268
pog‘onasining zararlanishi ko‘pincha bosh aylanish va ko‘zdagi harakatlarni
buzilishi bilan namoyon bo‘ladi, bu esa diplopiyaga olib keladi. Yoyilgan
sklerozning xarakterli belgisi o‘zaklararo oftalmoplegiya (orqa bo‘ylama tutam
zararlanishi bilan) hisoblanib, monokulyar abduksion nistagm ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Ba’zida gorizontal yoki vertikal nistagm kuzatiladi. Yoyilgan
sklerozda sezgi buzilishlari (yuza va chuqur) erta kuzatiladi.
Kasallikni erta
bosqichlarida paresteziyalar, og‘riq sezgisini buzilishlari, kechki bosqichlarida –
o‘tkazuvchi tipdagi sezgi buzilishlari kuzatiladi. Oyoqlarda vibrasion sezgini
yo‘qolishi – orqa miya orqa ustunlarini zararlanganligini aniq belgilaridan biridir.
Mushak – bo‘g‘im sezgisini buzilishi sensor ataksiyaga olib keladi.
Yoyilgan sklerozda ko‘p uchraydigan sindromga kichik chanoq a’zolari
funksiyasini buzilishlari kiradi; bular imperativ siydikni ushlab qolishi yoki ko‘p
siyish, siydikni ushlab turolmaslik, kabziyatlar, seksual buzilishlar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi.
Ko‘rishni har xil buzilishlari orasida ko‘pincha ko‘ruv o‘tkirligini
pasayishi
va ko‘ruv maydonini o‘zgarishlari kuzatilib, ular retrobulbar nevrit rivojlanishi
oqibatida kelib chiqadi. Ko‘ruv o‘tkirligi pasayishiga butunlay ko‘rishni
yo‘qolishigacha olib kelishi mumkin, lekin keyinchalik to‘liq tiklanishi mumkin.
Oftalmonevrologik tekshirilganda kasallarning bir qismida ko‘ruv maydonini
konsentrik torayishi hamda skotomalar aniqlanadi. Ko‘ruv nervlari disklarini
chakka tomondagi qismini oqarishi yoyilgan sklerozning xarakterli belgisi
hisoblanadi. Bu fenomenni asosida diskni chakka qismini
hosil qiluvchi makulyar
tutam tolalarini zararlanishi yotadi.
Yoyilgan sklerozda neyropsixologik buzilishlar, ya’ni intellektni pasayishi
va xulq-atvorni buzilishlari kuzatiladi. Ayniqsa, ko‘proq depressiv holatlar, apatiya
rivojlanib, suisidal xayollarga va harakatlarga olib keladi. Depressiya holatini
ikkala chakka bo‘laklarining demiyelinizatsiyasi bilan bog‘lashadi. Boshqa
ma’lumotlarga ko‘ra intellekt pasayishi birga namoyon bo‘ladigan eyforik holatlar
ko‘proq uchraydi.
Yoyilgan sklerozda periferik nerv tizimining jarohatlanishi o‘tkir ko‘ndalang
miyelopatiya, epileptik tutqanoqlar nisbatan kam kuzatiladi.
Shunga ahamiyat
berish kerakki, yoyilgan skleroz bilan kasallangan bemorlar issiq vanna qabul
qilganda (yoki issiq ovqat) va charchaganda nevrologik defekt qisqa muddat
kuchayadi (Uotxofa belgisi). Lermitta belgisi rivojlanishi mumkin, ya’ni kasalni
boshini oldingi egilganda umurtqa pog‘onasi bo‘ylab qisqa muddatli elektr toki
o‘tayotgandek xis paydo bo‘lib, oyoq-qo‘llariga tarqaladi (orqa miyani orqa
ustunlarini zararlanishi bilan bog‘liq). Kasallarning 30-60%
kuzatiladigan
paroksizmal va surunkali og‘riqlar ham shu defekt bilan bog‘liq.
Lokalizatsiyasi bo‘yicha yoyilgan sklerozning serebral, spinal, serebrospinal
shakllari farqlanadi. Kasallikni kechuvi remitrlashgan (qo‘zish davri va
remissiyalar bilan), ikkilamchi progressirlanuvchi (aniq bo‘lmagan klinika va
remissiyalar bilan) va birlamchi progressirlanuvchi (progrediyent) ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda yoyilgan sklerozni yaxshi sifatli shakli ham
farqlanadi. Bunda ish qobiliyati 10-15 yilgacha saqlanib turadi. Yoyilgan sklerozni