Moliya va raqamli axborot texnologiyalari


Raqobat va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashda axborot kommunikatsiya



Download 11,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/260
Sana06.07.2022
Hajmi11,76 Mb.
#746373
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   260
Bog'liq
ELEKTRON HUKUMAT UMK

 
Raqobat va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashda axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari. 
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bevosita ishlab chiqarish mahsulotlari va 
xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Davlat va xususiy korxonalar ishlab 
chiqarish mahsulot turlarining kun sayin talabga qarab o‘zgarib borishi raqobatni 
yuzaga keltirmoqda. Bu o‘z navbatida mahsulot xaridorligini ta’minlash uchun sifat 
ko‘rsatkichlarini oshirishga olib keladi.
 
Axborot telekommunikatsiya tizimining keng tarmoq otib, jadal sur’atlarda 
rivojlanishi xaridorning Internet tarmog‘i orqali o‘ziga zarur bo‘lgan mahsulotni 
yoki xizmatni tanlash imkonini yaratmoqda. Bu o‘z navbatida xaridorning o‘z 
uyidan yoki ish joyidan mahsulot uchun buyurtma berishi, bitimlar tuzishi, elektron 
tarzda muloqot qilishi, xujjat almaninishi, to‘lovlarni elektron usulda amalga 
oshirishini ta’minlaydi. Natijada xaridor qimmatli vaqtini tejaydi, keng qamrovli 
tanlovga erishadi, past narxda sifatli mahsulot xarid qiladi. SHuningdek, ishlab 
chiqarish korxonasi ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga bo‘layotgan talabni 
kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi, raqobatchilarning faoliyatidan xabar topib 
turadi va o‘z ish faoliyatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi, bozor talabiga tezda 
moslashadi. Ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi raqobatning yuzaga kelishi sifat 
ko‘rsatkichlarining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar asosan xom-ashyo maskani bo‘lib 
kelgan. Xom-ashyo, qazilma boyliklarimiz, paxta, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
xorijiy mamlakatlarga arzon baholarda sotilar, tayyor iste’mol holatiga 
keltirilganlari esa bir necha bor qimmat bahoda mamlakatimizga keltirilar edi. Bu 
o‘z navbatida valyuta jamg‘armasini chet-elga foizsiz oqimiga yuzaga keltirgan.
Mustaqillik sharofati bilan har bir ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga ongli-ilmiy asosda 
yondashish zarurati tug‘ildi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasida tub 
islohatlar amalga oshirildi va bu jarayon izchil davom etmoqda. Iqtisodiy rivojlanish 
sohasida keskin yuksalish yuz berdi. Xom ashyo etkazib beruvchi manbadan tayyor 
mahsulot etkazib beruvchi manbaga aylandik. Prezidentimiz rahnomaligida
mamlakatimizda bir necha qo‘shma korxonalar tashkil etildi, yoshlarni yangi 
zamonaviy texnologiyalarda ishlash amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida 
o‘quv kurslari tashkil etildi, ayrim mutaxassislar xorijiy mamlakatlarda o‘z 


108 
malakalarini oshirib keldilar. Hamkorlik korxonalarida chet-elga xom ashyo emas, 
balki tayyor sifatli mahsulot chiqarish yo‘lga qo‘yildi va bu tizim bugungi kunda 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Jahon bo‘ylab mamlakatimizda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali 
tashviqot qilinishi mahsulot uchun xaridorlar tarkibining kengayishiga olib keldi. 
Xaridorlar tarkibining oshib borishi sifatga bo‘lgan talabni keskin oshirdi, raqobat 
yuzaga keldi. Mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridor manziliga etkazib berila boshlandi. 
Savdo shaxobchalari o‘rnini elektron magazinlar egalladi. Mahsulot saqlovchi 
omborxonalar barham topdi. Buyurtmachi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish 
keng qamrov topdi. Nafaqat mamlakatimiz aholisidan balki chet-el fuqaro va 
tashkilotlaridan ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlariga uzluksiz buyurtmalar 
kelib turibdi. Bu borada axborot kommunikatsiya tizimining ahamiyati beqiyos 
katta. Bank tizimining global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz 
elektron usulda amalga oshirilishi qo‘l keldi. Bu o‘z navbatida pul almashinuvi 
harakatini jadallashtirdi, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning 
asosida elektron tijorat yotadi. 
Ishlab chiqarishdagi raqobat monopollashuvga olib kela boshladi, mahsulot 
sifati oshdi, yangi ekologik toza va samarali texnika va texnologiyadan foydalanish 
talab etildi, qo‘shimcha ish joylari yaratildi, etuk mutaxassislarga bo‘lgan talab 
kuchaydi. 
Jahon bo‘ylab hukm surayotgan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz vaqtida tayyor 
mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish, uning hususiyatlarini Internet orqali 
tashviqot qilish, xaridorni jalb etish va mamlakatimizga valyuta oqimini ta’minlash 
har bir ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining asosiy tamoyiliga aylangan. 
Ma’naviyati yuksak mamlakatimiz aholisining ekologik toza va sifatli 
mahsulotga bo‘lgan talabini qonun doirasida ta’minlash ishlab chiqarish 
korxonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. SHuning uchun ham har qanday ishlab 
chiqarish korxonasi ichki va tashqi bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish maqsadida 
sifatli raqabotbardosh mahsulot ishlab chiqishga harakat qiladi. Etuk mutaxassislar 
bilimi, tajribasi, zamonaviy texnika va texnologiyalarga tayanadi. Bugungi kunga 
kelib tub aholi asosan mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga 
o‘tgan, chunki xorijiy mamlakatlar mahsulotlari sifatining qay darajada past 
ekanligiga ishonch hosil qilib bo‘lganlar. Albatta, aholining o‘z mamlakatida ishlab 
chiqarilgan sifatli mahsulotlarni xarid qilishi korxona ishlab chiqarish hajmini 
kengaytirishga, mahsulot tan narxini pasayishiga, yangi ish joylarini tashkil etishga 
olib keladi. Bunday istiqbolli rivojlanishning asosida axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiya tizimining samarali faoliyati yotadi. Internet orqali sayyohlarga 
xizmat ko‘rsatish, diqqatga sazovor joylarni tashviqot qilish, xizmatlar uchun 
elektron to‘lov tizimining doimo ishlab turishi e’tiborga loyiq holatdir. Sayyohlar 
oqimining yil sayin mamlakatimizga kelishini oshib borishi bu borada ham 
raqobatni yuzaga keltirdi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga turtki bo‘ldi. 
Raqobat va sifat ko‘rsatkichlari bozorlarda xorijiy mahsulotlar o‘rnini bosadigan 
mahsulotlar ishlab chiqarishni taqozo etadi, shuningdek jahon bozorida o‘z o‘rnini 
egallashiga zamin yaratadi, mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 11,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish