1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja


Ksilemada suvning о‘tkazilishi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
Ksilemada suvning о‘tkazilishi 
Kо‘pchilik о‘simliklarda suv о‘tkazish yо‘lining asosiy qismini ksilema qavati tashkil qiladi. 1 
metr balandlikdagi о‘simlikda suv yо‘lining 99.5% qismi ksilema qavati orqali о‘tadi. Baland bо‘yli 
о‘simliklarda bu kо‘rsatkich yanayam katta bо‘ladi. Boshqa suv о‘tish yо‘llariga nisbatan ksilema 
nisbatan kam qarshilikka ega. Keyingi bо‘limlarda biz ksilema orqali suvning harakati ildizdan to bargga 
qadar bо‘lgan yо‘lda qanday eng maqbul usulda harakatlanishini va barglar transpiratsiyasi natijasida 
hosil bо‘lgan salbiy gidrostatik bosim ksilema orqali suvning harakatini qanday ta’minlab berishini kо‘rib 
chiqamiz.
 
Ksilema ikki asosiy traxeid elementdan tashkil topgan. Ksilemadagi hujayralar maxsus anatomik 
kо‘rinishga ega bо‘lib, ular imkon qadar kо‘proq hajmda suv о‘tkazilishini ta’minlashga moslashgan. 
Ksilemada traxeid elementlarining ikkita muhim tipi mavjud. Traxeid va tomir elementlari kо‘pincha 
yopiq urug‘li о‘simliklarda, shuningdek paporotniklar va naysimon о‘simliklarda kuzatiladi.
 
Ikkala traxeidlar va elementlar qurish natijasida halok bо‘ladi. Shu bois suv о‘tkazuvchi 
hujayralar organella va membranalari ham о‘tkazuvchanlik xususiyatlarini yо‘qotadi.
 
Tirik qolgan hujayra devorlari orqali suvning о‘tkazuvchanligi kо‘proq qarshilikka uchraydi.
 
Traxeidlar uzunchoq, varraksimon hujayralar bо‘lib tik kanallarga nisbatan biroz kо‘ndalang 
joylashadi. Suv traxeidlar orqali undagi kо‘p sonli chuqurchalar va yon devorlari bо‘ylab harakatlanadi. 
Ikkilamchi devor mavjud bо‘lmagan boshqa mikroskopik qismlarda birlamchi devorlar yupqa va mо‘rt 
bо‘ladi. Birinchi traxedning chuqurchasi ikkinchi traxeid chuqurchasiga yonma-yon joylashadi va ikkita 
ketma-ket juft chuqurchani hosil qiladi. Juft chuqurchalar traxeidlararo suv harakatiga nisbatan kam 
qarshilikka ega. Juft chuqurchalar orasidagi ikki asosiy devordan va о‘rta qismdan iborat mо‘rt qavatlar 
membranalar chuqurchalari deb ataladi. Membrana chuqurchalari ba’zi bug‘imli о‘simliklarda markaziy 
g‘ovaklarni hosil qiladi. G‘ovaklar ichki qopqoqlar kabi ishlaydi. Ular devorlarning aylana va oval 
shaklda chegara hosil qiladigan chuqurchalarni yopish vazifasini ham bajaradi G‘ovaklarnig bunday 
hayot tarzi qо‘shni traxeidlardan hosil bо‘ladigan zararli gazlarning kirib kelishini oldini oluvchi eng 
samarali usuldir.
 
Qayiqcha elementlar traxeid va teshikchalangan devorlardan farvli о‘laroq tor va keng tiplarda 
bо‘ladi. Ular har bir hujayralar ohirida teshikchalangan plastinalar hosil qiladi. Traxeidlardan farqli 
ravishda teshikchalangan chetki devorlar tomir kanallarining keyinga tomirlar qismlariga bog‘lanishiga 
imkoniyat yaratadi va tomir deb ataluvchi katta о‘tkazuvchi kanal hosil qilib beradi. Qayiqchalar ichki 
uzunligi va kо‘rinishi jihatdan bir-biridan farqlanadi. Qayiqchalarning uzunligi 10 sm dan to bir necha 
metrgacha yetishi mumkin. Ochiq chetki devorlari hisobiga tomirlar suv erkin harakat qilishi uchun juda 


kam qarshilikka ega sharoit hosil qiladi. Qayiqchalar qismlari chetki devorlardagi teshikchali tomirlarda 
ham aniqlangan va ular о‘zaro qо‘shni qismlar bilan oraliq chuqurchalar orqali bog‘lanib turadilar.
 
Ksilema orqali suvning harakati tirik hujayralar orqali harakatdan kо‘ra kamroq bosim talab 
qiladi.Ksilema ildizdan to bargga qadar bо‘lgan suv о‘tkazish yulida suvning harakati uchun gradiyent 
bosim kam bо‘lgan muhitni yaratib beradi. Sanab о‘tilgan xususiyatlarning ba’zilari ksilemaning 
ahamiyatini о‘rganishda muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Mо‘tadil tezlikdagi Ksilema orqali suv 
о‘tkazilishini ta’minlovchi harakatlantiruvchi kuchlarni kо‘rib chiqamiz va ularni harakatlantiruvchi 
kuchlar bilan taqqoslaymiz. Ushbu harakatlantiruvchi kuchlar hujayradan hujayraga suv о‘tish yо‘lida 
suvning harakatini ta’minlaydi. Bu jarayonni о‘rganish uchun biz 4mm S- 1 kо‘rinishdagi 40sm li 
trubkadan foydalanamiz. U tomir qalinlikdagi о‘lchamga ega va ksilemada suv harakatini ta’minlovchi 
kuchni о‘rganishda aniq model bо‘lib hisoblanadi. Ushbu trubkadan suv oqimini о‘tkazish xuddi 
ksilemadagi suv harakatiga о‘xshaydi. Puazeyl usuli bо‘yicha gradiyent bosimni о‘lchash mumkin. 4 
mmli S-1 trubkadagi bosim ham 40 mkm qalinlikdagi tomir gradiyent bosimi bilan bir xil bо‘lib u 0.02 
MPa ga teng.
 
Haqiqiy ksilemada ichki yuza teshikli plastinalar va chuqurchalar hisobiga ma’lum darajada suv 
oqimiga qо‘shimcha qarshilik kо‘rsatadi. Shu bois Puazeyl usulida aniqlangan kо‘rsatkichlar tabiiy 
kо‘rsatkichlardan biroz farq qiladi. О‘rganishlar natijasida shu narsa ma’lum bо‘ldiki, ushbu usuldagi 
natijalar tabiiy kо‘rsatkichlargi nisbatan 2 marta farq qilishi mumkin. Shu bois biz aniqlagan 0.02 MPa 
kо‘rsatkich faqat ideal turdagi о‘simliklar uchun xos.
 
Biz olgan natijani (0.02 Mpa) har safar suv о‘tkazilishida plazmatik membranani kesib о‘tuvchi 
va о‘sha tezlikda hujayradan hujayraga suv о‘tkazilish kuchini hosil qiluvchi omillar kо‘rsatkichi bilan 
taqqoslab kо‘ramiz. 4.4 mavzuda kо‘rib chiqilgan Puazeyl usulida 4 mm S-1 tipdagi naychada olingan 
natija, hujayra devorlari orqali suv о‘tkazilish kuchi qiymatiga nisbatan hisoblanganda uni aytganimizdek 
2 x 108 MPa deb hisoblanadi. Bu biz о‘rgangan naycha ichidagi bosimdan 10 marotaba ortiqdir. Bu 
qiymatlar ham ksilema orqali suv о‘tkazilishining tirik hujayralar orqali suv tashilishiga nisbatan ancha 
afzalligini kо‘rsatib turibdi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish