1-MAVZU.
О‘SIMLIKDAGI SUV MUVOZANATI
Reja:
1.
О‘simliklarning suv rejimi.
2.
Tuproqdagi suv.
3.
Suv transporti jarayonlari. Suv tuproqdan о‘simliklar orqali havo muhitiga tomon harakati.
4.
Ksilemada suvning о‘tkazilishi.
5.
О‘simlik ksilemasi yuzasida suv transportirovkasining fizikaviy xususiyatlari.
Tayanch so’zlar: Suv, gravitasion suv, kapillyar suv, pardasimon suv, gigroskopik suv, imbibision
suv, diffuziya, osmos, osmotik bosim, turgor, so’rish kuchi, apoplast, simplast, transvakuolyar, ildiz
bosimi, transpirasiya, og’izchalar harakati, kutikulyar transpirasiya, suv muvozanati, so’lish,
antitranspirantlar va guruhlari.
О‘simliklarning suv rejimi
Yer atmosferasidagi hayot yer usti о‘simliklari uchun muhim omillarni о‘zida aks ettiradi. Bir
tomondan atmosfera о‘simliklar fotosintezi uchun kerakli karbonad angidrid gazi manbaasi hisoblanadi.
Shu bois о‘simliklar atmosfera muhitiga intiladi. Ikkinchi tomondan atmosfera nisbatan quruq bо‘lib, u
о‘simliklar organizmini suvsizlantirib qо‘yishi mumkin. Bu qarama-qarshi ehtiyojlarni qondirish hamda
karbonad angidrid gazini imkon qadar kо‘proq о‘zlashtirish va suv yо‘qotishni imkon qadar kamaytirish
maqsadida о‘simliklar evolyusion rivojlanish davomida barglari orqali suv bug‘lanishi va yо‘qotilgan suv
о‘rnini tо‘ldirish xususiyatlariga ega bо‘lganlar.
Ushbu bо‘limda biz о‘simlik va о‘simliklar muhiti darajasida, suv transorti harakatiga ta’sir
etuvchi kuchlar va mexanizmlarni kо‘rib chiqamiz.Suv transporti jarayonlarida
suvning barglar orqali
yо‘qotilishi suv bug‘lari konsentratsiyasinig gradiyent harakatlari natijasida yuzaga keladi. Ksilema orqali
suv о‘tkazilishi xuddi tuproqdagi kabi о‘simliklar ichki gradiyent bosimlari ta’sirida yuzaga keladi.
Hujayralararo suv о‘tkazilishi jarayonlari о‘simliklar о‘qildizlaridagi kabi murakkab jarayon bо‘lsada bu
jarayonlar butun tо‘qima tarkibida suvning potensial gradiyent holatiga qarab boshqariladi.
Suv о‘tkazilishi jarayonlarida suv transporti passiv holat hisoblanib,
harakati davomida suvning
erkin quvvati kamayib boradi. Suv transporti passiv xususiyatli bо‘lishiga qaramasdan, о‘simliklar
organzmidagi eng kichik darajalardagi atmosferaga transpiratsiya jarayonlarini
boshqarish hisobiga suv
yо‘qotilishini kamaytirish maqsadida suv transporti о‘simliklar tomonidan qat’iy nazorat qilib boriladi.
Biz suv trnsporti jarayonlarini uning tuproqdagi harakatlarini kо‘rib chiqishdan boshlaymiz.