Gidroekologiya


Oqava suvlarni tozalashda aerotenklardan foydalanish



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/84
Sana03.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#736321
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
gidroekologiya

 
Oqava suvlarni tozalashda aerotenklardan foydalanish 
Aerotenklar to’g’ri burchakli temir-betonli qurilgan hovuz bo’lib, ularda suv harakati uncha tez bo’lmaydi. 
Organik moddalar suv qavatida xuddi tabiiy suv havzasidagi kabi tozalanadi, ammo tozalanish ancha tez bo’ladi. 
Aerotenklarda suvni tozalash jarayoni asosan suv qavatini havo bilan to’yintirish orqali olib boriladi. Bunda loyqa 
zarrachalar pag’a holatda bo’ladi. U aerob mikroblar yig’indisidan iborat bo’lib, mikroblarni o’ldirishda, organik 
moddalarni minerallashtirishda katta rol o’ynaydi.


Aerotenklar 
chuqurligi 3-5 metr, eni 8 metr va uzunligi bir necha o’n metr qilib loyihalanadi. 
Loyqani osilma holatda saqlab qolish uni suv bilan aralashtirib turish va chiqindi suvlarni oksigen bilan 
ta’minlash uchun suvga kompressorlar yordamida bosim bilan havo yuboriladi. 
Chiqindi suvlarni jadal tozalash usuli 1887-yilda tavsiya qilingan edi. 1914-yilda aerotenk deb ataladigan 
inshoot qurildi. Keyinchalik aerotenklar shahar chiqindi suvlarini tozalash uchun yagona vosita bo’lib qoldi. 
Aerotenkning asosiy ish jarayoni faollashgan loyqaga va havo oksigeniga qaratilgan. 
Faol loyqa –
biotsenoz asosan mikroorganizm – mineralizatorlardan iborat. Uning asosiy xususiyati o’ziga 
organik moddalarni shimib, oksidlab zararsiz holatga keltirishdir. Faol loyqaning biotsenozi turlicha bo’lib, ular 
chiqindi suvni tozalashda katta rol o’ynaydi. 
Aerotenkdagi biologik oksidlanish jarayoni shartli ravishda uch davrga bo’linadi. Birinchi davrda chiqindi 
suv faol loyqa bilan aralashgandan so’ng uning tarkibidagi moddalar loyqa zarrachalar yuzasiga shimiladi, yog’lar, 
karbon suvlar oksidlana boshlaydi. Natijada chiqindi suvlarning oksigenga bo’lgan biokimyoviy talabi 40-80% 
pastga tushib ketadi. Birinchi davr 1,5-2 soat davom etadi. Ikkinchi davrda sekin oksidlanuvchi organik moddalar 
sekin-asta parchalanadi. Natijada faol loyqani shimish qobiliyati tiklanadi. 
Uchinchi davrda, ammoniy tuzlarining nitrifikatsiyasi boshlanadi. Uch davr uchun 6-8 soat vaqt ketadi. 
Tozalanish jarayoni yaxshi o’tishi uchun suvdagi oksigen miqdori bir litr suvga 15-20 mg, azot 5-6 mg. ga teng 
bo’lishi kerak. 
Chiqindi suvlarni tozalsh uchun mo’ljallangan aerotenklarning bir qancha sxema va loyihalari mavjud. Eng 
keng tarqalgan va ancha soda tuzilgan sxema bir pog’onali aerotenk hisoblanadi. Bunda faol loyqa qayta 
tiklanmaydi. 
Bunday aerotenklarni qurish ancha arzonga tushadi. Ammo, biokimyoviy oksidlanish jarayoni aerotenk 
uzunligi bo’yicha bir xil kechmaydi. Ikkinchi sxema bo’yicha bir bosqichli aerotenkda tozalash jarayoni to’liq 
bo’lib, faol loyqa qayta tiklanishi bilan boradi. 
Aerotenkda tozalanishning birinchi davri tugab, chiqindi suv bilan faol loyqa aralashmasi ikkilamchi 
tindirgichga borib tushadi, bu tindirgichdan regeneratorga haydaladi. 
Regeneratorda oksidlanish jarayonining II va III davri amalgam oshiriladi, natijada loyqaning faol holati 
tiklanadi va qaytadan aerotenkka tushiriladi. Uchinchi sxema bo’yicha tozalanish jarayoni ikki bosqichli aerotenkda 
amalgam oshiriladi. Birinchi bosqichdagi aerotenklarda chiqindi suvlarining bir qismi tozalanadi. Keyinchalik suv 
ikkilamchi tindirgichda tingandan so’ng, ikkinchi bosqichdagi aerotenkka tushiriladi. Shunday sharoitda faol loyqa 
tarkibida mikroorganizmlar o’sib rivojlanadi. Bu yo’l bilan chiqindi suvlar to’liq tozalanadi. 
Aerotenklarning oksidlash xususiyatini oshirish uchun aerotenkka keladigan chiqindi suvning teng 
miqdordagi suv bilan aralashtiriladi. Bunda loyqa zararlari toza suv bilan aralashishi zarur. Bunday aerotenklar 
aerotenk aralashtirgich deyiladi. Bunday aerotenklarga chiqindi suv va faol loyqa 3-4 metr oralatib beriladi. 
Tozalangan suv kirib keladigan joyga qarama-qarshi tomonga yig’iladi. Aralashgan loyqa aerotenkning eniga qarab 
oqadi. 
Tindirgichli aerotenklarda ham oksidlanish jarayoni sodir bo’ladi. 
Chiqindi suvlarni aerotenklarda tozalash dunyo bo’yicha amalga oshiriladi. Shu sababli, shahar kanalizatsiyasi 
suvini tozalashda aerotenklardan keng ko’lamda foydalaniladi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish