Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” haqidagi Farmoni.
2. Усманова К. А., Нурбоева М. С. Рекомендации по сушке фруктовых и
виноградных продуктов //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 2.
3. T.R.Shomurodov I.I.Mehmonov H.F.Jo`rayev O.R.Abduraxmonov “Oziq-
ovqat texnologiyasida ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari”.
MEVA- SABZAVOTLARNI QURITISHNING KONVEKTIV USULI.
K.A.Usmanova,
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat
mahsulotlar havfsizligini ta’minlash, iste’mol ratsionini yahshilash, talab
etiladigan miqdordagi oziq-ovqat havfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va
joriy etish bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
konvektiv, quritish, harorat, meva-sabzavot, elektr-energiya.
350
Аннотация:
В данной статье описывается разработка и реализация
государственной политики по обеспечению безопасности пищевых
продуктов и совершенствованию режима питания в Республике Узбекистан,
необходимого объема продовольственной безопасности.
Ключевые слова:
конвективная,сушильная,температурная,фрукты и
овощи, электричество.
Annotation:
This article describes the development and implementation of
state policy to ensure food safety and improve the diet in the Republic of
Uzbekistan, the required amount of food security.
Keywords:
convective, drying, temperature, fruits and vegetables, electricity.
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga
mo‘ljallangan
strategiyasini
tasdiqlash
to‘g’risida
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzoyevning “Oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligini
ta’minlash va iste’mol ratsionini yahshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-
ovqat havfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish” bayon etilgan.
Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim sektorlaridan biridir.
Ayni paytda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash va sifatli saqlashni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini
quritish, ularni uzoq muddat saqlash va foydali xususiyatlarini saqlab qolishni
ta’minlash bilan bog’liq muammolarni hal etishning eng samarali yo‘llardan
biridir.
Bugungi kunda meva-sabzavotlarni quritish nafaqat O‘zbekistonda, balki
butun dunyoda keng tarqalmoqda. Xozirgacha meva-sabzavotlarni quritishning
turli usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tabiiy va sun’iy usullarga bo‘linadi.
Hozirgi kunda quritishning tabiiy usuli maxsulotning sifat ko‘rsatkichlari jihatdan
bir qator bozor talablariga javob bermaganligi tufayli sun’iy quritish usullaridan
keng foydalaniladi.
Sanoatda sun’iy quritishning bir qator usullari mavjud bo‘lib, ularga:
konvektiv, kontaktli, radiatsiyali, dielektrik va sublimatsion kabi usullar kiradi.
Quritishning bu usullari orasida konvektiv usul sanoat korxonalarida keng
foydalaniladigan usul hisoblanadi. Bunda asosan elektr tokidan foydalniladi.
Meva-sabzavotlarni quritishning konvektiv usuli xar tomonlama qulayligi
bilan ajralib turadi. Bunday quritish uskunalari nafaqat sanoat korxonalarida, balki
uy sharoitida qo‘llash mumkinligi bilan va kerakli maxsulotni qisqa muddatda
quritishi va qulayligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. Bunday quritish
uskunalariga jaxon bozorida keng tarqalgan “Weiss Gauff D-7050”, “ROTOR”,
“BEIOMO 8360” kabilarni misol qishimiz mumkin.
351
Quritishning konvektiv usuli xozirgi kunda yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib ,
uning bir qator kamchiliklari ham mavjud hisoblanadi. Birinchisi quritishda
quritiladigan maxsulotlarning miqdorining ozligi bo‘lsa , ikkinchisi juda yuqori tok
kuchlanishida ishlashi hisoblanadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan “Weiss Gauff D-
7050”, “ROTOR” kabi uskunalarning ham maxsulotni quritish hajmi 5-10 kgdan
oshmaydi, bunda energiya sarfi 250 vattni tashkil etadi. Bu esa maxsulot
unumdorligi, kamligining yaqqol ko‘rinishidir. Maxsulot hajmini oshirish va elektr
energiyasini tejash muhim vazifalardan biridir.
Mavjud qishloq xo‘jaligi quritish qurilmalari energiya sarfiga ko‘ra shartli
ravishda ikki guruxga bo‘linadi ya’ni: yoqilg’ida (turli an’anaviy energiya
resurslaridan foydalaniladi) va quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan guruxga
ajratiladi. Yoqilg’i asosida ishlaydigan quritgichlarning ustunligi shundaki, ular
yuqori darajada maxsuldorlikni ta’minlab, sanoatda qo‘llash imkonini beradi.
Kamchiligi esa narxining qimmatligi va energiyani ko‘p talab qilishidir.
Mamlakatimiz tabiiy-iqlim sharoitida quyosh energiyasi asosida ishlaydigan
qurilmalardan foydalanish ko‘rib chiqilayotgan, ilmiy texnik muammolarni hal
qilish uchun istiqbolli hisoblanadi. Yoqilg’i-energetika resurslarini tejash, ishlab
chiqarishning ekologik jihatdan sofligi, qulay tabiiy-iqlim sharoitlari ushbu
qurilmalarining
afzalliklari
sirasiga
kiradi.
Ayniqsa
qishloq
xo‘jalik
maxsulotlarining
pishib
yetilishi
va
qayta
ishlash
jarayoni
quyosh
radiatsiyalarining eng faol davriga to‘g’ri keladi.
Yurtimiz quyoshli o‘lka hisoblangani uchun sun’iy quritish uskunalari asosan
quyosh energiyasidan elektr tokini ishlab chiqaruvchi quyosh batareyalaridan
foydalanish katta samara beradi va elektr tokini tejab qoladi. Bu sohada bir necha
yillardan buyon ilmiy izlanish olib borayotgan bir qator fan doktorlari va
professor-o‘qituvchilarimizning ilmiy izlanishlari besamar ketmayotganini ham
ko‘rishimiz mumkin. Shu jumladan Z. Iskandarov va uning shogirdlari olib
borayotgan ilmiy izlanishlar o‘z samarasini berganining guvohi bo‘lishimiz
mumkin. Ular yaratgan quritish uskunasi quyosh energiyasidan quvvat olib
ishlaydi. Shuningdek elektr energiyasi sarfini 40% gacha kamaytiradi. Lekin bu
352
quritish uskunasi asosan kichik va o‘rta hajmdagi qayta ishlash korhonalariga
moslangan hisolanadi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir qator muammolarni keltirib
chiqaradi.
Birinchidan, yuritmizda bunday quritish uskunalarining yetishmovchiligi
bo‘lsa, ikkinchidan, sanoat va qayta ishlash korxonalarining kamligi, uchinchidan
esa, meva-sabzavotlarning asosan mavsumiyligidir. Bir mavsumda pishib
yetiladigan maxsulotlarni hajmining yildan-yilga ortib borishi va transport
vositalarining yetishmovchiligi kelib chiqishi oqibatida maxsulotning bir qismi
zararlanadi. Bu esa nafaqat quritiladigan maxsulot hajmini kamaytiradi, balki
quritilgan maxsulot sifatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bu muammolarni hal etishda nafaqat qayta ishlash korxonalarining sonini
ko‘paytirish va quritish hajmini oshirish, balki fermer xo‘jaliklarining o‘zida
ma’lum miqdorda maxsulotlarni quritishni tashkil etish ham o‘z samarasini beradi,
ya’ni qayta ishlash korxonalariga yetkazib berishda yuqorida keltirib o‘tilgan bir
qator muammolar yuzaga kelganda o‘z samarasini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda
maxsulot sifati yaxshi saqlanib qolinadi, zararlangan maxsulotlar miqdori keskin
kamayadi. Bunday quritish obyektlarini tashkil etish natijasida bir qancha aholini
ish bilan ham ta’minlash mumkin. Fermer xo‘jaliklari uchun ham qator qulayliklar
tug’diradi. Quritiladigan hom ashyoni xo`jalikning o‘zida quritish imkonini beradi
va transport vositalariga ketadigan xarajatlarni ham kamaytiradi. Bunda quritilgan
maxsulot ichki bozor iste`molchilari uchun tannarxini pasaytirish maqsadida
polietilen xaltachalardan foydalanib, tashqi bozor ya`ni export uchun qadoqlashda
qog`oz qutilardan foydalaniladi. Qog`oz qutilardan foydalanishdan asosiy maqsad
quritilgan maxsulotni istalgan masofaga sifatini pasaytirmagan holda yetkazib
berish imkonini beradi. Yuqorida keltirib o`tilgan say-harakatlar tashqi savdo
aylanmasidagi o`z o`rnimizni egallashga asos bo`ladi.Bu esa mamlakatimizda
xususiy tadbirkorlik salohiyatini oshiradi, ya’ni fermer xo‘jaliklarining o‘zida
quritishni tashkil etish maxalliy export qilish uchun yo‘l ochib beradi.
353
Qishloq xo‘jaligi mamlakatimizning etakchi tarmoqlaridan biri sifatida
nafaqat aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda, balki iqtisodiyotning
boshqa sohalarini rivojlantirishda ham muhim o‘rin egallaydi. Bugungi bozor
munosabatlari sharoitida turli mulk shakllariga asoslanadigan xo‘jalik yuritish
shakllarining mavjudligi, ular orasida sog‘lom raqobat tashkil etadi. Shuning
uchun respublikamizda iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulk shakllarining teng
huquqligiga tayanuvchi ko‘p tarmoqli iqtisodiyott tizimini barpo etishga alohida
e’tibor berilmoqda. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida vujudga kelayotgan yangi
xo‘jalik yuritish shakllari orasida dehqon va fermer xo‘jaliklari muhim ahamiyat
kasb etadi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari xo‘jalik yuritishning shaxsiy
manfaatdorlik, tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib,
qishloq xo‘jaligida mulk shakllarining teng huquqlilik va sog‘lom raqobat asosida
rivojlanib borishiga asoslanadi. Ular o‘zlari etishtirgan mahsulotlariga egalik
qilishiga, o‘ziga tegishli mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni mustaqil
tasarruf etishiga, erga bo‘lgan egalik hissiga ko‘ra, ya’ni mustaqil xo‘jalik yuritishi
bo‘yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos tushadi.
Bundan tashqari bugungi kunda quritishni tashkil etishni mexanizatsiyalash
va avtomatlashtirishdan foydalanishni yo`lga qo`yish ham muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan quritish liniyalarida
quritishni tashkil etish, quritish samaradorligini oshiradi va quritish liniyalarida
meva-sabzavotlarni quritish jarayonlari uchun ketadigan ishchi kuchini ham
kamaytiradi. Bu esa ishchi kuchiga ketadigan sarf-xarajatlarni ko`p talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |