Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Qizilchani asorati oqibatidagi ensefalomiyelit



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Qizilchani asorati oqibatidagi ensefalomiyelit 
Bu nisbatan og‘ir va kechishi bo‘yicha qisqa muddatli shakl (1:20000) 
hisoblanadi. Belgilar toshma toshishi bilan rivojlanadi. O‘lim holatlari 20% tashkil 
etib, asosan kasallikning birinchi 3 kunligiga to‘g‘ri keladi. Ko‘ndalang miyelit, 
ko‘ruv nervining nevriti, poliradikulonevrit holatlar kuzatiladi. 
 
Tepkining asorati natijasida yuz bergan ensefalomiyelit 
Mazkur shakl kam uchraydi va miyacha ataksiyasi, ko‘zni harakatlantiruvchi 
nervni buzilishi bilan xarakterlanadi. Eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan–
leptomeningit bo‘lib, u odatda kasallikning 8-20-kuni quloq oldi bezining 


 266
kattalashib bo‘lganidan keyin rivojlanadi. Qizlarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘proq 
kasallanadi. Meningial shakli ko‘p hollarda to‘liq tuzalib ketishi kuzatiladi.
 
Nerv tizimining vaksinasiya natijasida zararlanishi 
Nerv tizimining postvaksinal zararlanishi aktiv immunizatsiyadan keyin 
rivojlanishi mumkin. Klinik manzarasi va reaksiyani kechish og‘irligi vaksinaning 
turiga va organizmning immunologik reaktivligiga bog‘liq.
Nevrologik asoratlar odatda allergik kasalliklari va immunodefisit holatlari 
bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Anatoksin va virusli vaksinalarga nisbatan bakterial 
vaksinalarda ko‘proq reaksiya kuzatiladi. Asoratlar ko‘pincha 2 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarda KDS va AKDS immunizatsiyasi natijasida rivojlanish mumkin, chunki 
unda o‘ldirilgan ko‘k yo‘tal bakteriyalari bor. Postvaksinal asoratlardan o‘tib 
ketuvchi va turg‘un saqlanib turuvchi nevrologik buzilishlar farqlanadi. Yengil 
holatlarda febril tutqanoqlar va gipotoniya kuzatiladi. Og‘ir hollarda esa 
ensefalitlar, ensefalomiyelitlar va ensefalomiyelopoliradikulonevritlar rivojlanadi. 
Ko‘p kasallarda polimorf epileptik tutqanoqlar kabi og‘ir qoldiq asoratlari qoladi. 
Taxmin qilinadiki, ko‘k yo‘tal vaksinasi infantil spazmning sabablaridan biri 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda immunizatsiya qilishda suv chechak, qizamiq, 
qizilcha, poliomiyelit, qutirish, parotitlarning virusli vaksinasi ishlatiladi.
Og‘iz orqali yuboriladigan poliomiyelitning tirik vaksinasi bilan 
immunizatsiya qilinganda, paralichlar ko‘rinishidagi og‘ir asoratlar qolishi 
mumkin. Lekin bunday asorat kam (1:3000000 emlanganlarga) va ko‘pincha katta 
yoshli bolalar guruhida uchraydi.
Nisbatan ko‘proq (1:1000) nevrologik asoratlar qoqsholga qarshi 
vaksinatsiyadan keyin 10-14 kunida rivojlanishi mumkin.
Uchta asosiy klinik shakl kuzatiladi: meningoensefalomiyelit, ko‘ndalang 
miyelit (orqa miyaning ko‘krak va bo‘yin qismlarini zararlanishi), 
poliradikulonevrit. Yuqoridagi hamma shakllar isitma, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, 
pastki paraparez va kichik chanoq a’zolarini funksiyasini buzilishi bilan kechadi. 
Likvorda lemfotsitar pleotsitoz, oqsil miqdorini (1,5 g/l gacha) va bosimni 
oshganligi aniqlanadi. Kasallik bir necha kundan bir necha oygacha cho‘zilishi 
mumkin. O‘lim 17 foizni tashkil etadi. Turg‘un nevrologik asoratlar 20 foiz 
kasallarda kuzatilib, ularning nogironligiga olib keladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish