119
AQSHda axborot jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri elektron
hukumat tizimi yaratish hisoblanadi. Bu tizimi aholini kerakli axborot bilan
ta’minlash vazifasini bajarish zarur.AQSHda elektron hukumat tizimi fuqarolarga
tartibli hisobot va ochiqlik bilan olib boriladi. Hisobotlarni
taqdim etish faqat
aholiga qandaydir axborotni taqdim etish emas balki, aniq davlat tashkilotlari
ko‘rsatkichlarini taqdim etish va bu ko‘rsatkichlarining aholiga taqdim etila oladigan
monitoring vositalarini yaratish qaratilgan. SHu
orqali fuqarolar hukumat
tashkilotlarining foaliyati samaradoriligini baholab borishadi.
Tizimni loyihalashtirish jarayoning bir necha bosqichlari bo‘lib, ulardan
uchinchi bosqichi muhim vazifalar echishga qaratilgan. Uchinchi bosqichda vazirlik
saytlari interaktiv – turli onlayn xizmatlarni paydo bo‘lishi holatiga o‘tadi. AQSHda
bu holat alohida shtatlar va munitsipaltetlarda jarimalarni to‘lash imkoniyati yoki
Internet orqali litsenziyani uzaytirish jarayoni hisoblanadi. Bunday saytlarga misol
sifatida
Arizona
shtatida
IBM
kompaniyasi
tomonidan
yaratilgan
ServiceArizona(www.servicearizona.com) hisoblanadi. Bu saytda Internet orqali
avtomashinalarni qayta ro‘yxatga olish va avtomobil
belgilarini raqamlariga
buyurtmalarni berish kabi bir qator xizmatlar to‘plamidan iborat.
To‘rtinchi bosqichda esa hukumat portallarini yaratish hisoblanadi. Bu
bosqichda barcha davlat muassasalari uchun xizmatlar majmuasini ko‘rsatishni
taqdim etish shartlari va vazifalari belgilb olinadi. Bunday davlat portallari AQSHda
2000 yilda ochilgan FirstGov.Gov. (www.firstgov.gov) portali hisoblanadi. ushbu
portal 20000 dan ortiq alohida davlat saytlarining birlashmasi hisoblanib, 27
milliondan ortiq sahifaga ega va fuqarolarga onlayn holatida turli harakatlarni
amalga oshirish imkonini beradi. Xususan, ijtimoiy sug‘urta kartasi bilan bog‘liq
jarayonlardan tortib, milliy parklarda kemping uchun joyga buyurtma berishgacha.
Open Meeting tizimi fuqarolar tomonidan qilingan
faoliyat natijalari va
harakatlarining nazoratini kuchatirish maqsadida milliy tashabbuskorlik doirasida
amalga oshirilgan tizimdir. Bu tizim aholiga takliflarni yo‘llash va ularga elektron
pochta orqali interaktiv holatda javob olishlari imkoniyatini yaratadi. Bu tizimni
yaratishadan
qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biri so‘rovlarni o‘tkazish
soddalashtirish va turli manbalardan ko‘plab mulohazalarni yig‘ish va o‘rganib
chiqishni ko‘zlangan.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganla Open Meeting tizimi faoliyatida 3000 dan
ortiq inson qatnashgan va 1200 dan ortiq takliflar kiritilgan. Ushbu tizim fikrlarni
erkin
almashish, debatlarni o‘tkazish va yakuniy qarorlarni chiqarish kabi
vazifalarni taklif etadi.
Davlat portallarining o‘ziga xos ko‘riishlaridan biri aniq hududiy axborot
portallarining mavjudligidir. Ushbu portallar keng ko‘lamli
davlat xizmatlari va
shaxsiy sektor sohalarining turli xizmatlarini taqdim etish vazifasini bajaradi.
SHuningdek, turli davlat va munitsipal xizmatlaridan, elektron savdo – sotiq,
internet – banking, va internet – ta’lim sohalarining xizmatlaridan foydalinish
imkoniyati beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: