Ikkilamchi moddalarning hosil bo‘lish sxemasi
Ishqor tabiatli organik moddalar alkaloidlar deyiladi va o‘simliklarda tuzlar shaklida
to‘planadilar.
Dukkakli o‘simliklar, ko‘knordoshlar va tamatdoshlar oilalarga kirgan o‘simlilar tarkibida
alkaloidlar ko‘p bo‘ladi.
Nikotin, anabazin, atropin, kokain, xinin, kofein, kodein kabi birikmalar alkoloidlarga misol
bo‘ladi. Anabazin va nikotinlar qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Bir
gurux olimlarning fikriga ko‘ra alkaloidlar o‘simliklarni himoya qilish vazifasini bajarar ekan.
O‘simliklar tanasida faqat organik erituvchilarda eridigan hidli moddalar efir moylari mavjud.
Ko‘pgina xo‘jaliklarda atirgul, chinnigul, yorongul, yalpiz va koriandr kabi efir moy o‘simliklari ekib
o‘stiriladi.
Efir moylari tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida, kosmetikada ko‘p ishlatiladi.
Ko‘pgina mikroorganizmlar kasalik tug‘diruvchi organizmlarga salbiy ta’sir etib, ularni nobud
qiladilar. Bunday moddalarni antibiotiklar deyiladi. Hozirgi kunda 500 dan ortiq antibiotiklar tekshirilib,
tibbiyotda va veterinariyada ishlatilmoqda. Bulardan penitsillin, streptomitsin, tetrotsiklin, biomitsin,
bitsillin, ampitsilin, sefozalin va boshqalar shular jumlasidan bo‘lib tibbiyotda qo‘llanilmoqda.
Rus olimi B.P.Tokin (1928y) mikroorganizmlarni nobud qiladigan birikmalar, yuksak
o‘simliklardan ham ajratib olgan va ularni fitonsidlar deb nomlagan. Faol fitonsidlardan xantal tarkibidagi
almil moyi mikroorganizmlarni nobud qiladi. Piyoz, sarimsoq, qoraqand, qarag‘aylar o‘tkir fitonsidlarni
ajratib chiqaradilar.
O‘simliklar tarkibidagi alkaloidlar va glikozidlar
Alkaloidlar
- o‘simliklar (qisman hayvonlar) to‘qimalarida tayyor holda bo‘ladiganasosli
(ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo‘lgan azotlimurakkab organik birikmalar alkaloidlar
deb ataladi. Alkaloid arabcha –―alkali – ishqor va yunoncha ―eydos – o‘xshash (simon) so‘zlaridan
iboratbo‘lib, ishqorsimon birikma degan ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarningasosli xususiyatga ega
ekanligini ko‘rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadillao‘simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni
birinchi bo‘libalkaloid deb atadi.
13
Alkaloidlarni o‘simliklar dunyosida tarqalganligi. Alkaloidlaro‘simliklar dunyosida keng
tarqalgan. 1974 yil ma’lumoti bo‘yicha yer yuzidatarqalgan yuqori o‘simliklarning 327 oilasidan 140
tasida (40% ini tashkilqiladi) alkaloidlar borligi aniqlangan. Tarkibida alkaloidlar bo‘lganturkumlar Yer
13
G. Hopkins and Norman P. A. Huner. 2009.460 p
sharida o‘sadigan o‘simliklar turkumlarning 8,7% ni (10615turkumdan 926 tasini), turlar ichida esa
taxminan 2% ini tashkil qiladi.
Quyidagi oilalar vakillari alkaloidlarga boy: bir pallalilar ichidalolaguldoshlar (Liliaceae) va
chuchmomadoshlar
(Amaryllidaceae);
ikkipallalilar
ichida
kendirdoshlar
(Arosunaseaye),
ayiqtovondoshlar(Ranunculaceae),
menispermadoshlar
(Menispermaceae),
ko‘knordoshlar
(Papaveraceae),
dukkakdoshlar
(Fabaceae)
shamshoddoshlar
(Buxaceae),
loganiyadoshlar
(Loganiaseaye), ituzumdoshlar (Solanaceae), sho‘radoshlar(Chenopodiaceae), astradoshlar (Asteraceae)
murakkabguldoshlar (Compositae),zirkdoshlar (Berberidaceae) va ro‘yandoshlar (Rubiaceae). Hozircha
Pandales,Salicales va Fagales tartibining vakillari tarkibida alkaloidlar topilganicha yo‘q
.
O‘simliklar tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15, ba’zan 25%gacha alkaloidlar bo‘lishi
mumkin. Traxilantus o‘simligida 18% miqdoridaalkaloidlar summasi topilgan.O‘simliklarda bir-biriga
yaqin ko‘pgina alkaloid bo‘ladi. Alkaloidlarsoni ba’zi o‘simliklar tarkibida 50 tadan ortadi. Masalan,
Vinca erectao‘simligining alkaloidlar summasidan 55 ta alkaloid xillari ajratib olingan.
O‘zaro (botanik jihatdan) yaqin bo‘lgan o‘simliklar tarkibida ko‘pinchabir xil alkaloid bo‘ladi.
Masalan, ituzumdoshlar oilasiga kiradigan birqancha o‘simliklar (Atropa L., Hyoscyamus L., Datura L,
Scopolia Jacq. turlari)tarkibida tropan guruhiga xos alkaloidlar (atropin, giossiamin,skopolamin)
uchraydi. Ayni vaqtda bitta alkaloid botanik jihatdan bir-biriga bog‘lanmagan, bir qancha oilalarda ham
bo‘lishi mumkin. Masalan, efedrin alkaloidi Ephedraceae, Celastraceae, Malvaceae, Papaveraceae
vaTaxaceae (ya’ni 5 ta), kofein alkaloidi Sapindaceae, Theaceae, Sterculiaceae,Rubiaceae, Aquifoliaceae,
Liliaceae va boshqalar (ya’ni 16 ta) oilalarigakiradigan o‘simliklar tarkibida uchraydi.
O‘simlikning o‘sish davrida gordenin alkaloidi asta sekin kamayib, ligningaaylanib ketadi.
Nikotin oksidlanishidan hosil bo‘lgan nikotin kislotaningamid formasi o‘simliklarni ba’zi oksidlanish va
qaytarilish jarayonidaishtirok etuvchi fermentlarning asosiy qismi hisoblanadi. Nikotin vakonvolamin
alkaloidlari o‘z metil guruhini boshqa birikmalar sintezi uchunberishi mumkin. Piridin va piperidin
alkaloidlari piridinnukleidfermentlar sintezida ishtirok etadi. O‘simliklar to‘qimasidaalkaloidlarning
oksidlangan N-oksid formasi o‘zidan kislorod ajratibberadi va kerak bo‘lganda ortiqcha kislorodni o‘ziga
biriktirib,to‘qimalardagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Alkaloidlar o‘simlik to‘qimalarida bufer rolini ham bajarishi mumkin.O‘simliklarning ko‘karib
turgan yer ustki qismida alkaloidlar odatdao‘simlikning yaxshi o‘sgan vaqtida maksimal miqdorda
to‘planadi. Bu davrda yerostki organlarida alkaloidlar minimal miqdorda bo‘lib, ularning
maksimalmiqdorda to‘planishi yer ustki qismining qurib qolishi va o‘simlikninguyquga kirish davriga
to‘g‘ri keladi. Demak, alkaloidlar o‘simliklarning aynidavrida kerak bo‘lgan va nasl qoldirish uchun
asosiy rol o‘ynaydiganorganlarida maksimal to‘planar ekan. Bu hol alkaloidlarning o‘simliklarhayotida
muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadigan dalillardan biridir.
14
Agar o‘simlikka bir butun organizm deb qaralsa, alkaloidlar o‘ztuzilishiga, o‘simlik xususiyatiga
qarab turli vazifalarni bajara oladi. Ularma’lum vaqtda zahira ozuqa va himoya qiluvchi moddalar hamda
o‘simlikto‘qimasida ro‘y beradigan biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan zarur birikmalar
sifatida xizmat qilishi mumkin.
Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari. Ko‘pchilikalkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan
nur tekisligini og‘diruvchi),hidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq kristall yoki amorf modda. Shu
bilanbirga rangli (berberin to‘q sariq rangga bo‘yalgan), suyuq, hidli va uchuvchan(anabazin, nikotin,
koniin va boshqalar) alkaloidlar ham bo‘ladi.
Alkaloidlar o‘simliklar tarkibida 3 xil ko‘rinishda uchraydi:
1.
Sof (asos) holida.
2.
Kislotalar bilan birikkan birikmalar – tuzlar holida.
3.
Azot atomi bo‘yicha oksidlangan N-oksid formasida.
O‘simlik to‘qimasida alkaloidlar ko‘pincha organik (oksalat, olma,limon, vino va boshqa),
mineral (sulfat, fosfat va boshqa) va ba’zano‘simliklarning o‘ziga xos (mekon, xin, xelidon va boshqalar)
kislotalar bilanbirikkan tuzlar holida uchraydi.
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi,suvda erimaydi. Ularning
kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari –alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik
erituvchilardaerimaydi. Asos hamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshieriydi. Shu bilan birga
suvda va organik erituvchilarda bir xilda yaxshieriydigan sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va
boshqalar)hamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat ) ham uchraydi. Alkaloidlar juda
14
William G. Hopkins and Norman P. A. Huner 2009.477 p
kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o‘ztuzlaridan boshqa asoslar (hatto natriy karbonat yoki
kaliy karbonateritmalari ham) ta’sirida osonlik bilan siqib chiqariladi.
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo‘lishikerak, kislorod bo‘lishi shart
emas. Odatda molekulasi kislorodsiz alkaloidlar ko‘pincha suyuq, hidli va uchuvchan, kislorodlilari esa
hidsiz,uchmaydigan, kristall modda bo‘ladi.O‘simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan
alkaloidlarham uchraydi. Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta’siridaparchalanishi mumkin
(atropin, kokain, skopolamin va boshqa alkaloidlar).
Agar alkaloid molekulasi tarkibida fenol guruhi bo‘lsa, u holda ishqorlarta’sirida suvda eriydigan
fenolyat tipidagi birikma hosil bo‘ladi.Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni analiz qilinayotganda
hisobgaolinishi lozim.Ko‘pincha alkaloid molekulasi tarkibidagi azot atomi molekulasitashkil etuvchi
qalha tarkibiga kirib, geterotsiklik birikma hosil qiladi.Shuning uchun ko‘pchilik alkaloidlar (ochiq
zanjirli alkaloidlardan tashqari)geterotsiklik birikmalar unumi hisoblanadi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |