106
tarbiyalash asosida – vatanga, yashash joyiga, xalqiga, o‘z oilasiga bo‘lgan sadoqati
va hurmat e’tibori yotadi. SHu bois ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari
shaxsning ruhan etuk inson bo‘lib shakllanishida axborot manbai sifatida foydalanib
kelinmoqda. Axborot tizimini joriy etilishi yosh avlodni qadr-qimmatini,
dunyoqarashini, vatanga sadoqatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik yoshlar g‘arb mamlakatlari tomonidan targ‘ib
etilayotgan hayot tarziga o‘tib bormoqda. SHuning uchun ham hozirgi zamon
yoshlaridagi o‘zgarishlar, hususiyatlar va qiziqishlarni inobatga olgan holda
tarbiyani tashkil etish zarur.
Bugungi kunda Internet tarmog‘iga kiruvchilar kontingentini katta qismini
asosan yoshlar tashkil etadi. YOsh avlodning Internet
axborot resurslaridan
foydalanish huquqi ularning yoshi va ruhiy holati hususiyatlariga bog‘liq xolda
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonuni va qonun
osti xujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Axborot tizimi yoshlarni elektron adabiyotlar
bilan tanishishga, madaniyatni o‘rganishga, o‘zaro axborot almashinuviga keng
imkoniyat yaratib bermoqda. Natijada yoshlarda chet-el tillarini o‘rganishga
ishtiyoq va ehtiyoj tug‘ilmoqda, bu o‘z navbatida kengroq doiradagi ma’lumotlarni
o‘zlashtirishga olib kelmoqda. Internet orqali bilim olish, estetika va sanat, tarixiy
voqealar,
ekologik
jarayonlar,
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
haqidagi
ma’lumotlardan nogiron yoshlarning xabar topishiga imkoniyat yaratildi. Lekin
Internet axborot resurslari barcha yoshlarga birday ijobiy ta’sir etmay, balki ularning
ongiga,
madaniyatiga, milliy urf-odatlariga, huquqiy, tashabbuskorlik holatiga,
diniy dunyoqarashiga va ekologik tarbiyasiga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. SHu bois
ham oilada ota-ona, o‘quv dargohida murabbiylar tomonidan yoshlarning qaysi
sohaga oid Internet axborot resrslari bilan qiziqayotganligi va foydalanayotganligini
nazoratga olishlari maqsadga muvofiq. YOshlarda tez moslashuvchanlik hislatlari
katta yoshdagilarga nisbatan ancha yuqori darajada bo‘lganligi uchun ularning xulq
atvori, ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borish lozim.
Internet tarmog‘ining
afzalligi shundaki, ixtiyoriy ma’lumotni bir zumda
olishingiz va uni qayta ishlashingiz mumkin. Har bir yosh o‘zini qiziqtirgan sohaga
oid elektron axborot resurslari jamg‘armasini yaratishi, ijodiy faoliyat olib borishi
va erishilgan natijalarni jamiyatning biron bir sohasiga tadbiq etishi mumkin.
Raqobatbardosh etuk mutaxassis bo‘lib etishishga zamin yaratiladi. YOshlarning
ma’naviy saviyasi oshadi, dunyoqarashi shakllanadi, ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarni tahlil qilishlari asosida tashabbuskorlik xislatlari yanada rivojlanadi.
YOshlarda tashabbuskorlikni shakllantirish dialektik bog‘lanishlar, ya’ni
intellektual – anglash,
emotsional-qadriyat, amaliy faoliyat elementlariga bog‘liq.
SHuning bilan bira yoshlarda muhim insoniylik fazilatlari va sifatlarini
shakllantirish, jamiyatning turli sohalarida bo‘layotgan o‘zgarishlarni anglashi,
bilishi va unga moslashishga tayyor bo‘lishi yosh avlodni rivojlanishida asosiy
maqsad hisoblanadi. Bunda yoshlarning davlat gimni, bayroq, davlat gerbi ramzini
bilishligi talab etiladi. SHuning bilan birga mamlakatda olib borilayotgan siyosat,
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni to‘g‘ri
tushunib anglashni taqozo etadi. Tashabbuskorlik bugungi kunda yoshlarning ruhiy-
insonparvarlik holatini belgilovchi faktor hisoblanib, jamiyatning mo‘tadilligi,
107
davlatning xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlaydi. SHuning uchun ham yoshlarni
tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashning negizida tarixiy ongning shakllanishi yotadi.
Tarixiy tarbiya – kelib
chiqish avlod ajdodlarimiz, urf-odatlarimizni bilish bilan
bevosita bog‘liq. Jamiyatning dunyo miqyosida tutgan o‘rni, ko‘pmillatligi, tarixiy
jarayonlar, urf-odatlar, diniy e’tiqod, mintalitet hususiyatlarini tushinish, tashqi
axborot xurujlaridan himoyalanish darajasi bilan ifodalanadi.
Iqtidorli yoshlarga hukumat, o‘quv yurtlari va oila a’zolari
tomonidan
e’tiborning kuchaytirilishi, ularning zamonga hamnafas xolda jamiyat uchun etuk
raqobatbardosh kadr bo‘lib etishishiga zamin yaratadi. Bu borada Internet axborot
resurslaridan ijodiy izlanishlar olib borish, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini
boyitishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlarini tashkil etilishi
bugungi kunning taqozasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: