O‘simliklar tarkibidagi oshlovchi moddalar
Oshlovchi moddalar tushunchasi o‘zaro genetik bog‘langan o‘simlik polifenollari,
tanidlar va
flobafenlar majmuasini anglatadi va ularterini yumshatish – oshlash va burushtirish xususiyatiga ega.
Hayvonlarning xom tersini oshlash xususiyatiga ega va ko‘p atomlifenollar unumidan tashkil
topgan hamda o‘simliklardan olinadigan yuqorimolekulali zaharsiz murakkab organik birikmalar
o‘simliknnng oshlovchimoddalari – tanidlar deb ataladi.Oshlash jarayonida oshlovchi
moddalar terining
oqsil moddalari bilanbirikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar terisio‘zidan suv
o‘tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Oshlovchi moddalarning bu xususiyatiga polifenollarning hammaunumlari ega bo‘lavermaydi.
Terini oshlay oladigan polifenollar molekulaog‘irligi 500 bilan 3000 o‘rtasida bo‘lishi lozim. Polifenollar
molekulaog‘irligi 500 dan kam bo‘lganda, ular oqsil moddalar bilan adsorbsiya bo‘lsaham, turg‘un
birikma hosil qila olmaydi. Molekula og‘irligi 3000 dan ortiq bo‘lgan polifenollar esa molekulalarining
yirikligi sababli kollagenningfibrinlari orasidan sizib o‘tib, turg‘un birikma berishi qiyin.
Polifenollar terini oshlash xycyciyatiga ega bo‘lishi uchun ular
molekulasitarkibida yetarli
miqdorda gidroqsil guruhi (har 100 ta birligida kamida 1-2 gidroqsil guruhi) bo‘lishi ham
kerak.Oshlovchi moddalarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati. Tanidlaro‘simliklar hayotida muhim
ahamiyatga ega. Oshlovchi moddalar o‘simlikto‘qimalarida doimiy ravishda kechib turadigan oksidlanish
va qaytarilishreaksiyalarida, eng avvalo hujayraning nafas olishi jarayonida faolqatnashadi. Demak,
tanidlar ma’lum sharoitda oksidlanib vodorodni hamdaqaytarilib kislorodni ajratishi mumkin.
Ajralgan
vodorod
va
kislorod
esahujayradagi ferment ta’sirida zarur birikmalarning qaytarilishiga
hamdaoksidlanishiga sarflanadi. Katexinlar oksidlanib, o‘ziga yaqin antotsianlargaaylanadi. Antotsianlir
esa flavonlarga
aylanishi yoki qaytarilib, yanakatexinlar hosil qilishi mumkin. Bu reaksiyani quyidagi
sxema bo‘yichatasvirlasa bo‘ladi:
Oshlovchi moddalar bakteritsid va fungitsid ta’sirga ega bo‘lganisababli daraxtlarning yog‘och
qismini tez chirishdan saqlaydi.Agar o‘simliklarga tashqaridan ta’sir etilsa (masalan,
hasharotlaro‘simlikni yaralab – chaqib tuxum qo‘ysa yoki g‘o‘zani chekanka qilinsa),zararlangan
to‘qimalarda unga qarshi ko‘p miqdorda tanidlar sintez bo‘ladi vato‘planadi. Bu hodisaning ro‘y berishi
ilmiy jihatdan yetarli asoslanganbo‘lmasa ham, to‘qimadagi mazkur biokimyoviy o‘zgarish o‘simlikning
chetdanbo‘lgan tasodifiy ta’sirga o‘zini himoya qilish reaksiyasi ekanligishubhasizdir. Shunga ko‘ra,
tanidlar o‘simliklarning chiqindisidir, ularto‘qimalarda yuz beradigan moddalar
almashinuvida ishtirok
etmaydi,shuningdek oshlovchi moddalar zaxira energiya boradigan birikmadir, ularqandga,
kraxmalga,
yog‘larga va boshqa moddalarga aylanishi mumkin, deb bayonetilgan fikrlar haqiqatdan ancha yiroq
turadi. Chunki, yuqorida aytibo‘tilganidek, tanidlarning sintezlanishi
davrida geksozalardan hosil
bo‘lganoraliq birikmalar reaksiyaga kiruvchi boshlang‘ich birikmalardan kam sofenergiyaga ega
bo‘lganligi uchun bu reaksiyaning orqaga qaytishi ham dargumon.
17
Shuning uchun oshlovchi moddalarning o‘simliklar hayotidagi roliga ularningma’lum davrda
parchalanib, yo‘q bo‘lib ketishiga yoki ko‘payishiga (masalan,uglevodlar va yog‘lar singari) qarab baho
berish uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu bilanbir qatorda o‘simliklar o‘sayotgan
davrida tanidlarning
16
William G. Hopkins and Norman P. A. Huner 2009.463,465,466.p
17
William G. Hopkins and Norman P. A. Huner 2009.474 p