rigan har bir bemorni boshqa patologik
jarayonni belgisidan farqlash uchun juda chuqur tekshirish lozim. Diagnoz yoki
taqqoslash diagnozini qo‘yishda klinik tekshirishlardan tashqari elektromiografiya,
rentgen- bioximik va boshqa tekshirish usullaridan foydalanish kerak.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |