Reja: Urbanizatsiya haqida



Download 1,32 Mb.
bet1/3
Sana26.11.2022
Hajmi1,32 Mb.
#872659
  1   2   3
Bog'liq
Urbanizatsiya



Reja:


  1. Urbanizatsiya haqida

  2. O’zbekistonda Respublikasida urbanizatsiya darajasi

3.O‘zbekistonda urbanizatsiya siyosati.
4.Urbanizatsiya muammolari

Urbanizatsiya haqida. Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing. urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Urbanizatsiya — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Urbanizatsiyaning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi.
Dastlabki shaharlar mil. av. 3—1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik ichki unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi.
Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar axrlisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni Urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.
Urbanizatsiyaning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼin Urbanizatsiya jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmokda. 1950-yil dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960-yil bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970-yil 37,4%, 1980-yil 41,1%, 1990-yil 45,8% va 2000-yil 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000-yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda Urbanizatsiya jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000-yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi.
Urbanizatsiyaning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 mln. va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida oʻrin egallaydi. 1900-yilda dunyo boʻyicha millioner shaharlar soni oʻnta boʻlgan boʻlsa, 21-asrga kelib bu koʻrsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 mln.dan ortiq yirik shaharlar [Mexiko (25 mln.), Tokio (20 mln.), Seul (13 mln.), Pekin (11 mln.), Parij, Qohira, BuenosAyres va London (10 mln.)] mavjud.
"Urbanizatsiya" tushunchasi dunyoning shunday mintaqalariga xos bo'lgan soxta urbanizatsiya fenomeni bilan chambarchas bog'liq. Lotin Amerika va Janubi -Sharqiy Osiyo... Soxta urbanizatsiya nima? Aslida, bu shaharlarning asossiz o'sishi, bu ish o'rinlarining zarur o'sishi va tegishli infratuzilmaning rivojlanishi bilan birga kelmaydi. Natijada, qishloq aholisi oddiygina "ko'chirildi" katta shaharlar... Soxta urbanizatsiya, qoida tariqasida, ishsizlikning ko'payishi va shahar ichidagi "xarobalar" deb nomlanishi - odamlarning normal hayoti uchun mo'ljallanmagan shahar bloklari bilan birga keladi.
Shahar aglomeratsiyasi tushunchasi
Shahar aglomeratsiyalari - bu urbanizatsiya jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’lgan hodisa. Bu qo’shni shaharlarni birlashtirish jarayoni aholi punktlari, bitta murakkab va yaxlit tizimga aylanadi. Bu tizim doirasida barqaror va intensiv aloqalar shakllanadi: ishlab chiqarish, transport, ilmiy va madaniy. Shahar aglomeratsiyalari urbanizatsiya jarayonlarining tabiiy bosqichlaridan biridir.
Aglomeratsiyalarning ikkita asosiy turi mavjud:
monosentrik (bitta markaziy yadroli shahar asosida tashkil etilgan);
politsentrik (bir nechta ekvivalent shahar aholi punktlari klasteri).
Shahar aglomeratsiyasi quyidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
Markaziy shaharning boshqa shahar va unga tutash aholi punktlari bilan aloqasi (muhim hududiy bo’shliqlarsiz).
Aglomeratsiyadagi qurilgan maydonlarning ulushi, albatta, qishloq xo’jaligi erlarining foizidan oshib ketishi kerak.
Har bir aglomeratsiya kundalik sayohat bilan tavsiflanadi - mehnat, ta’lim, madaniy va sayyohlik.Oxirgi 200 yil davomida dunyo aholisida shahar aholisining ulushi muntazam ravishda o‘sib borgan. 1800-yilda insoniyatning taxminan 3 % i shahar joylarida istiqomat qilgan edi. 1900-yilga kelib bu raqam 14 % gacha ko‘tarildi. Yarim asrdan so‘ng, 1950-yilda jahon urbanizatsiya darajasi 29 % ni tashkil etdi, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 45 %, 2001-yilda – 47 % ga yetadi. 2010-yilga kelib Shaharliklarning jahon aholisi tarkibidagi ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda u 54 % ga teng.
Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi.
I. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50 % dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi. Ayniqsa, yirik shaharlar tez o‘sishni boshlaydi. Bunda eng yirik shahar boshqalarga nisbatan ancha ilgarilab ketadi. Eng yirik shaharlarning o‘sishi ayrim hollarda “soxta” urbanizatsiya tarzida, ya’ni shahar chekkalarida qishloqdan ko‘chib kelgan past daromadli aholi uy-joylarining zichlashib borishi ko‘rinishida kechadi. Hozirda Osiyo va Afrikadagi qator rivojlanayotgan mamlakatlar urbanizatsiyaning ana shu bosqichini kechirmoqdalar.
II. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi “millioner” shaharlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsifl anadi. Shaharliklarning jami aholidagi ulushi 50 % dan ortib ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa, yiriklari tez rivojlanadi, shahar manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi. Urbanizatsiyaning bu bosqichi Sharqiy Yevropa, MDH davlatlari, Lotin Amerikasi, Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Okeaniyadagi ko‘p mamlakatlarga xos.
III. Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritishni davom ettiradi. Natijada shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqla shib boraveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi. Transport va aloqaning zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va shahar turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi, natijada shahar va qishloqlardagi yashash sharoiti tobora yaqinlashadi, ya’ni, qishloq joylar rasman o‘zining qishloq maqomini saqlab tursada, aslida, tub ma’noda shaharlashib ketadi. Shahar bilan qishloq joylar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo‘qolib borish jarayoni rurbanizatsiya atamasi bilan yuritiladi.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, sayyoramizda kamida 450 ta shahar aglomeratsiyasi mavjud bo’lib, ularning har birida kamida bir million odam yashaydi. Eng katta aglomeratsiya butun dunyoda tan olingan shahar aglomeratsiyasi 35 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Tokio. Shahar aglomeratsiyalari umumiy soni bo’yicha etakchi davlatlar: Xitoy, AQSh, Hindiston, Braziliya va Rossiya.
Demak, jahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha hisobda 70 foizdan oshgan. Bu borada, ayniqsa, Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar ko‘zga tashlanadi.
Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50 foiz atrofida bo‘lib, o‘sishi davom etmoqda. Afrikada esa urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40 foizdan sal ko‘proq. Lekin har ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo‘ltig‘i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi. Shu bilan birga, Butan, Burundi, Malavi, Uganda, Chad, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25 foizga ham yetmaydi. Ammo oxirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari hisobiga ko‘paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli.
Jahon urbanizatsiyasining hozirgi bosqichida xalqaro savdo-iqtisodiy va bank-moliya munosabatlari rivojlanishi, transmilliy korporatsiyalar faoliyati doirasining kengayishi, zamonaviy transport va aloqa tarmoq lari vujudga kelganligi hisobiga ayrim juda yirik shaharlarning ta’sir doirasi joylashgan davlati bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa mamlakat va mintaqalar, ba’zan esa jahonni qamrab olmoqda. Bunday shaharlarning aholisi soni bir necha million kishiga teng bo‘lib, yirik transmilliy korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorgohlari, dunyodagi eng yirik port, sanoat korxonalari, bank, moliyaviy jamg‘arma va birjalar joylashganligi bilan boshqa shaharlardan ajralib turadilar. Shu toifadagi shaharlarga nisbatan global (yoki jahon) shaharlari atamasi qo‘llaniladi. Global shaharlar qatoriga, eng avvalo, Nyu-York, London, Tokio, Shanxay, Gonkong, Parij, Dubay, Singapur kabi savdo-moliyaviy va transport salohiyati o‘ta katta shaharlar kiritiladi. Global shaharlar safi borgan sari kengaymoqda, ularning ta’sir doirasi esa barcha qit’a va ularning yirik qismlarini qamrab olishga intilmoqda.

O’zbekiston Respublikasida urbanizatsiya darajasi. Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qadimiy shaharlar bilan birga 20-asrning 2-yarmida vujudga kelgan shaharlar xam mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni rivojlanib kelmokda.
Oʻzbekistonda keyingi yillarda urbanizatsiya koʻlamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy oʻsish jarayoni kamayib borishi taʼsir etmokda. 1991-yil Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy oʻsish 19,9 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2002-yilda bu koʻrsatkich 10,8 kishini tashkil etdi.
O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 2020-yil 1-iyul holatiga ko'ra 34 191,7 ming kishini tashkil etib, birinchi yarim yil 286,5 ming kishiga yoki 0,85% ga o'sdi, shundan o'sish:
shahar aholisi-17 301,0 ming kishi, yil boshidan buyon 156,9 ming kishi yoki 0,92% ga o'sdi.
qishloq aholisi-16 890,7 ming kishi, yil boshidan buyon 129,6 ming kishi yoki 0,77% ga o'sdi.
Urbanizatsiya uzoq va keng jarayon. Bu migratsiya jarayonlari, yer boshqaruvi samaradorligi, shahar rejalashtirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurilishi masalalarini o'z ichiga olgan bir qator masalalar va harakatlar bo'lib, shahar aholisining o'sishi bilan birga keladi.
Urbanizatsiyaning asosiy maqsadi shahar va shahar aglomeratsiyalarining kompleks rivojlanishi hisobiga barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash va aholi farovonligini oshirishdan iborat bo'lib, ular mehnat va investitsiya resurslariga jozibador bo'ladi.
O'zbekistonning yirik shaharlarini rivojlantirish bo'yicha strategik platforma va strategiya yaratilmoqda, bu esa ularni aholi uchun rivojlangan infratuzilma, ta'lim, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish salohiyatiga ega o'ziga xos tortishish markazlariga aylantirish imkonini beradi. Bu esa, o'z navbatida, hududlardagi migratsiya mahalliy xarakterga ega bo'lishiga imkon beradi, shu bilan uni poytaxtga emas, balki har bir mintaqaning yirik shaharlariga yo'naltiradi.
Urbanizatsiya jarayoni, shuningdek, yirik shaharlar atrofidagi sun'iy yo'ldosh shaharlar tarmog'ini kengaytirish va urbanizatsiya rivojlanishining muhim jihati bo'lgan ayrim shaharlarning birlashuvi bilan birga keladi, bu esa o'z navbatida iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'yicha yirik va yirik shaharlarni tushirish, shuningdek, uy-joylarni joylashtirish va avtomobil trafigini optimallashtirish imkonini beradi.





Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish