Gidroekologiya


Xo’jalik chiqindi suvlarni tozalashda foydalaniladigan inshootlar



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/84
Sana03.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#736321
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
Bog'liq
gidroekologiya

Xo’jalik chiqindi suvlarni tozalashda foydalaniladigan inshootlar 
Odatda chiqindi suvlarni tozalash inshootlari joyining iqlimiga, sanitariya holatiga, texnik tomonlari va 
iqtisodiy ahvoliga qarab tanlanadi. Tozalash inshootlari qurishdan maqsad suvning sanitariya va epidemiologiya 
holatini saqlashdir. Mablag’ni tejash maqsadida inshoot qurilishi va tozalash usulini soddalashtirishga hech kimning 
haqqi yo’q. 
Agar qayta tozalangan suv ochiq suv havzasida tozalangandan so’ng ko’proq suyultirilsa, daryo bo’yida 
aholi turar joylari bo’lmasa, suv havzasiga tushiriladigan suvni tozalanish darajasini kamaytirish mumkin. Chiqindi 
suvlarni tozalash jarayoni bir-biridan ajratilgan holatda olib borilishi kerak. Tindirgichlarni gorizontal yoki tik 
holdagisini tanlash texnik talablarga qarab aniqlanadi. Gorizontal tindirgich qurishga qulay, ammo ko’p joyni 
egallaydi, tik tindirgichlar esa kam joyni egallaydi. Ulardan cho’kmalarni ajratib olish ham qulay. Gorizontal 
tindirgichlarni chuqurroq qilib qurish, buning uchun yer osti suvlarini qanday chuqurlikda yotishini aniqlash zarur. 
O’rtacha va kichik inshootlar uchun ikki yarusli tindirgichlardan foydalangan ma’qul. Ularni ishlatish bir 
tomondan qulay, ikkinchi tomondan cho’kma yaxshi achiydi. 
Epidemiologik xavfi borligi tufayli oddiy tindirgichlarni qurishga yo’l qo’ymagan ma’qul. Chunki oddiy 
tindirgichlardan olinadigan cho’kmalar tez sasiydi, chiriydi, atrofga zaharli gazlar chiqaradi. Natijada pashsha 
ko’payib, infeksiya tarqalishiga sabab bo’ladi. 
Endi biologik tozalash usuliga kelsak, bular ichida sanitariya nuqtai nazaridan yaroqlisi kommunal va 
dehqonchilik sug’orish yerlaridir. Chunki ulardan foydalanish ancha qulay, suv tez zararsiz holatga keladi. Tuproq 
bakteriya va gelmint tuxumlarini yaxshi ushlab qoladi. Chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar o’simlik uchun 
ozuqa hisoblanadi, shu sababli undan ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Shahar atrofidagi tekis, yaxshi 
filtrlaydigan bo’sh yerlardan shu maqsadda foydalansa bo’ladi.
Suvni tez tozalaydigan inshootlardan biri aerotenkdir. Aerotenkning qurilishi murakkab bo’lganligi sababli 
uni ishlatishda malakali mutaxassis ishtirok etishi talab qilinadi. Bunday inshoot o’rtacha va katta shaharlarning 
chiqindi suvini tozalash uchun quriladi. 
O’rtacha va kichik stansiyalarda biofiltrlarni boshqasiga almashtirib bo’lmaydi. Biofiltrlar eng yaxshi 
tozalash inshooti hisoblanadi. 
Lekin tozalash inshooti qanday bo’lishidan qat’i nazar chiqindi suvni o’z oqimi bilan stansiyaga tushishi 
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa aerotenklar va tuproqli maydonlar yer tuzilishiga moslab o’rnatilishi zarur. 


Bir bosqichli biofiltrlarga suv o’zi oqib kelishi uchun yer relyefi 2,5-3 metr, ikki bosqichli biofiltrlar uchun 
esa 5-7 metr pastroqda bo’lishi talab etiladi. S.N.Cherkinskiy tozalash inshootlarini bir-biriga solishtirib quyidagi 
jadvalni keltiradi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish