Moliya va raqamli axborot texnologiyalari


o‘quv jarayonlarini progressiv infrastruktura asosida



Download 11,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/260
Sana06.07.2022
Hajmi11,76 Mb.
#746373
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   260
Bog'liq
ELEKTRON HUKUMAT UMK

o‘quv jarayonlarini progressiv infrastruktura asosida 
axborotlashtirish tizimi
ni amalda joriy etilishi, talabalarning mustaqil bilim olish 
qobiliyatlarini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan holda, o‘quv yurti 
rahbariyati tomonidan o‘quv jarayonlarining dinamik holatini nazorat qilish 
imkoniyati tug‘diradi. Bu o‘z navbatida o‘quv jarayonini muvofiq boshqarish va 
tezkor, optimal boshqaruv va taqsimot qarorlarini qabul qilish uchun zamin 
tayyorlaydi. Xulosa qilib aytganda ta’lim jarayonini axborot tizimi yordamida 
ma’lumotlar bazasiga asoslanib boshqarish, jamiyat uchun etishtirib berilayotgan 
etuk mutaxassislarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mujassamligini 
ta’minlaydi. 
Jamiyatning barcha sohalariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal 
sur’atlarda kirib kelishi axborotga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi. Bu o‘z 
navbatida axborot resurslaridan foydalanish borasida bir qator islohatlarni amalga 
oshirishni taqozo etdi. 
Xususan,ta’lim sohasini modernizatsiyalashda axborot texnologiyalarining 
beqiyos imkoniyatlari munosib o‘rin egallay boshladi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, 
axborot texnologiyalaridan jamiyatda o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq, aks 
holda u samara emas balki, zarar etkazishi muqarrar. Ushbu maqolada ta’lim tizimini 


111 
modernizatsiyalash jarayonida yuzaga kelgan ayrim muammolarni axborot 
texnologiyalari yordamida hal etish omillari keltirilgan. 
Hayotda axborot texnologiyalari, xususan kompyuter texnikasi va mavjud 
dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim sohasini rivojlanishiga munosib hissa 
qo‘shdi va turli masalalarni tezkor sifatli bajarilishini ta’minladi. Ta’lim tizimida 
olib borilgan islohatlar qatoriga o‘quv yurtlariga qabul jarayonini test usulida 
o‘tkazilishini kiritish mumkin. Haqaqatdan, bu jarayon o‘zining ijobiy samarasini 
berdi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin keyingi kuzatuv va statistik tahlil shundan dalolat 
berdiki, yalpisiga barcha soha yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi 
o‘quv yurtlari uchun test usulida qabul sinovlarini o‘tkazish bilan birga ayrim ta’lim 
yo‘nalishlarida qo‘shimcha maxsus muloqot va boshqa turdagi sinovlarni tashkil 
etishni taqozo etdi. Bular tarkibiga huquqshunoslik, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, 
san’at, jurnalistika, tabiyotshunoslik, jismoniy tayyorgarlik soha yo‘nalishlarini 
kiritish mumkin. Ushbu sohalarga bolang‘ich qobiliyat shakllangan, bilim, 
tushuncha va tassavurga ega bo‘lgan yoshlarni talaba etib qabul qilinishi talab 
etiladi, aks holda o‘quv jarayonida professor-o‘qituvchilar, o‘quv yurtlari, hamda 
kelgusida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda bir qator muammolar yuzaga kelishi 
mumkin. 
Prezidentimiz yoshlarni, ayniqsa yosh mutaxassislarni ish bilan to‘liq 
ta’minlashni bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kiritib, ushbu holatga 
jiddiy e’tibor qaratmoqda. SHuning uchun ham har bir o‘quv yurti o‘z dargohini 
bitirgan mutaxassislarni ish bilan joylarda ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotni 
yig‘ish va tahlil etish asosida ta’lim sohasini takomillashtirishga o‘z fikr 
mulohazalarini bildirish ishlarini olib bormoqdalar. Albatta bu masalani echilishi 
iqtisodiy, moliyaviy va sifat darajasini takomillashtirishga qaratilgan. Statistik 
ma’lumotlar muammoli holatlar mavjudligidan dalolat bermoqda. O‘quv yurtlarida 
yaratilgan yuqori saviyadagi shart sharoitlar asosida etishtirib chiqarilayotgan 
mutaxassislarning bilim saviyasiga bo‘lgan talabning muntazam oshib borishi. 
Muammo shundan iboratki, bir tomondan talabalarning o‘quv yurtlariga qobiliyati, 
qiziqishi, dunyoqarashi qay darajada shakllanganligini hisobga olingan holda qabul 
qilinishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-
o‘qituvchilarning mutaxassislik va soha yo‘nalishlari bo‘yicha bilim saviyasiga, 
ilmiy salohiyati va amaliy-pedagogik tajribasiga qarab to‘g‘ri taqsimlanishini 
ta’minlashdan iborat. Uchinchidan jamiyatda qaysi turdagi soha yo‘nalishlari va 
mutaxassislik bitiruvchilari uchun bugungi kunda va kelgusida talab qay darajadaligi 
bashorat qilinib muntazam tahlil etib borilishi. Bitiruvchi yoshlarni ish bilan 
ta’minlash, ularga o‘z sohasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘sh ish joylarini tashkilot va 
korxonalar tomonidan tavsiya etilishi hamon muammoligicha qolmoqda. Bu 
masalani ijobiy hal etish maqsadida har bir shahar va tumanlarda mehnat 
yarmarkalari tashkil etilmoqda. Lekin bu tadbirlar muammoni to‘liq hal eta 
olayotgani yo‘q.

Download 11,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish