Moliya va raqamli axborot texnologiyalari


 yilda Elektron hukumat rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyo



Download 11,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/260
Sana06.07.2022
Hajmi11,76 Mb.
#746373
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   260
Bog'liq
ELEKTRON HUKUMAT UMK

2014 yilda Elektron hukumat rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyo 
mamlakatlari reytingi 10 taligi. 
8.1.-jadval 
Reyting 
Mamlakat 
Indeks 

Janubiy Koreya 
0.9462 

Avstraliya 
0.9103 

Singapur 
0.9076 

Fransiya 
0.8938 

Niderlandiya 
0.8897 

YAponiya 
0.8874 

AQSH 
0.8748 

Buyuk Britaniya 
0.8695 

YAngi Zelandiya 
0.8644 
10 
Finlyandiya 
0.8449 
17 
Isroil 
0.8162 
18 
Bahrayn 
0.8089 
27 
Rossiya 
0.7296 
28 
Qozog‘iston 
0.7283 
70 
Xitoy 
0.5450 
71 
Turkiya 
0.5443 
98 
Tonga 
0.4706 
99 
Vetnam 
0.4705 
100 
O‘zbekiston 
0.4695 
101 
Qirg‘iziston 
0.4657 
102 
Tailand 
0.4631 
128 
Turkmaniston 
0.3511 
129 
Tojikiston 
0.3395 
193 
Somali 
0.0139 
Axborot texnologiyalari taraqqiyoti bobida tobora yuksak cho‘qqilarni zabt 
etayotgan Janubiy Koreya bu safar ham reytingda etakchilik tojini kiydi. “Eng 
texnologik mamlakatlar” o‘nligida koreyaliklardan tashqari, qit’amizdan Singapur 


114 
va YAponiya joy oldi. Avstraliya va Okeaniya mintaqasidan “YAshil qit’a” va 
YAngi Zelandiya, Evropadan Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va 
Finlyandiya, Okean ortidan AQSH shu sharafga sazovor bo‘ldi. 
Janubiy Koreyada elektron hukumat tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. 
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga 
erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat 
institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining 
rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida birinchi o‘rinda turadi. SHuning uchun 
ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida 
bo‘lib kelmoqda. Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha 
tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni 
rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida 
samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim 
bo‘lgan. 
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 
ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali 
uchta asosiy yo‘nalishda — G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) 
va G2G (davlatdan-davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. Bundan 
tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga 
qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, 
elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol 
qo‘llanilgan. 
Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari 
miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi 
bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 
Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta 
maqsadni qo‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron 
hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari 
va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga 
tushirilgan: 

davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi 

davlat xizmatlarini ko‘rsatish 

axborot resurslarini boshqarish 

qonun ijodkorligi tizimi. 
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari 
miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 
2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat 
apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron 
tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan.
Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 
kundan 7-13 kungacha qisqargan. Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta 
ishlashning innovatsion tizimi — “On-Nara” 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, 
uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan: 

ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv 
jarayonlarini standartlashtirish; 


115 

davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona 
tizimga solish; 

tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi 
turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish. 
Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar 
yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 
foizi. Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni etkazib berishda elektron shaklga 
o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda. CHunki, barcha 
tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi 
va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi. 
Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun 
ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5 
soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini 
bermoqda. 
Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har 
yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda. 
2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha 
mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni 
mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu 
fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini 
beradi. 
Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, 
Indoneziya, Bangladesh, SHri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish 
uchun texnologik echimlarni etkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. 
Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab 
chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat YAponiya bo‘lgan. 
Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash 
borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda
bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan 
tizimga o‘tgan. SHuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning 
rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun 
elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-Government Development 
Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-Participation Index”) hisoblab, 
bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy 
onlayn-servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan 
foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda 
elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes 
vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 
turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham etakchilikni o‘z qo‘lida 
saqlab kelmoqda. 
Koreyada elektron hukumatni rivojlantirishdagi eng yirik loyiha —

www.korea.go.kr
 portali asosiga qurilgan 

Download 11,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish