161
Leksell kirgazdi. Bir o‘lchovli exoensefalografiya sohasida kalla ichidagi har xil
tarkibga ega bo‘lgan moddalar va jarayonlar ultratovush nurlaridan aks sado
yaratish qobiliyatiga egadirlar. Obyekt qarshiligidan qaytgan ultratovushni
energiyasining aks sadosi exoensefalograf ekranida yozib ko‘rsatiladi. Kalla
terisida akustik kontaktning yaxshi bo‘lishi uchun datchiklar qo‘yadigan joylariga
vazelin yoki gliserin moylari suriladi.
Normada M-exo 3,0-5 mm gacha tashkil qiladi.
Kalla ichidagi hajmli jarayonlarni (o‘sma, abssess, gematoma)
diagnostikasida exoensefalografiyaning ma’lumotlari qimmatlidir.
Yangi tug‘ilgan va yosh bolalarda markaziy nerv tizimi jarohatlanganda
klinik-exoensefalografik tekshirishlar quyidagi kasalliklarda:
1.
Bosh miyada diffuz yoki lokal shish sodir bo‘lganda;
2.
Kalla ichida qon quyilganida;
3.
Qorinchalar tizimida gipertenzion-gidrosefal o‘zgarishlar borligida;
4.
Bosh miyaning o‘smasdan qolishi (mikrosefaliya) yoki markaziy nerv
tizimida atrofik jarayonlar borligida diagnoz qo‘yishda yordam beradi.
Rentgenologik tekshirish usullari
Kalla va umurtqa pog‘onasining rentgenografiyasi. Kallaning
rentgenografiyasi ikki proyeksiyada qilinadi – fas va profil (to‘g‘ri, yon).
Kraniogrammada kallaning konturiga, suyaklarning orasidagi choklarga (ajralib
ketishi, bitib qolishi), liqildoqqa, qon tomir egatlarining taraqqiyotiga, «barmoq
izlari» belgilarining borligiga, turk egarining konturiga, ponasimon o‘simtalarga,
chakka suyagining piramidasiga, burunning va peshona suyagining qo‘shimcha
bo‘shliqlariga ahamiyat beriladi. Oldingi liqildoqning butunlay bekilib ketishi 1
yoshu 4 oyga to‘g‘ri keladi. «Barmoq izlari» belgilarining ko‘payishi 1 yoshdan 7
yoshgacha fiziologik holat deyiladi. Bosh miya qutisining rentgen suratiga qarab
quyidagilar aniqlanadi: 1. mikrosefaliya, 2. gidrosefaliya, 3. bosh miya
suyaklarining tug‘ma nuqsonlari (defekti), 4. travmatik jarohatlanishlar.
Kalla ichi bosimi oshganda «barmoq izlari» va tomirlar surati kuchayadi.
Miya qutisining suyaklari yupqalanishi, «barmoq izlari» belgisining kuchli bo‘lishi
bosh miya bosimi oshishi jarayonining uzoq davom etganini ko‘rsatadi. Zarurat
bo‘lganda maxsus proyeksiyada turk egarining nishonli surati olinadi, chakka
suyagining piramidasi suratini Stenvers yoki Shumler usuli bilan olish mumkin.
Umurtqa pog‘onasi ikki proyeksiyada rentgen suratiga olinadi.
Rentgenogramma (spondiologramma) yordamida quyidagilar aniqlanadi:
1)
umurtqa pog‘onasining tug‘ma anomaliyasi;
2)
qo‘shimcha bo‘yin qovurg‘alarini, umurtqa yonlarining bitmaganligini;
3)
sil spondilitida umurtqa tanalarining destruksiyasini;
4)
spondiloartrozlarini.
Do'stlaringiz bilan baham: