103
umumdavlat tarmoqlangan xujjatlarni boshqarish va qayta ishlash jarayonlariga
bog‘liq bir qator masalalar to‘plamini echishga qaratilgan tizimni shakllantirishni
taqozo etadi. Elektron hukumat amaldagi hukumatga biron bir qo‘shimcha bo‘lmay,
balki axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida davlat xizmatlari
samaradorligini oshirishdan iborat.
Kelgusida elektron hukumat “yagona oyna” sifatida bugungi kunga nisbatan
yanada dolzarb bo‘lishi muqarrar. Bu jarayon ijtimoiy
tarmoqlarning jadal
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bunday texnologiyalar ijtimoiy-siyosiy
kommunikatsiya imkoniyatlari darajasini yanada oshirib, hukumat, tijorat va
fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyaning yangi shakllarini yaratishga olib keladi.
YAngi texnologiyalarni joriy etilishi hukumatdan vaqt kategoriyalariga nisbatan
juda e’tiborli bo‘lishni taqozo etadi. Boshqa sohalarga nisbatan yuqori e’tiborda
bo‘lgan davlat, texnologiya evolyusion rivojlanishda va mavjud qurilmalar esa tez
eskirmoqda va zamon talabiga javob bera olmaydi. Kelajakni ko‘zlab ma’muriy
organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar texnologiyaning rivojlanishi bilan tezda
o‘zgarmoqda. Elektron hukumatni joriy etishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar moliyaviy
jihatdan qimmatga tushadi va ayniqsa fuqarolar va tijorat sohasi xodimlarining
ishonchini yo‘qotishdan ehtiyotkor bo‘lishni talab etadi.
Mamlakatning elektron
hukumatga o‘tishi hukumatning yangi sharoitga moslashish qobiliyati qay darajada
shakllanganligini namoyish etish imkonini beradi. Raqobatli, jahonda yuz
berayotgan izchil o‘zgarishlar davrida elektron hukumatni joriy etish borasida olib
borilayotgan islohatlardagi kechikish mamlakat iqtisodiy rivojlanishida qimmatga
tushadi.
Elektron xizmatni keng joriy etilishi uchun uni qog‘ozdagi jarayonlar kabi tan
olinishi va quvvatlanishi lozim. SHuningdek, on-layn rejimida xizmat ko‘rsatishni
muvaffaqiyatli rivojlanishi axborotlarning daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlashga
bevosita bog‘liq.
Elektron texnologiyaning shakllanishi hukumat faoliyatida boshqaruv
xarakterini o‘zgarishini taqozo etadi. Axborot jamiyatida
amaldagidan farqli
hukumat boshqaruv organlari vakolatlaridan kelib chiqqan holda yangi tuzilma va
boshqaruv tamoyillariga o‘tiladi. Odatdagi hukumat bilan yangi elektron hukumat
boshqaruv mezonlari orasidagi farqlarni keltirib o‘tamiz.
Amaldagi qaror qabul qilish jarayonlari nazoratda va buyruqni bajarishga
asoslangan bo‘lsa, yangi usulda asosiy parametr sifatida rozilik va kelishuv
ishlatiladi.
Amaldagi boshqaruvda asosiy e’tibor huquq va vaqtga qaratilgan bo‘lsa,
zamonaviyda – majburlanmagan meyorlarga, jamoaning taklif va tavsiyalariga,
kelishuvlarga asoslangan.
Amaldagi davlat hukumat, byurokratiya va parlament, tarmoqli jamiyatda yangi
boshqaruv ommaviy davlat shaklini:
komissiya, forum, demokratik tashkiliy
guruhlarni o‘z ichiga oladi. Avval axborot boshqaruv uchun markazlashgan va
maxfiy bo‘lsa, endi axborot tarqalgan, ochiq tarmoqli bo‘lib, tarmoqli forum, ta’lim
va boshqalarni o‘z ichiga oladi, axborot jarayonlari esa interfeys va protokollar bilan
bog‘langan.
Odatda
Do'stlaringiz bilan baham: