Ayrim orqa miya nervlarining zararlanishi
Jarohatli:
Qo‘llarda: bilak, tirsak, oraliq, mushak-teri va boshqa nervlar;
Oyoqlarda: son, quymich, kichik boldir, katta boldir va boshqa nervlar;
Kompression-ishemik
(mononevropatiyalar):
Qo‘llarda:
⎯
Bilakuzuk kanali (panjadagi oraliq nervni zararlanishi);
⎯
Giyen kanali sindromi (panjadagi tirsak nervini zararlanishi);
⎯
Kutibal kanalni sindromi (tirsak nervini zararlanishi);
⎯
Tirsak sohasida bilak yoki oraliq nervni zararlanishi, kurak usti, qo‘ltiq
osti nervlarini zararlanishi;
⎯
Oyoqlarda tarzal kanal sindrom, kichik boldir nervi, sonning yon teri
nervi (pupart boylami ostida ezilish – Rot-Berigardning paresteziya
meralgiyasi);
⎯
Shamollash (mononevritlar).
Bosh miya nervlarini zararlanishi
Uch shoxli nerv va boshqa nervlarning nevralgiyasi;
Yuz nervining nevriti, nevropatiyasi;
Boshqa bosh miya nervlarning nevriti;
Prozopalgiyalar:
Ganglionitlar (ganglionevritlar: qanot, tanglay, kiprik, quloq, jag‘ osti va
boshqa tugunlar);
Prozopalgiyalarning turli shakllari va aralash turlari;
Stomatalgiya, glossalgiya.
Kechish xususiyatlari:
O‘tkir;
O‘tkir osti;
Surunkali:
Progrediyent;
Stabil
(davomli);
273
Retsidivlashuvchi;
Tez-tez;
Goho;
Regrediyent.
Stadiyasi:
Qaytalash;
Regress;
Remissiya:
Butunlay;
Butunlay emas.
Funktsiyalarning buzilish darajasi va xarakteri:
Og‘riq sindromini aks etishi:
Yengil rivojlangan;
O‘rtacha rivojlangan;
Kuchli rivojlangan;
Juda kuchli rivojlangan;
Harakat buzilishini lokalizatsiyasi va darajasi;
Sezgi buzilishini lokalizatsiyasi va qaysi darajada ekanligi;
Vegetativ – qon tomir yoki trofikani buzilishi qaysi darajada ekanligi;
Paroksizmlarni chastotasi va og‘irligi.
Asab tizimining organik kasalliklari ichida periferik nervlarni turli xil
sabablar natijasida zararlanishi 30-50% tashkil qiladi. Periferik nerv tizimi
kasalliklarini 30 foizini bel-dumg‘aza qismini zararlanishi, 8-15% nevrit va
nevralgiyalar, nevropatiyalar, 2% polinevritlar hosil qiladi.
Periferik nerv tizimi kasalliklarini kelib chiqadigan sabablari quyidagicha:
1.
Infeksion faktorlar.
2.
Mikrotsirkulyatsiyani buzilishi
3.
Toksik /endo yoki ekzo/ kasalliklar.
4.
Qon yetishmovchiligi natijasidagi kasalliklar.
5.
O‘smalar.
6.
Periferik nerv tizimini shikastlanishi (lat yeyish, ezilish, cho‘zilish).
7.
Mexanik o‘zgarishlar (suyak teshiklarini, kanallarini torayishi,
osteoxondroz).
Periferik nerv tizimi kasalliklari, klinik belgilarni ko‘rinishi va asab
o‘zaklaridagi kechadigan gistologik o‘zgarishlarga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1. Nevritlar – tub ma’nosi periferik nervni yallig‘lanishi degani. Bu
patologik zararlangan periferik nervni innervatsiya qiladigan sohasida doimiy
og‘riq, sezgi, harakat, vegetativ o‘zgarishlar kuzatiladi.
2. Nevralgiyalar – lotincha “og‘riq” so‘zidan olingan bo‘lib, zararlangan
nerv sohasida juda qisqa muddatli og‘riq huruji bilan xarakterlidir. Og‘riq huruji
davrida paresteziya va vegetativ qon-tomir o‘zgarishlar bo‘ladi. Nevralgiyada asab
tolasini vazifasini “tushib” qolishi, ya’ni mahalliy vazifasini susayishi yoki
yo‘qolish belgilari kuzatilmaydi, aksincha sezgi doirasida zararlanish sohasida
giperesteziya kuzatiladi.
274
3. Nevralgonevrit – nevralgiyani nevritga o‘tgan davri hisoblanib, klinik
belgilari ikkala patologik jarayonga xosdir, ya’ni og‘riq xuruj ko‘rinishida bo‘lib,
periferik nerv vazifasini buzilish belgilari bilan kechadi.
4. Nevropatiya – mikrotsirkulyatsiya va metabolik buzilishlar natijasida
periferik nerv tizimini zararlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |