270
bo‘yicha kamaytiriladi. Agar kasallikni avj olishi retrobulbar nevrit ko‘rinishida
namoyon bo‘lsa, unda deksametozon retrobulbar yuboriladi.
AKTG shuningdek gematoensefalik to‘siqni o‘tkazuvchanligini normal-
lashtiradi, immunosupressiv ta’sir ko‘rsatadi. AKTG ni 40-100 ED m/o 10-14 kun
mobaynida yuborish tavsiya etiladi. AKTG ni dozasini 80-100 ED dan 10 ED
gacha kamaytirib borish sxemasi bo‘yicha 2-3 hafta mobaynida ham qo‘llash
mumkin.
AKTG ni sintetik analogi sinaekten depo (uzoq muddatli ta’sir qiluvchi) 1
ml dan 7-10 kun mobaynida buyuriladi. Bu preparat
kasallik nisbatan engil
kechuvida yaxshi samara beradi. AKTG dan asoratlar kuzatilishi metipred bilan
puls-terapiyaga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Yoyilgan skleroz avj olganda plazmafarez o‘tkazish mumkin, uning ta’siri
antitanachalar, sirkulyasiyalanib yurgan immun komplekslarni, miyelinni
parchalanish mahsulotlarini, sitokinlarni chiqishi bilan bog‘liq. Ba’zi
hollarda
immunomodulyatorlar (T-aktivin va miyelopid) tavsiya etiladi va kasallikning
ikkilamchi – progressirlanuvchi shakllarini davolashda ishlatiladi. Miyelopid qisqa
muddat qo‘llaniladi – 3 ml dan mushak orasiga (3 kunda 1 marta,
№
3.).
T – aktivin 1 ml dan teri ostiga 7-10 kun mobaynida buyuriladi.
Kortikosteroidlar bilan davolanganda effekt yaxshi bo‘lmasa sitostatiklardan
foydalaniladi (siklofosfan, azatioprin, siklosporin A).
Azatioprinni sutkalik dozasi 2-3 mg/kg
tashkil etib, davolash kursi 6 oydan
1-2 yilgacha davom etadi.
Yoyilgan sklerozni patogenetik davosida yangi yo‘nalish – bu kasallikni
zo‘rayishini profilaktika qilishdir. Buning uchun iterferondan foydalaniladi.
Interferonning nisbatan effektivligi –
β
-interferon bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi
ta’sir ko‘rsatadi va kasallikni progressirlanuvchi kechuvida qo‘llaniladi.
β
-
interferondan
γ
-interferon mahsulotini kamaytiradi;
γ
-interferon yallig‘lanishiga
qarshi sitokinlardan biri bo‘lib, immun sxemani aktivlaydi. E.coli
mahsuloti
hisoblangan betaferon qo‘llaniladi. Betaferon kasallikni hurujlarini kamaytiradi va
8 mln MMB dozada teri orasiga kun ora 3-5 yil davomida buyuriladi.
Xurujlar sonini kamaytiradigan yana bir preparat bu – kopolimer -1 (KOP-
1). Bu sintetik polimer bo‘lib, 4 ta aminokislotadan (alanin, glyutamin, lizin,
tirozin) tarkib topgan; preparat kuniga 20 mg dan 6-24 oy mobaynida tavsiya
etiladi. Simptomatik terapiyaga mushaklar
tonusini pasaytiruvchi, tremorni
kamaytiruvchi, chanoq a’zolari faoliyatini korreksiyalashda yordam beruvchi
preparatlar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: