Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Neyroborreliozda PNSni zararlanishi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Neyroborreliozda PNSni zararlanishi 
Klinikada: kraniospinal va spinal radikulonevritlar, radikulopatiyalar 
ko‘rinishida kechadi. Likvor tekshiruv natijasida qiyosiy tashhis qilinadi: 
Radikulonevritda – lemfotsitar pleositoz, oqsil miqdordan oshadi – 1,65 g/l gacha 
bo‘ladi. Nevropatiyalarda esa likvor normada bo‘ladi, radikulopatiyalarda bo‘yin, 
ko‘krak, bel sohasida ildizchalar zararlanishi kuzatiladi. Bel va yelkada og‘riq 
sindromi radikulitlarga nisbatan radikulopatiyalarda kuzatiladi. Radikulitda esa 
harakat buzilishlari bo‘ladi, bunda bo‘yin yoki tana mushaklarida periferik parez 
kuzatiladi. 2-3 haftadan keyin tiklanadi. Ba’zida periferik nerv tizimi 
shikastlanganda meningial belgilar ijobiy bo‘lib meningoradikulonevrit deyiladi.
Neyroborrelioz ko‘pincha kanna ensefaliti va sifilis bilan birga kechadi. 
Shuning uchun sifilis va kanna ensefaliti bilan neyroborreliozni differensial tashhis 
o‘tkazish kerak. Bosh miya MRT da oq va kulrang moddada zichligi ortgan 
o‘choqli sohalar aniqlanadi. Bu esa serebral vaskulitlarga xos.
Davolash: 
kasallik boshlanishdanoq antibiotik qilinadi.
Doksitsiklin – 100 mg ×2 m. Ampitsillin–500 mg×3 m. Tetrasiklin–500 
mg×4 m. 
Eritromitsin–500 mg×4 m kuniga 3 hafta mobaynida ichiriladi. 
Neyroborreliozda antibiotiklar v/i tomchilab yuboriladi. Ko‘proq bunda pensillin–
20-24 mln/ed sut. Yoki 3-avlod sefalosporiyalar seftrikson 1g×2 m., sefatoksin 2 
gr×3 m qilinadi. Davo kursi 2-3 hafta. Antibiotikoterapiya bilan birga patogenetik 
va simptomatik terapiya, mikrotsirkulyatsiyani, moddalar almashuvini 
yaxshilovchi va immun yallig‘lanish oldini olish uchun terapiya o‘tkaziladi.
DEMIYELINIZATSIYALANUVCHI KASALLIKLAR. 
Nerv tizimining demiyelinizatsiyalanuvchi kasalliklari – bu shunday 
kasalliklarki, ularni asosida miyelinni parchalanishi yotadi. Miyelin – bu 
hujayraning oqsil-yog‘ membranasidir. Miyelin oligodendrogliyalarning aktiv 
faoliyatini mahsuloti hisoblanadi. Markaziy nerv tizimida miyelin qobiq 
oligodendrositlarning membranasi bo‘lib, periferik nerv tizimida esa shvann 
hujayralarining membranasi bo‘lib hizmat qiladi. Miyelin neyron aksonini atrofida 
ko‘p marta o‘ralib qoplaydi. Miyelinning asosiy funksiyalari quyidagilar: 
impulslarni o‘tish tezligini oshirish, o‘tayotgan impulslarni izolyasiyalash, aksonni 
oziqlantirish. Demiyelinizatsiyada miyelin qobiq jarohatlanadi. 
Demiyelinizatsiya – bu nerv tizimining patologik ta’sirotlarga bo‘lgan 
reaksiyasidir.
Demiyelinizatsiyalanuvchi kasalliklar o‘tkir, o‘tkir osti va xronik turlarga 
bo‘linadi. O‘tkir demiyelinizatsiyalanuvchi kasalliklarga birlamchi 
ensefalomiyelopoliradikulonevritlar va ularning turli xil variantlari, hamda 


 264
ikkilamchi postvaksinal ensefalitlar va polinevritlar kiradi. O‘tkir osti va surunkali 
demiyelinizatsiyalanuvchi kasalliklarga yoyilgan skleroz, o‘tkir osti 
sklerozlanuvchi panensefalit, Shilder leykoensefaliti va leykodistrofiya kiradi.
Ammo yuqoridagi hamma kasalliklarning patomorfologiyasida ko‘p 
o‘xshashliklar bor. Klinik sindromlarga nisbatan gistologik o‘zgarishlar ko‘proq 
namoyon bo‘ladi, bunda perivaskulyar infiltratlar, yallig‘lanish reaksiyalari va 
demiyelinizatsiya aniqlanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish