Mavzu: Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari. Reja: Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 26,38 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2022
Hajmi26,38 Kb.
#531731
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu korp


Mavzu: Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1.Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari;
2. Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda qo‘llanilish xususiyatlari;
3. Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtirokining amaldagi holati.



  1. Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi keskin qisqarib borishiga qaramasdan, butunlay barham topmaydi. Ya’ni bozor iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning ma’lum bir soha va tarmoqlarida davlat o‘z ulushini saqlab qolganligiga bugungi kunda ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Umumiy olganda korporativ boshqaruv modellari xususiyatlari, mamlakatlarning rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotda davlat ulushi darajasi xorijiy davlatlarda turlicha ekanligini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozim. Har bir davlatning korporativ tuzilmalardag ulushi darajasi ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodidiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatish zarurati bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Bunda albatta ma’lum bir maqsadlar belgilab olinadi. Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv amaliyoti xususiy korporativ tuzilmalardagi korporativ boshqaruv amaliyotidan ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Yuqoridagilar asosida quyida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv xususiyatlari, davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtirokidan asosiy maqsadi va vazifalari, oltin aksiya amaliyotining qo‘llanish tartibi, mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida davlat ishtiroki tahlilini ko‘rib chiqamiz. Davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtirokini quyidagi ikkita yo‘nalish asosida ko‘zga tashlanadi: Birinchidan, korporativ boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi va korporativ tuzilmalarning faoliyati davomida qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablarning bajarilishi holatini nazorat qilib boradi. Mazkur jihat barcha mamlakatlar tajribasida qo‘llaniladi. Ikkinchidan, davlat korporativ boshqaruv amaliyotida bevosita ishtirok etadi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir qarorlar qabul qilishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda davlat ustav kapitalidagi ma’lum bir ulushga egalik qilish orqali mulkdor sifatida ishtiroki kun tartibiga chiqadi. Umuman davlatning korporativ boshqaruvda bevosita ishtiroki quyidagilar asosida amalga oshiriladi: - aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalariga to‘liq egalik qilish. Shuningdek faqat davlat tomonidan ustav kapitalini to‘liq shakllantirish amaliyoti asosida ham davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki kuzatiladi. Bunda davlat aksiyadorlik jamiyatida yagona aksiyador sifatida faoliyat yuritadi va yakka tartibda qarorlar qabul qiladi. Mazkur amaliyot mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham kuzatiladi; - aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar nazorat paketiga egalik qilish. Mazkur holatda davlat yirik aksiyador sifatida maydonga chiqadi va birinchi navbatda davlat manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadi. Ya’ni boshqa aksiyadorlarning qarorlar qabul qilishga ta’siri nisbatan past bo‘ladi; - aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ma’lum bir ulushga egalik qilish. Bunda davlat o‘z egaligidagi aksiyalarning ustav kapitalidagi ulushiga mos tarzda ovoz berish orqali korporativ boshqaruvda ishtirok etadi. Agarda aksiyalar ulushi asosida kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zolarini ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lsa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga yoki taftish komissiyasiga o‘z nomzodlarini taqdim etadi va kumulyativ ovoz berishda ishtirok etadi; - oltin aksiya amaliyotini joriy etish. Mazkur amaliyotda davlat ustav kapitalida hech qanday ulushga ega bo‘lmasdan yoki aksiyalar nazorat paketiga egalik qilmagan holda korporativ boshqaruvda o‘z vakili orqali qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatish orqali ijtimoiyiqtisoiy taraqqiyot uchun muhim tarmoqlarning rivojlantirish imkonini beradi. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali davlat aholi turmush farovonligini oshirishga intiladi. Keltirilayotgan bu jihatlarga erishish uchun esa mamlakatda yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritishi muhim hisoblanadi. Chunki yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati aholi bandligi va daromadliligi ta’minlanishida, davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi shakllanishida, keskin xalqaro raqobat sharoitida mamlakat eksport salohiyatini oshirishda va hokozolarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu boisdan yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida, korporativ boshqaruvida davlatning ishtiroki moliyaviyiqtisodiy inqiroz holatlarida ular bankrotligining oldini oladi va tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunga misol sifatida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi sharoitida Amerika qo‘shma shtatlarida milliy avtokontsernlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ustav kapitaliga davlat ulushini kiritish amaliti qo‘llanilganligini keltirishimiz mumkin. Dunyodagi eng rivojlangan davlat hisoblangan Amerika qo‘shma shtatlarida bunday amaliyotning qo‘llanilishini mamlakatning eksport salohiyatini saqlab qolish, tashqi ishlab chiqaruvchilarning amerika bozorini egallashlariga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatda ishsizlik darajasining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat byudjeti daromadlari qisqarishining oldi olish kabilarga qaratilgan chora-tadbir sifatida baholashimiz mumkin. Shu o‘rinda yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar davlat byudjeti daromadlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etishini ham qayd etish lozim. Bunda davlat ishtiroki yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonian to‘lanadigan dividendlarning ham bir qismiga egalik qilish orqali davlat byudjetining soliqlardan boshqa daromadlarini oshirishga imkon beradi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish orqali davlat narx barqarorligini ta’minlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llabquvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ham qayd etish zarur. O‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning korporativ boshqaruvdagi faol ishtiroki ma’lum bir muammoli holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatiga haddan tashqari ko‘p aralashuvi tadbirkorlik sub’ekti sifatida korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi. Bunda oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi qarorlar qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi va bu o‘z navbatida tezkor moliyaviy qarorlar qabul qilish shart bo‘lib turgan bir vaqtda korporativ tuzilma faoliyat samaradorligi pasayishiga olib keladi. Shuningdek kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari ma’lum bir qarorlariga veto qo‘yish huquqi davlat vakili tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan chalkashtirib yuborilish holatlari ham uchrab turadi. Bu masalalar o‘z navbatida davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga investorlar qiziqishlarini keskin pasaytiradi. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishi natijasida norozilik holatlari va korporativ nizolar yuzaga keladi. Qo‘shimcha ravishda xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan erishilgan foydaning yangi loyihalarga muntazam yo‘naltirilishi tufayli dividend amaliyotlari deyarli kuzatilmaydi. Har bir mamlakatda yuqorida keltirilgan kamchiliklardan kelib chiqqan holda hamda xususiy sektorni keng rivojlantirish maqsadida davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtirokini kamaytirishga harakat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish” masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 3.4-ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Unda quyidagi tizimli yo‘nalishlarga ham jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi:
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartibtaomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
- korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
Shundan kelib chiqqan holda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan “Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlarni qisqartirish va bozor mexanizmlaridan keng foydalanish kerak. Ya’ni davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarini tashkil etishni cheklash, bu borada bozorga xos mexanizmlarni ishlab chiqish, davlatning ayrim funktsiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish darkor”, deya qat’iy ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasida belgilangan davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtirokini optimallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi xorijiy investorlar qiziqishi ortishiga ham olib keladi.


Download 26,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish