Rubka nima? Har qanday dengiz kemasining bosh palubasidagi usti yopiq inshoot rubka deyiladi. lekin bunday inshootlar
suv ustidagi kemalarda bor. Suv osti kemalarida ham bo’ladini? Qizig’i shundaki ularda ham rubka bor. Axir suv
osti kemalari ham tez- tez suv ustiga qalqib chiqib turadiku? Shunday kezlarda ular odatdagi kemalarning yashash
usuliga o’tadi. Shu sababli, rubkasiz, ya’ni kemaning suyri gavdasi ustida o’rnatilgan minorasiz ish bitmaydi.
Kema suvdan yuzaga qalqib chiqarkan, rubkada albatta ofitser bo’ladi. u o’z boshchiligidagi motroslar
bilan vaxtaga (novbatchilikka) chiqadi. Periskoplar yordamida dushman kemalri harakatini va chetdan tayyora va
vertalyotlar uchib kelib xavf tug’diryaptimi, deb osmondagi vaziyatni kuzatadi. Kema yana suvga sho’ng’iydigan
paytda novbatchi qism minorani tark etadi va o’z ortidagi lyukni yopadi. Shundan keyingina kema suv qa’riga
chuqurlashadi.
Muzyorar qanday ishlaydi? Vanna qabul qila turib, quyidgai holatni bir tajjriba qilib ko’ring. Vannadan chiqishdan oldin suv oqadigan
tuynukni oching lekin suvdan chiqmay yotib turing. Vannada suv suv kamayib tanangiz suvdan tashqarida qola
boshlagani sayin uning og’irlasha boshlaganini his etasiz. Xuddi shu tariqa suvda tanangzi yo’qotgan vazn (eslang,
suvda siz o’zingizni qanday yengil hiz etgan edingiz?) siz suvdan tashqarida qolganingizdan keyin yana qaytadan
tiklanaganiga o’zingiz yaqqol ishonasiz.
Mabodo xuddi shu tajribani kit (nahang baliq) o’zida takrorlaydigan bo’lsa, ya’ni qirgo’qdan suv qaytib
quruqlikda qoladigan bo’lsa, bu holat nahang uchun halokatli tugaydi: uni o’zining bahaybat og’irligi bosib qoladi.
Nahang baliqlar bejizga suvli muhitda yashamaydi: suyuqlikning yuqorga ko’ataruvchi kuchi ularni o’z
og’irligi bosib halok bo’lishdan asraydi.
Yuqorida aytilganlar bevosita muzyorar kemalarga ham taalluqlidir: kemaning suvdan chiqib qolgan qismi
suvning qalqitib yuqoriga qytaruvchi kuchiga mutanosibligini yo’qotadi va “quruqlikdagi” og’irlikka aylanadi.
Muzyorar o’zining burun qismi og’irligi bilan butun yo’l davomida muzni yorib boradi, deb o’ylamaslik kerak.
Muzyorarlar emas balki muzkesarlargina shu yo’sinda ishlaydi. Bu usul ham muz uncha qalin bo’lmagan
joylardagina o’zini oqlaydi. Agar muz ancha qalin- qattiq bo’lsa, u suzayotgan kemaning zarbali urilish kuchi
bilangina yengib o’tiladi, xolos. Muzyorar orqaga chekinib keyin ozining butun og’irligi bilan muz qatlami ustiga
tashlanadi. Bunday paytlarda kemaning faqat, og’ir vazni hal qiluvchi omilga aylanmaydi. Kema bamisoli tezligi
uncha katta bo’lmagan lekin g’oyatda og’ir vaznli to’p snaryadi(o’qi) ga aylanib, to’g’ridan zarba beradi. Bir necha
metr qalinlikdagi muz uyumlari muzyorarning mustahkam burun qismining ketma- ket zarbalari ta’sirida yoriladi.
Rossiya dunyodagi eng yirik va eng qudratli muzyorar kemalarga ega.