1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
 
О‘simlik ksilemasi yuzasida suv transportirovkasining
fizikaviy xususiyatlari 
О‘simliklar ksilemasidagi yuqori kuchlanishlarning hosil bо‘lishiо‘simliklar uchun bir qancha 
nojо‘ya holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchidan suv tayanish xususiyati borligi sababli ksilema 
devorlarini ichki tomondan itaradi. Agar ksilema devorlari kuchsiz va zaif bо‘lsa, bu kuchlanishlar 
ta’sirida devorlar butunligi buziladi. Ikkilamchi qalinlashgan devorlar va yog‘ochlangan traxeidlar, 
moslashgan nay tomirlar xususiyatlari yuqoridagi sanab о‘tilgan ta’sir kuchlariga nisbatan beqarv bо‘lishi 
mumkin.
 
Ikkinchi muammo shundan iboratki, bu kuchlanish sharoitida suv fizikaviy jihatdan metastabil 
holatda bо‘ladi. Tajribadagi gazsizlangan suv (suvni qaynatib tarkibidagi gazlarning chiqarib 
yuborilishi)ni ajralishi uchun 30 MPa kuch kerak bо‘ladi. Bu kо‘rsatkich daraxtlarning yuqori qismlariga 
qadar suvni yetkazib berish uchun kerak bо‘ladigan tayanish kо‘rsatkichi 3 MPa dan ancha yuqori. Shu 
bois ksilemadagi suv odatda suv harakatini destabillaydigan darajada kuchlanish qiymatiga yetib 
bormaydi.Shunga qaramasdan suv kuchlanishining oshishi bilan .ksilema hujayra devorlari mikroskopik 
teshikchalar orqali suvning uzatilishi bois uning havoga ajratilishi ham oshib boradi. Bu jarayon havoga 
sochilish jarayoni deb ataladi. Havo sharchalarining ksilema о‘tkazuvchi naychalarida hosil bо‘lishi 
gazlarning sovuq suvda kam erishiga asoslangan.
 
Ksilema naychalarining muzlashi bu naychalarda gaz sharchali tiqinlar g‘hosil bо‘lishiga olib 
keladi. Suv haroratiningt tushishi natijasida gaz sharchalarining hosil bо‘lishi bilanbirga bu sharchalar 
kengayib ketishi ham mumkin. Lekin bu tiqinlar devorlarni kengaytirish darajasida kuchga ega 
bо‘lmaydi. Bunday fenomen ravishda gaz tiqinlarining hosil bо‘lishi kavitatsiya deb ataladi. U xuddi 
avtomobillardagi yoqilg‘i naylarining ichida hosil bо‘ladigan gaz tiqinlari yoki qon tomirlaridagi 
emboliyaga о‘xshaydi. Kavitatsiya suvning erkin harakatini va ksilemadagi suv uzatilishini buzadi.
 
Bunday hodisalar о‘simliklar olamida noodatiy hisoblanmaydi. Maxsus asboblarda bunday 
holatlarda ichki gaz ishqalanish ovozlarini eshitish mumkin. О‘simliklar suvsizlanganda bunday tovush 
impulslari yaqqol seziladi. Bunday impulslar ksilemada gaz sharchalarining kengayishi bilan hosil bо‘ladi 
va yuqori chastotali akustik zarba tо‘lqinlari kо‘rinishida о‘simliklarning boshqa qismlariga tarqaladi. 
Suv yо‘llarining emboliyalar bilan tо‘silib qolishi natijasida о‘simliklar suvsizlanadi, barglar tо‘kilib 
ketadi Bu gaz tiqinlari hosil bо‘lishining oldi olinmasa yoki jarayon davomiyligi tо‘xtatilmasa, 
о‘simliklarning halok bо‘lishiga olib keladi.
 
О‘siliklar ksilemasida kavitatsiya hosil bо‘lishini kamaytirilish usullari. О‘simliklar ksilemada bir 
necha usullar bilan kavitatsiya hosil bо‘lishiga qarshilik kо‘rsatadi. Ksilema traxeidlari о‘zaro bog‘lanar 
ekan, birgina gaz pufakchasi kengayib butun suv uzatilish yо‘lini tо‘sib qо‘yishi mumkin. Amalda gaz 
pufaklari keng tarqalib ketmaydi chunki ular membranalarning mayda teshikchalaridan о‘ta olmaydi. 
Ksilemadagi kapillyarlar bir biri bilan bog‘langan bо‘lsada, bir gaz pufagi butun о‘tkazish kanalini yopib 
qо‘ya olmaydi. Bunday holatda suv bekilib qolgan nuqtani boshqa kapillyar yо‘llar orqali aylanib о‘tadi. 
Shu usulda traxeidlar va ksilema naylari oxirlari suv oqimigi qarshiligi oshadi va kavitatsiya jarayonini 
susaaytiradi.
 
Gaz pufakchalari tabiiy usudla ham ksilemada yо‘qolishi mumkin. Tungi paytlarda 
trpanspiratsiya jarayonining sustlashuvi vaqtida ksilemada Yp kо‘rsatkichi oshadi va suv bug‘lari 
qaytadan ksilema eritmasida erib ketishi mumkin. Kо‘rib о‘tganimizdek ba’zi tur о‘simliklar ksilemada 
ijobiy bosim (ildiz bosimi) hosil qiladi. Bu bosim gaz puqaklarini qisadi va ularni erishga majbur qiladi. 
Bir necha kuzatishlardan aniqlandiki, kavitatsiya yuqori bosim ostida ham hosil bо‘lishi mumkin. Bu 
jarayon hali tо‘liq о‘rganilmagan va tajribalarda о‘rganish ishlari о‘tkazilmoqda. Ba’zi о‘simliklar 
ikkilamchi о‘sish xususiyatiga ega bо‘lib har yili yangi ksilema qavatini hosil qiladi. Yangi ksilema 
qavatlari eskilariga nisbatan о‘simliklar tomonidan hosil qilingan gaz pufakchalariga moyil bо‘ladi.
 
Barglar orqali suvning bug‘latilishi ksilemada salbiy bosim hosil qiladi.Suvning ksilemadagi 
kuchlanishi evaziga barglarda suvning bug‘lanishi sodir bо‘ladi. О‘simliklarda suv barglargacha 


ksilemaning naychalar bog‘lamlari orqali yetib boradi. Bu bog‘lamlar barglarning butun yuzasida ham 
mavjud bо‘lib, juda ingichka va ba’zida murakkab tо‘r holatida yuzaga kelgan bо‘ladi. Bu rasmdan 
kо‘rinib tkribdiki, oddiy barglarda ularning hujayralari 0.5 mm naychalardan oraliqda yotadi. 
Ksilemadagi suv barglarga hujayra devorlari atrofidan yetib boradi.
 
Salbiy bosim suvni barg hujayra devorlari yuzasida ksilemada yuqorigi qarab harakatlanishini 
ta’minlaydi. Bu jarayon xuddi tuproqdagi kabi amalga oshadi. Hujayra devori xuddi namlangan mayda 
kapillyar vazifasini о‘taydi. Suv mikrofibril sellyuloza va devorlarning gidrofil tarkibi tomonidan ushlab 
turiladi. Barg chetlaridagi Hujayra mezofillari mukammal hujayralararo tizimlarga ega bо‘lganligi bois 
atmosfera bilan bevosita aloqada bо‘ladi.
 
Dastlab suv havo bо‘shliqlariga ega eng yupqa qatlamlardan bug‘lanadi. Suv bug‘lanishi bilan 
hosil bо‘lgan bо‘shliqlarga hujayra devorlari orqali suv yetkaziladi. Suvning yuqori qovushqoqlik 
yuzasiga egaligi bois, havo-suv ta’sir yuzasi suvning yopishqoqligini va salbiy bosim oshadi, dkvorlardan 
suv haydaladi, ta’sir yuzasi faolligi kamayadi va suvning bosimi salbiy tarafga о‘zgaradi. Shu yо‘sinda 
havo ta’sir yuzasiga yetkazish uchun kerakli ksilemadagi harakatlantiruvchi kuch yuzaga keltiriladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish