147
moddada uchratiladi. Miyaning yirik arteriyalari yarim sharlarning yuzasida bosh
miyaning yumshoq pardasi ichida joylashadi. Bu arteriyalar mustahkamlangan
holatda yumshoq pardaning ko‘ndalang to‘siqlariga osilib turadilar va o‘zlarining
mayda tarmoqlarini ushlab turishi natijasida miya yuzasidan ma’lum masofada
joylashadi. Shu sababdan miyaning pardalarga nisbatan siljishida mayda qon tomir
tarmoqlarining cho‘zilishiga va uzilishga olib keladi, natijada to‘r parda osti
bo‘shliqqa qon quyiladi.
Miyada limfa tomirlari yo‘q. Qon tomir devori bilan miya to‘qimasi
o‘rtasida bo‘shliq bo‘lib, uni miya ichidagi tomirlar oldi bo‘shlig‘i deyiladi.
(Virxov – Roben bo‘shlig‘i). Ular to‘r parda ostidagi suyuqlik bilan to‘lgan
bo‘shliq bilan tutashadi va miya moddasidagi likvorni olib ketuvchi yo‘l
hisoblanadi. Limfa tizimining yo‘qligi uchun miya to‘qimasining kapillyarlarida
Rojo hujayralari bo‘lmaydi, ular faqatgina yupqa elastik parda bilan o‘ralgan
bo‘lib, fiziologik holatda cho‘zilmaydilar. Shunday ekan,
miyaning kapillyarlari
cho‘zilmaydigan tomirlar, shu sababli transsudasiya ishi (ya’ni kapillyardan
chiqishi) va so‘rilishni prekapillyar va postkapillyar qismlari bajaradilar. Qon
oqish tezligining va tomirlar ichidagi bosimning farqli bo‘lishi kapillyarda
suyuqlikning transsudatsiya yo‘li bilan tashqariga chiqishiga, postkapillyarlarda
esa suyuqlikni qayta so‘rilishiga sharoit yaratib beradi. Shunday qilib, murakkab
prekapillyar – kapillyar – postkapillyar tizimi transsudatsiya va so‘rilish
jarayonlarining muvozanatini limfa tizimini yordamisiz ta’minlaydi.
Uyqu va umurtqa arteriyalar tizimi embrion taraqqiyotining birinchi oylarida
mustaqil holda alohida tashkil topadilar. Umurtqa arteriya tizimining uyqu arteriya
tizimidan
farqi shuki, uning devorining o‘rta qavatida va adventisiyada elastik
tolalar kam bo‘ladi. Ikki tizimning birlashishi va Villiziy halqasini tashkil topishi
homila taraqqiyotining 3-oyiga to‘g‘ri keladi.
Qon aylanishi kompensatsiyasini ta’minlashda Villiziy halqasidan tashqari
bosh miya po‘stlog‘idagi va oq moddadagi oldingi o‘rta va orqa arteriyalarning
mayda tarmoqlarini ko‘p sonli anastomozlari katta ahamiyatga egadir. Keng
anastomoz turlarining taraqqiyoti homila davrida boshlanadi, yosh bolalik davrida
bir-muncha sekinlashadi va balog‘atga yetgan davrida yana tezlashadi. Bosh miya
qon tomirlari yoshga qarab to‘xtovsiz kengayib boradi, ammo miyaning o‘sishiga
nisbatan bir muncha orqada qoladi, shuning
uchun bolalarning miyasi
kattalarnikiga nisbatan qon bilan ta’minlanishi yaxshidir. Villiziy halqasi va
anastomozlarning keng turlari mavjudligiga qaramay, chap yarim sharning qon
bilan ta’minlanishi hamma yosh davrlarida o‘ng tomonga nisbatan ancha yaxshidir.
Buning boisi shundaki, chap uyqu arteriyasi bevosita aortadan boshlanadi va chap
yarim sharining qon tomirlarining hajmi kengdir.
Bosh miyaning oldingi arteriyasi peshona, tepa bo‘laklarining medial (ichki)
yuzasini, peshona bo‘lagining ostki yuzasini, peshona hamda tepa bo‘laklarini
tashqi yuzasini oldingi hamda yuqori po‘stloq qismlarini, hususan markaz oldi va
orqa pushtalarining qisman yuqori qismini po‘stloq osti
oq moddalarini qon bilan
ta’minlaydi. Bulardan tashqari bosh miyaning oldingi arteriyasi xidlov yo‘lini,
qadoqsimon tananing oldingi 4/5 qismini, dumli o‘zakning boshi va tanasini,
148
yasmiqsimon o‘zakning oldingi qismini, ichki kapsulaning oldingi oyoqchasini
qon bilan ta’minlaydi.
Bosh miyaning o‘rta arteriyasi katta yarim sharlar tashqi yuzasi po‘stlog‘ini
deyarli hammasini va po‘stloq osti oq moddalarni qon bilan ta’minlaydi. Chuqurga
ketadigan tarmoqlari esa ichki kapsulaning tizzasini, orqa oyoqchaning oldingi 2/3
qismini, qisman dumli va yasmiqsimon o‘zaklarni, ko‘ruv bo‘rtig‘ini ham qon
bilan ta’minlaydi. Miyaning o‘rta arteriyasini chuqur tarmoqlaridan biri
a.putamenocapsula caudata qon quyilish manbai arteriyasi deb ataladi, chunki bu
havzada ko‘proq qon quyiladi. Bu qon tomiri po‘stloq
osti tugunlari va ichki
kapsulani qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyaning boshqa tarmog‘i
(a.hemorragicae), tomirlar chigalini dumli va yasmiqsimon o‘zaklarni, ichki
kapsulaning harakat qismini, Gratsiole tutamini (bog‘lamini) va chakka
bo‘lagidagi Vernika markazini ham qon bilan ta’minlaydi.
Bosh miyaning orqa arteriyasi ensa bo‘lagini, tepa bo‘lagining orqa qismini,
chakka bo‘lagining orqa va pastki qismi po‘stlog‘ini, po‘stloq osti oq moddalarni
qon bilan ta’minlaydi. Bosh miyaning orqa arteriyasi bir necha chuqurga ketadigan
tarmoqlar berib, bu tarmoqlar ko‘ruv bo‘rtig‘ining (thalamus optisus) orqa tepa
qismini, bo‘rtiq osti (gipotalamus) sohasining orqa qismlarini, qadoqsimon tanani,
dumli o‘zakni, Gratsiole
tutamining bir qismini, Lyuis tanasini qon bilan
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: