1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
1.
 
Apoplast 
usulida suv membranadan ichkariga о‘tmasdan, hujayra devori orqali harakatlanadi. 
Apoplast hujayralararo uzluksiz tizim hisoblanadi va о‘simliklar tо‘qimasida hujayralararo havo 
saqlovchi, о‘tkazuvchi vosita hisoblanadi. 
2.
 
Transmembranaviy
usulida suv hujayra muhitiga bir tomondan kiritilib, ikkinchi tomondan 


chiqariladi va bu jarayon butun tо‘qima hujayralarida birin-ketin amalga oshib boradi. Bu usulda suv 
hujayraning ikki membrana qavatini kesib о‘tadi (kirish va chiqishda plazmatik membranani kesib 
о‘tadi). Tonoplast orqali suvning harakatlanishi ham muhim ahamiyatga ega. 
3.
 
Simplast 
usulida suv bir hujayradan ikkinchisiga plazmodesmamlar orqali о‘tkaziladi. 
Simplast hujayra sitoplazmasining tizimli birlashuvidvn iborat bо‘lib, plazmodesmamlar yordamida 
о‘zaro bog‘lanib turadi. 
 
О‘simlikdagi suvning harakat yо‘llari 
Apoplast, transmembranaviy, simplast usullar haligacha tо‘liq о‘rganilmagan, ularning bosimlari 
faqat texnik asboblar yordamida о‘lchab kо‘rilgan xolos.
 
Endodermada apoplast usulida suvning harakati Casparian qutblarini kesib о‘tadi. Ushbu qutblar 
endodermada hujayraning radial qutblarini hosil qiladi. Ushbu xususiyat suvda erimaydigan suberin 
moddasini yutish natijasida hosil bо‘ladi. Suberin suv va unda erigan moddalar uchun tо‘siq sifatida 
xizmat qiladi va endoderma pо‘kaksimon о‘smaydigan qatlamga aylanadi. Bu qavat ildiz ohirlaridan ham 
juda ham yupqa bо‘lib unda protoqsilemaning ilk qismlari hosil bо‘ladi. Casparian qutblari apoplast 
usulining plazma membranasi orqali endodermaga о‘tish yо‘lida suv va unda erigan moddalarni 
о‘tuvchanligini buzadi. Shu bois ildizning о‘zagi va devorlarida apoplast usulida suv tashilishining 
ahamiyatliligiga qaramasdan endoderma orqali suvning harakati simplast usulida amalga oshiriladi.
 
Yana bir jihatga ahamiyat berishimiz lozim bо‘ladi. Suvning ildiz orqali harakatida ildiz yagona 
gidravlik о‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bо‘lgan qism sifatida qaralishi kerak. Bu yondashuv ildiz 
gidravlik о‘tkazuvchanlik konsepsiyasi ishlab chiqlishiga olib kelgan.
 
Ildizning apikal qismlari suvni yaxshi о‘tkazadi. Bu qismdagi pо‘kaklangan ekzoderma qavatlari 
esa suv yutilishini chegaralab turadi. Suvning о‘tkazilishi ba’zida qari ildizlar tomonidan ham amalga 
oshiriladi. Bu ildizning ushbu qismlarida ikkilamchi ildizlar paydo bо‘lishi bilan izohlanadi.
 
Suvning yutilishi past haroratda yoki anaerob sharoitda, shuningdek ildizning nafas olish 
jarayonlariga ta’sir etuvchi preparatlar(masalan sianidlar) bilan ishlov berilganda ham kamayadi. Bu 
omillar ildizlarda nafas olish uchun kerakli bosim hosil bо‘lishini oshiradi va buning natijasida suv 
о‘tkazuvchanligi sezilarli darajada kamayib ketadi. Buning asl sabablari hali aniqlanmagan. Boshqa 
tarafdan qaraganda, ildizlarda suv о‘tkazuvchanligining kamayishi botqoqlashgan tuproqlarda о‘simliklar 
rivojlanishi uchun noqulay muhit yuzaga kelishi bilan ham izohlanadi. Ushbu muhitda ildizlartuproqdagi 
havo vositalari yordamida ta’minlanib turilgan kisloroddan mahrum bо‘ladi. (suv orqali havoning 
diffuziyalanishi gaz orqali diffuziyalanishga nisbatan 104 marta kamroqdir). Anaerob sharoitda qolgan 
ildizlar suvni tezda yо‘qota boshlaydi va oqibatda butun о‘simlik organizmi kuchsizlana boshlaydi.
 


Suvda erigan moddalarning konsentratsiyasining oshishi ildizning ildiz bosimi xususiyatini 
oshiradi.Bu bosimni amalda ham kuzatish mumkin. Masalan, yangi ekilgan yosh niholni tuproqdan biroz 
yuqoriroqdan kesilganda,ksilema kesimidan bir necha soat davomida sharbat oqib turadi. Agar ushbu 
qismga manometr о‘rnatilsa, Sharbat oqimining bosimini о‘lchab kо‘rish mumkin. Bu bosim aksar 
hollarda 0.05 dan to 0.5 MPa gacha bо‘lishi mumkin.
 
Ildizlar gidrostatik bosim hosil qilib tuproqdagi suvda erigan ionlarni о‘ziga yutib oladi va 
ksilema orqali о‘tkazilishini ta’minlaydi. Ionlarning ksilemadagi sharbat tarkibiga kirishi ksilemaning 
osmotik bosimi (YS) kamayishiga olib keladi, о‘z navbatida ksilemaning suv potensiali (Yw) kо‘rsatkichi 
ham kamayadi. Ksilemadagi ushbu kо‘rsatkichlar (Yw) ning kamayishi tuproqdan suv yutilishini oshirish 
uchun zamin yaratadi. О‘z navbatida bu ksilemada ijobiy gidrostatik bosimni hosil qiladi. Natijada butun 
ildiz xuddi osmotik hujayra kabi ishlay boshlaydi. Hujayralararo membranalar ham osmotik 
hususiyatlarni paydo qiladi, ksilemada tо‘plangan ionlar yig‘ilishiga javoban ijobiy gidrostatik bosim 
hosil qiladi.
 
Ildiz bosimi tuproqdagi suv potensiali baland va transpiratsiya past kо‘rsatkichlarda bо‘lganda 
tezroq amalga oshadi. Bu kо‘rsatkichlar transpiratsiya kо‘rsatkichlaridan baland bо‘lsa, suv barglarga 
jadalroq yetib boradi va atmosferaga tezroq chiqib ketadi, chunki ijobiy bosim ksilemada mustahkam 
ushlab turila olmaydi.
 
Ildiz yuqori bosimini hosil qiluvchi о‘simliklar kо‘pincha barg chetlarida sharbat tomchilarini 
ham hosil qiladi. Bu jarayon guttusiya hhodisasi deb ataladi.
 
Ksilemaning ijobiy bosimi ksilema sharbatining gidatoda deb ataladigan maxsus teshikchalar 
orqali ekssudatsiya qilinishini ta’minlaydi. Bu barg chetlaridagi tomirchalar bilan bog‘liqdir. Bu 
hhodisani erta tongda о‘simliklar chetlarida kuzatish mumkin. Bu guttatsiya tomchilari aslida maxsus 
teshikchalar orqali hosil bо‘ladi. Guttatsiya hhodisasi transpiratsiya kamaygan paytda va nisbiy namlik 
baland bо‘lgan tungi sharoitlardada yaqqolroq nomoyon bо‘ladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish