Gidroekologiya


Cho’kma loyqani zararsizlantirish



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/84
Sana03.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#736321
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
gidroekologiya

 
Cho’kma loyqani zararsizlantirish
Tozalash inshootlarining har bir bosqichida cho’kma loyqalar paydo bo’ladi. bu cho’kmalarni 
zararsizlantirish texnik jihatdan ancha murakkab, ammo sanitariya jihatidan katta ahamiyatga ega. 
Cho’kmalarning asosiy qismi, ya’ni 60-70% i birlamchi tindirgichda cho’kadi. Birlamchi tindirgichdagi 
cho’kmalar 92,5-96% namlikni ushlab qoladi. 
Cho’kmaning kamchiligi sekin qurishi, noxush hid tarqatishi va 
unda pashshalarning ko’payishi hisoblanadi. 1 gr. ho’l cho’kmada milliardlab saprofit mikroblari bo’ladi. Ikkilamchi 
tindirgichlarda paydo bo’lgan cho’kma o’z tarkibida 99,2-99,6% namlik ushlaydi. Cho’kmaning hajmini 
kamaytirish uchun uni shibbalashga yuboriladi, unda cho’kmaning namligi 97-98% ni tashkil qiladi.Cho’kmalarning 
zararsizlantirish sutkasiga 10000 m
3
dan ortiq suvni tozalaydigan inshootlarda amalga oshiriladi. Chiqindi suvlarni 
zararsizlantirish metantenk inshootlarida cho’kmani achitish yo’lib ilan amalgam oshiriladi. Metantenk silindr 
shaklidagi betondan qurilgan berk hovuz-rezervuar bo’lib, tagi konusga o’xshaydi. Metantenkka cho’kmalar 
birlamchi tindirgichlardan oqib keladi. Uning hajmi katta tozalash inshootlarida bir necha ming m
3
ga yetadi. 
Metantenkning yuqori tomonida gumbazi bo’lib, unga metan gazini yig’ish uchun moslama o’rnatilgan. Gaz 
to’g’ridan-to’g’ri foydalanish uchun gazgolderga yuboriladi. Metantenkda cho’kmaning achishi ikki davrda o’tadi. 
Birinchi davrda achish jarayoni nordon reaksiyali bo’ladi, bu achish anaerob mikroorganizmlar yordamida bo’lib, 
natijada ko’p miqdorda yog’ kislotalari, aminokislotalar, spirtlar, ammiak, vodorod sulfid hosil bo’ladi. 
cho’kmaning hajmi kamaymaydi, yomon hid chiqaradi va chiriy boshlaydi. 
Ikkinchi davrda birinchi davrda hosil bo’lgan kislotalar sekin-asta parchalanib, karbonat angidrid va metan 
gazlarini, shuningdek gidrokarbonatlar va karbonatlarni hosil qiladi. Natijada achish jarayoni o’zgarib ishqoriy tus 
oladi. Bu metanli yoki ishqoriy achish davri deyiladi. Birinchi davrda vujudga kelgan saprofit mikroblari yangi 
ishqoriy sharoitga moslashib o’zining faolligini yanada oshiradi. Patogen mikroorganizmlar nobud bo’ladi. 
Metanli achish jarayoni ikki xil temperaturada kech ishi mumkin. 25-37
°
S mezofil va 40-55
°
S – termofil 
temperatura deyiladi. Sanitariya nuqtai nazaridan termofil jarayoni ancha ma’qul. Patogen mikroorganizmlar – 
viruslarning o’lishi uchun mezofil sharoitda 14-15 kun, termofil sharoitda esa 6-7 kun kerak bo’ladi. Termofil 
sharoitda gelmint tuxumlari ham qiriladi. Gaz tarkibida 62-64% metan, 32-34% karbonat angidrid, 4% azot, oksigen 
va nitrogen bor. Metantenkka yuklanadigan cho’kma miqdori yuqorida ko’rsatilgan achish vaqtiga qarab aniqlanadi. 
Mezofil jarayonida har kuni metantenkka 6-7% cho’kma solinadi, termofil jarayonida esa 13-14% solinadi. Xuddi 
shuncha cho’kma metantenkdan chiqarib tashlanadi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish