Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Xronaksimetriya 
Nerv mushak apparatining faoliyatini tekshirishda juda sezgir 
xronaksimetriyadan foydalaniladi. Xronaksimetriyada faqatgina tok kuchi 
e’tiborga olinmay, yana tokning o‘tish vaqti ham e’tiborga olinadi. 
Xronaksimetriya maxsus asbob (xronaksimetrlar) yordamida o‘tkaziladi.
Quyidagilar hisobga olinadi: 
Ikki xissa tok kuchi (reobaza). 
Uning o‘tish vaqti (xronaksiya). 
Avvalo qo‘zg‘alishning boshlang‘ich holatini doimiy tok kuchi bilan topib 
oladi. Boshlang‘ich holatning kattaligini reobaza deb ataladi, keyin tok kuchini 
ikki xissa oshiriladi (reobaza) va qisqarish vaqti aniqlanadi. Bu vaqtni xronaksiya 
deb ataladi. Vaqt esa sekundning mingdan bir qismi bilan o‘lchanadi (sig‘imi). 
Normada har xil mushaklarning xronaksiyasi 0,0001 dan 0,001 s. ni tashkil qiladi. 
Proksimal mushaklar, distal mushaklarga qaraganda kam xronaksiyaga ega. 
Mushaklar va ularning innervatsiya qiluvchi nervlar va ularning sinergist 
mushaklari bir xildagi xronaksiyaga egadirlar (izoxronizm). Qo‘llardagi bukuvchi 
mushaklarning xronaksiyasi yozuvchi mushaklarga nisbatan ikki marta kamdir. 
Oyoqlarda esa buning aksidir. Markaziy falaj so‘nganda tonus baland bo‘lgan 
mushaklarda xronaksiya keskin pasayadi, periferik falajda esa zararlangan 
mushaklarda xronaksiya ko‘payib ketishi bilan farqlanadi.
Oxirgi o‘n yillar ichida yuqorida keltirilgan usullar o‘rnini butunlay ko‘proq 
informatsiya beradigan elektromiografiya usuli egalladi.
Elektromiografiya 
Elektromiografiya – mushaklarning elektrik potensial kuchining o‘zgarishini 
yozib oladigan usulidir. Mushaklarning biotokini bir necha ming marotaba 
ko‘paytirib, maxsus apparatda yozib olinadi, bu apparatni elektromiograf deb 
ataladi. Biopotensiallarni ajratib olish ikki xil elektrodlar bilan bo‘ladi: ninasimon 
va teri ustiga qo‘yilgan elektrodlar yordamida yozib olinadi. Ninasimon elektrodlar 
yodramida alohida mushak tolalarining elektrik aktivligini yozib olinadi. Teriga 
qo‘yilgan elektrodlar ko‘p mushaklarning bioelektrik aktivligining yig‘indisini 
yozib oladi. Mushaklarning har xil holatida elektromiografiya qilinadi: 
mushaklarning bo‘shashgan, taranglashgan vaqtida va ularning ixtiyoriy qisqargan 
holatida. Olingan natijalarni ko‘rib, grafik yordamida analiz qilinadi.
Elektromiogramma normada, oldingi shox hujayralari va nerv 
zararlanganida, mushaklar ikkilamchi va birlamchi zaralanganida turli xil bo‘ladi.
Elektromimogramma sog‘lom kishida: mushaklarning tinch holatida 
ninasimon elektrod yordamida lokal ajratib olingan potensial o‘zgarishi 
sezilmaydi. EMG yig‘indisida past amplitudali o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. 
Tonuslarning reflektor oshganida elektrik aktivlikning katta bo‘lmagan 


 157
kuchayishini kuzatiladi. Mushaklar qisqarganda esa baland amplitudali tez 
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Oldingi shoxlarning hujayralari zararlanganda o‘zgarishning tezligi 
kamayadi, ammo amplitudasi pasaymaydi, vaqti-vaqtida paydo bo‘lgan 
fibrillyasiya yozib olinadi.
Oldingi ildizlar yoki periferik nervlar zararlanganda o‘zgarishlarning 
amplitudasi pasayadi, fibrillyasiya bo‘lishi mumkin. Periferik falajda nerv va 
mushak tolalarining butunlay degenerativ o‘zgarganda potensial yo‘qoladi, 
«bioelektrik jimjitlik» bo‘ladi.
Markaz harakat neyronlari zararlanganida biopotensial o‘zgarishlar 
sinxronsiz bo‘ladilar. Ixtiyoriy harakat vaqtida esa ularning o‘zgarish amplitudasi 
pasayadi.
Miopatiyada tinchlik holatida spontan aktivligi yo‘qoladi, ixtiyoriy 
harakatda esa biopotensiallar amplitudasi pasayadi, juda ko‘p foiz potensiallarning 
yarim fazalari paydo bo‘ladi, fibrillyasiya bo‘lishi mumkin.
Miasteniyada mushaklarning qisqarishining boshlanishida normal ko‘rinish 
bo‘ladi, keyin tezda amplitudaning pasayishi boshlanadi.
Tomson miopatiyasida «miotonik ushlanish» topiladi, ixtiyoriy harakatni 
to‘xtatganidan keyin elektr aktivlik uzoq davom etadi.
Shunday qilib, EMG, markaziy yoki periferik nerv tizimining zararlanishini 
aniqlashda va davolash davridagi jarayonlarni dinamik ravishda kuzatib borishda 
yordam beradi. Bundan tashqari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va yosh bolalarda 
kasallikni subklinik belgilari va oqibatini aniqlashda yordam beradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish