«воспитание нового поколения в эпоху глобального преобразования: вызовы и перспективы»



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/330
Sana01.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#722881
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   330
Bog'liq
Сборник Воспитание

244 •
1 APRIL 2022

ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022

245
CHET TILLARNI O‘QITISHDA ENG SAMARALI METOD MAVJUDMI?
G. Botirbekova 
TDTU Olmaliq filiali katta o‘qituvchisi,
S. Sayfutdinov 
TDTU Olmaliq filiali talabasi
Аннотация.
Данная статья посвящена методам преподавания иностранного языка и рассматривает 
вопросы эффективности методов в учебном процессе. Выходи из уровня знаний, психологии и возраста 
каждый преподаватель учебного процесса выбирает тот метод, который удобен и эффективен для него 
и обучающимся. Нельзя определенно сказать, что какой-то метод самый лучший, так как разные методы 
предназначены для разных целей. 
Ключевые слова:
преподавание языка, методы преподавания, классический метод, современный 
метод, профессиональность.
Barchamizga ma’lumki, kelajak bilimli mutaxassislar qo‘lida. Globallashuv va jahon bozorining yuqori 
o‘sish ko‘rsatkichlari xorijiy tillarni bilish iqtisodiy va madaniy soha uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. 
Bu butun dunyo bo‘ylab ingliz tilini o‘rganishning juda dolzarb masala ekanligidandir.
Hozirgi kunda chet tili o‘qituvchilari o‘quv qo‘llanmalarini tanlashda, dars mazmuniga ijodiy yondashishda 
va dastur talablarini amalga oshirishda katta mustaqillikka ega. Til o‘rgatuvchi har bir o‘qituvchi ta’lim 
jarayonida o‘z maqsadiga erishishi uchun o‘zi istagan metod va texnologiyadan an’anaviy yoki zamonaviy 
foydalanishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda chet tilini o‘qitish jarayonida turli хil 
zamonaviy metodlar mavjudligini tan olgan holda, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan metod 
va texnologiyalar yetakchi o‘rinni egallaydi. Ya’ni:
• til o‘rganuvchilar o‘zlarini qulay va erkin his qiladigan muhitni tashkil etish;
• til o‘rganuvchilarning shaxsiy fazilatlarini inobatga olgan holda, ularni o‘quv mashg‘ulotlariga jalb 
qilish va nutqiy, kognitiv, ijodiy qobiliyatlarini rag‘batlantirish;
• ta’lim jarayonida o‘qituvchi markaziy shaxs bo‘lmagan vaziyatlarni yaratish;
• til o‘rganuvchilarni jismoniy, intellektual va hissiy imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda til 
ustida ishlashga o‘rgatish;
• ta’lim jarayonida faoliyatning turli shakllarini qo‘llash: individual, juftlik va guruh, jamoa.
Ta’kidlash lozimki, nomutaxassis ta’lim yo‘nalishida chet tillarini o‘qitishda metod va texnologiyalarni 
ko‘rib chiqishning muhimligi bir qancha sabablarga ko‘ra yuzaga keladi, masalan:
1) xorijiy tillarni o‘rganishning bugungi dunyosida eng samarali metodlarni topish uchun umumiy 
metodologiya va o‘ziga xos metodlar qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
2) chet tilini o‘qitishning metod va uslublari ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismidir, chunki biron-bir 
metoddan foydalanmasdan chet tilini o‘qitishning maqsad va vazifalarini amalga oshirish deyarli mumkin 
emas, shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘quv jarayoni uchun zarur vositalardan malakali foydalanishi lozim;
3) eng qiyini – uning maqsadlariga to‘liq mos keladigan bunday metodlarni izlab topish. O‘qitish 
metod va texnologiyalarini to‘g‘ri tanlash muammosi juda murakkab, chunki aynan shu muammolar ko‘plab 
o‘qituvchilar uchun ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Biroq hech kim qaysi usul eng yaxshi yoki eng yomon ekanligini ayta olmaydi. K.T.Henson [1, 2-5b] 
ta’kidlaganidek, “odatda biron-bir maqsad, masalan, o‘qib tushunish uchun yaxshi bo‘lsa, gapirish ko‘nikmasini 
rivojlantirish uchun mos kelmasligi mumkin. Barchasi uchun bir xil ishlaydigan usul yo‘q”. M. J. Uolles [5] esa 
“usullarni tanlashda markaziy omil o‘quvchining ehtiyojlari va xarakteridir; ba’zi bir usul bir kishi uchun 
yaxshi ishlaydi, lekin xuddi shu usul boshqa odam uchun umuman ishlamasligi mumkin” deydi.
Ta’lim berish jarayoni ikkita asosiy komponentni o‘z ichiga olishi kerak: ma’lumot yuborish va qabul 
qilish. Demak, o‘qituvchi bilimni o‘zi tushungan yo‘l bilan berish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi.
I. P. Podlasiyning [4, 256-266b] fikriga ko‘ra, o‘qitish uslubining tuzilishi quyidagicha:
- usulning maqsadi turli o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilishidan qat’i nazar, har qanday metodda mavjud 
bo‘lgan doimiy qoidalardan kelib chiqadi. U barcha didaktik, huquqiy talablar va qonunlar, tamoyillar va 
qoidalarning umumiy qoidalarini, shuningdek, o‘quv faoliyati maqsadlari, mazmuni, shakllarining doimiy 
tarkibiy qismlarini aks ettiradi;
- o‘qitish metodining subyektiv qismi o‘qituvchining shaxsiyati, o‘quvchilarning xususiyatlari va o‘ziga 
xos sharoitlari bilan bog‘liq;
- barcha metodlar kamida ikkita umumiy xususiyatga ega: ularning eng yaxshisi ekanligiga ishonish va 
o‘qituvchilar majburiy ravishda amal qilishi kerak bo‘lgan retseptlar to‘plami.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish