347
meva-sabzavotlarni
yetishtirish
ko‘lamining
oshishi
qishloq
xo‘jaligi
maxsulotlarini saqlash korxonalariga bo‘lgan talabini oshirmoqda.
Hozirgi kungacha qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlashning bir qator
usulllari mavjud bo‘lib, qadimdan xalqimiz qishloq xo‘jaligi maxsulotlarni turli
usullar bilan saqlab kelishgan. Shu jumladan, ular meva-sabzavotlarni turiga qarab
osib, ko‘mib, quritib, xumlarda va boshqa turli usullar bilan saqlashgan.
Qishloq
xo‘jaligi maxsulotlarni saqlashga bir qator talablar qo‘yiladi. Maxsulotlarni
saqlashda uning tashqi ko‘rinishi, ta’mi, sifati, tarikibidagi ozuqa elementlarining
buzilmasligiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bugungi kunga kelib maxsulotlarni saqlashda saqlash omborlaridan keng
foydalaniladi. Doimiy saqlash omborlariga esa tabiiy usulda shamollatiladigan,
ventilyator yordamida tashqi havo bilan shamollatiladigan, sun’iy yo‘l bilan
sovutiladigan
sovutgichlar, atmosfera havosi boshqarib turiladigan, muzhona va
muzli omborlar kiradi.
Mamlakatimizda meva - sabzavotlarning hosili yildan - yilga ko‘payib
bormoqda. Bu esa saqlanadigan maxsulotlarning ortib borishi bilan qishloq
xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash omborlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.
Mamlakatimizda meva - sabzavotlarni sifatli saqlash va aholiga uzluksiz yil
davomida yetkazib berish Agrosanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha turli
islohotlar o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston
respublikasi prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-may kuni Koreya respublikasi hukumat grantini
jalb qilgan holda “O‘zbekistonda past haroratli saqlash kameralarini joriy qilish
yo‘li bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash” loyhasini amalga
oshirish choralari to‘g’risidagi qarorini imzoladi. Shu yilning 6-noyabrida esa
“Meva-sabzavot maxsulotlarini, uzum, poliz, dukkakli shuningdek quritilgan meva
va sabzavotlarni maxalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g’risida”gi qarori qabul qilindi. Bu mamlakatimizda
nafaqat maxsulotlarni sifatli saqlashga balki ularni eksport qilishga ham katta
e’tibor berilayotganidan dalolat bermoqda.
Bugungi kunga kelib yurtimizning barcha viloyatlarida qishloq xo‘jaligi
maxsulotlarning
hosildorligi
ko‘paymoqda
va
sabzavot
tayyorlovchi
korxonalarning moddiy texnika bazasi va ularning ta’minoti yaxshilanib
bormoqda. Respublika viloyatlari va shaxarlarini bir me’yorda meva –sabzavotlar
bilan ta’minlash uchun sun’iy sovutiladigan omborxonalar barpo etilmoqda.
Ko‘pgina tumanlarda sabzavot tayyorlov punktlari, namunaviy omborxonalar
talabga javob beradigan darajada emas. Keltirilgan sabzavotlar ochiq
maydonchalarga tushiriladi, buning oqibatida maxsulot
vazni kamayadi va uning
sifati pasayib ketadi. Tadqiqotlarga qaraganda ochiq joylarda yoki bostirma holda
qoldirilgan sabzavot va rezavor ekinlar vaznini bir kecha kunduzda 10%gacha
348
yo‘qotar ekan. Maxsulotlarni sernam joylarda saqlash uning tarkibidagi suv va
boshqa minerallarni saqlashga katta yordam beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda meva-sabzavotlarni sifatli saqlash nafaqat saqlash
omborlarining sharoitlariga balki uni yetishtirishda qo‘llaniladigan agro-texnik
tadbirlarga ham bog’liq hisoblanadi. Jumladan maxsulotlarga qo‘llaniladigan
o‘g’itlarning noto‘g’ri qo‘llanilishi va pishib yetilgan maxsulotlarni vaqtida
yig’ishtirb olmaslik , ya’ni erta yoki kech yig’ishtirib olish ham maxsulot sifatiga
va uning saqlash muddatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Aholini yil bo‘yi bir me’yorda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bilan ta’minlash
uchun , xo‘jaliklarda ertagi, o‘rtapishar va kechki navlarini yetishtirishni yo‘lga
qo‘yish lozim. Lekin aksariyat fermer xo‘jaliklarida bunday maxsulotlarning
asosan ertagi navlarini yetishtirib maxsilotlarning mavsumiyligini avj oldirmoqda.
Bunday ertapishar navlar yil davomida yetishtiriladigan maxsulotning 70%ini
tashkil qiladi. Bu esa o‘z navbatida bir qancha muammolarni yuzaga keltiradi.
Ma’lumki avgust va sentyabr oylaridan boshlab xo‘jaliklardan
olinadigan
maxsulotlarning asosiy qismi saqlashga qo‘yiladi. Ammo xo‘jaliklar ushbu
maxsulotni omborda saqlashning pirovard natijasiga e’tibor bermay , hosilni
yig’ishtirib olishda uzoq muddat saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan chora
tadbirlarga rioya qilishmaydi. Shu sababli saqlash davrida maxsulotning 20%dan
ko‘prog’i nobud bo‘ladi. Masalan piyoz hosilini yig’ishtirishdan oldin sug’orish
to‘xtatilmaydi, yig’ishtirilgani esa yaxshilab quritilmaydi. Buning oqibatida
saqlash jarayonida maxsulotning bir qismi zarar ko‘radi. Mutaxassis-ekspertlarning
xulosasiga ko‘ra, kartoshka va sabzavot tayyorlash, saqlash va transportda tashish
jarayonida har yilgi nobutgarchilik yalpi maxsulotning 15-20%ini tashkil etadi.
Bunday nest nobutgarchilikning oldini olish uchun saqlash omborlarini
qishloq xo`jaligi maxsulotlari yetishtiriladigan maydonlarga yaqin joylardan barpo
etish lozimdir. Qishloq xo`jaligi maxsulotlarini saqlash omborlarini jihozlashda
asosan
mexanizatsiyalashgan
va
avtomatlashtirilgan
texnologiyalardan
foydalanish katta samara beradi. Shu bilan birga maxsulotlarni saqlash jarayonida
yuz berishi mumkin bo`lgan bir qancha muammolarning oldi olinadi.
349
Mexanizatsiyalashgan va atomatlashtirilgan texnologiyalardan
foydalanish
saqlanadigan maxsulotni saqlash jarayonida muhim hisoblanadi.
Ayniqsa muzlatgichlar va muzli omborlarda maxsulotni sovutish, muzlatish
jarayonlarining uzluksiz amalga oshishini ta`minlaydi hamda maxsulot sifatli va
uzoq muddatgacha saqlash imkonini beradi. Xususan tez buziladigan meva
maxsulotlarini muzlatib saqlash sifatini yaxshi saqlanib qolinishiga o`z ta`sirini
ko`rsatadi.
Muzlatish kamerasi -15
0
-25ºS gacha bo‘lgan haroratni ta’minlay oladi,
hamda 40-45 tonnagacha bo‘lgan yukni saqlay oladi. Bu yerda xavfsizlik,
yong’inga qarshi, muzlatish qoidalariga qattiq rioya qilinadi, hamda ushbu kamera
o‘zi uchun muhum bo‘lgan konditsioner va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.
Kamera butunlay avtomatik tizim asosida boshqariladi va har bir panel iste’mol
mahsulotlari, yong’in xavfsizligi va issiqlik effekti jahon talablariga to‘liq javob
beradi. Umuman olganda,siz kutgan va talab qilgan
barcha xizmatlar chora-
tadbirlari qabul qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: