160
mastoidal holda, ya’ni bitta elektrod peshonaga, ikkinchisi esa quloq orqasidagi
orqa so‘rg‘ichsimon o‘siqqa joylashtiriladi.
Reogramma shakli (forma) puls bosimini qiyshiq chizig‘ini
eslatadi va
ma’lum qismlardan iborat bo‘ladi: ko‘tarilish, tepalik, tushish yana qo‘shimcha
kichik ko‘tarilish bo‘ladi (jadvalga qarang). Reograf to‘lqinini boshlanishidan to
maksimal nuqtasigacha ko‘tarilishiga ko‘tarilish qismi deyiladi, puls to‘lqinining
anakrotik fazasiga to‘g‘ri keladi.
Tushish qismi katokrotik fazaga o‘xshash bo‘lib, qiyaroq tushadi va
kichkina qo‘shimcha ko‘tarilish tishchasini (zubets) beradi, bu esa puls to‘lqinining
dikrotik ko‘tarilishiga to‘g‘ri keladi, qo‘shimcha tishcha esa tushayotgan qismining
o‘rtasida joylashadi. REGni tahlil qilganda birinchi
navbatda qiyshiq chiziqning
amplitudasini o‘lchanadi, kalibr signali bilan solishtiradi. Bu esa to‘lqinlarning
tekshirayotgan qismida qon tomirlarida qonning to‘lish darajasini ko‘rsatadi.
Keyin qiyshiq chiziqning ko‘tarilish qismining uzunligini aniqlanadi, bu esa qon
o‘tayotgan tomirlarning kengayishini va qon oqish tezligining ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Funksional usullar (nafas olib ushlab turish, nikotin kislotasi, nitrogliserin,
umumiy uyqu arteriyasini siqish va boshqalar) qo‘llanilganida
REGning diagnostik
ahamiyati oshadi. Differinsiyalashgan reoensefalogrammada faqat sifat
o‘zgarishlari emas, balki miqdor o‘zgarishlari ham aniqlaniladi.
Bosh miya tomirlarining aterosklerozida REG shakli tekislanadi, uning
tepasi yassilanib, qiyshiq chiziqning tushish qismidagi qo‘shimcha to‘lqin
yo‘qoladi, reografik to‘lqinning amplitudasi pasayadi
va yana qiyshiq chiziqning
ko‘tarilish qismining vaqti uzayadi.
Gipertoniya kasalida, arteriya gipotoniyasida va vegetativ qon tomir
distoniyasida qiyshiq chiziq amplitudasi, shaklini keskin o‘zgarishlari kuzatiladi.
Reoensefalografiya usuli oddiy, bemorlarni
bezovta qilmaydi, shu sababli bu usul
bolalarda ham bosh miyaning qon aylanishi buzilishida diagnozni aniqlashda keng
qo‘llaniladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda N.A.Rinkinning (1975) o‘tkazgan
klinik-reoensefalografik tekshirishlariga qaraganda, bosh miya qon aylanishini diffuz
va yarim shar oralig‘iga oid xarakterdagi fiziologik va organik
buzilishini bosh miya
qutisi ichidagi bosimni oshishi va kasallikning prognozini aniqlashda yordam beradi.
Bolalarda gipertenzion-gidrosefal sindromlarida qon to‘lish ko‘rsatkichi
pasayishini, qon tomir tonusining oshishini va vena qon oqimining qiyinlashishini
ko‘rish mumkin.
To‘r parda osti bo‘shliqqa (subaraxnoidal) qon quyilganida tonusning
oshishi, asimmetriyasi, bosh miyaga qon quyilganda esa qon tomirining tonusini
juda
ham oshishi, yarim sharlardan birida qon to‘lish pulsining pasayishi ko‘riladi.
Qon tomirlar tonusini turg‘unlik oshishi va bosh miya qon tomirlarida atoniya
belgilari kasallik oqibati yomon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: