Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


O‘tkir birlamchi ensefalomiyelopoliradikulonevrit



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

O‘tkir birlamchi ensefalomiyelopoliradikulonevrit.
Mazkur kasallikning 
har xil variantlari jarayonning topografik joylashuvi va periferik hamda markaziy 
nerv tizimining tarkibiy-funksional xususiyatlari bilan farqlanadi. Klinik jihatdan 
bular ensefalomiyelit, poliradikulonevrit, polinevrit ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Etiologik faktor haligacha ma’lum emas, lekin infeksion-allergik faktor tahmin 
qilinadi. Tahmin qilingan virus organizmga yuqori nafas yo‘llari va oshqozon-
ichak trakti orqali kiradi. Virus markaziy nerv tizimiga gemotogen va perinevral 
yo‘llar orqali o‘tadi. Bunda organizmning immun tizimidagi o‘zgarishlar va 
gematoensefalitik baryerni o‘tkazuvchanligini oshishi katta ahamiyatga ega.
Bosh va orqa miyada morfologik tekshiruvda har xil o‘lchamdagi diffuz 
yallig‘lanish o‘choqlari topiladi. Ko‘pincha oq modda zararlanib, demiyeli-
nizatsiyalanuvchi xarakterga ega bo‘ladi. Bosh va orqa miyadagi, orqa miya 
ildizchalardagi va periferik nervlardagi o‘q silindrlar nisbatan kam zararlanadi.
Ko‘p hollarda kasallik o‘tkir boshlanib, umum infeksion, umum miya, 
ildizchani zararlanish belgilari bilan birga kechadi. Tana harorati baland 
bo‘lmaydi. Ba’zida yuqori nafas yo‘llarida kataral belgilar ham kuzatiladi. Bosh 
og‘rig‘i diffuz xarakterga ega, ko‘krak qafasida, orqada, oyoq-qo‘llarda ham 
og‘riqlar bo‘ladi. Nerv tizimining diffuz zararlanishi natijasida o‘choqli belgilar 
kuzatiladi. Ko‘pincha bosh miya nervlarini innervatsiyasini buzilishi: ko‘ruv 
o‘tkirligining pasayishi, nistagm, g‘ilaylik, yuz assimetriyasi, bulbar belgilar 
aniqlanadi. Harakat buzilishlari – markaziy parez, ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, 
ba’zida parez va paralichlar aralash yoki periferik xarakterda bo‘ladi. Harakat 
koordinatsiyasi buzilishlari – ataksiyalar kuzatiladi. Kasallikning o‘tkir davrida 
kichik chanoq a’zolar funksiyasi buzilishi – siydik tutilishi yoki siydik 
ushlolmaslik kuzatiladi. Hamma kasallarda vegetativ o‘zgarishlar: gipergidroz, teri 
qoplamlarining rangparligi, taxikardiya kuzatiladi.
Meningial belgilar (ensa mushaklarini rigidligi, Kernig va Brudzinskiy 
belgilari) va orqa miya ildizlari yoki nervlarni tortilish belgilari (Neri, Lasega, 
Vasserman) chaqirilishi mumkin. Ko‘ruv nervini va orqa miyani birgalikda 
zararlanishi optikomiyelitga olib keladi (ko‘rish o‘tkirligini pasayishi to ko‘rlikka 
qadar va markaziy parezlar). 
Orqa miya suyuqligi baland bo‘lmagan bosimda oqib chiqadi, hujayralar 
soni kam miqdorda lemfotsitlar hisobiga oshadi (20-30 v 1 mkl gacha), bir oz oqsil 
oshishi mumkin.
Kasallikni kechishi tipik hollarda o‘tkir kechadi va keyin tez orqaga 
qaytishi, va ko‘pincha asoratlar bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ba’zida kasallik 
progressirlanishi mumkin. Differensial diagnoz tarqoq skleroz bilan qilinadi.


 265
Ikkilamchi demiyelinizatsiyalanuvchi kasalliklarga ikkilamchi o‘tkir ensefa-
lomiyelitlar va polinevritlar kiradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish