246 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
247
GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLARDA RAQOBATBARDOSHLIK
SAMARADORLIGINI TA
‘
MINLASH MASALASI (YAPONIYA DAVLATI MISOLIDA)
N. Nazarova
Toshkent davlat transport universiteti katta о‘qituvchisi
Annotation.
The article discusses the example of the Japanese experience in ensuring the effectiveness
of student competitiveness.
Keywords.
Motivation, personal and professional competitiveness, communication, school choice, career
choice, community, “teacher-student” system.
Аннотация.
В статье на примере японского опыта рассматривается обеспечение эффективности
конкурентоспособности студентов.
Ключевые слова
. Мотивация, личная и профессиональная конкурентоспособность, коммуникация,
выбор школы, выбор профессии, сообщество, система «учитель-ученик».
Jamiyatni taraqqiy ettirish, fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti sur‘atlarini jadallashtirish, mamlakat
hayotini takomillashtirish zamirida yosh avlodni о‘qitish va tarbiyalash mujassamki, mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlar yoshlarning yuksak bilim darajasiga ega raqobatbardosh bо‘lishlarini ta’minlash
bilan birga XXI asrda turgan murakkab muammolarni muvaffaqiyatli hal etishdek jiddiy mas‘uliyat yuklaydi.
Bugungi kunda talaba-yoshlar raqobatbardoshligi samaradorligini ta‘minlash modelini ishlab chiqishda
rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini о‘rganish ham samarali natija beradi. Qiyosiy tahlil natijalari
shuni kо‘rsatadiki, bu borada Yaponiya yoshlari boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan xalqaro test
imtihon natijalari bо‘yicha yuqori kо‘rsatkichlarga erishgan. Yapon yoshlari yuqori darajadagi motivatsiyaga
ega bо‘lib, ular kamdan-kam hollardagina dars jarayonlaridan chalg‘ishi mumkin. Shuningdek, Yaponiyada
yoshlar raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan institusional asoslari yaratilgan [9, 1134–1165 betlar].
AQSH Kaliforniya universiteti sotsiolog professori G.Le Tendre yapon yoshlarining raqobatbardoshligi
samaradorligini ta‘minlashga doir olib borgan kо‘p yillik tadqiqotlari asosida bir qator ilmiy xulosalarni
ilgari suradi. Uning fikricha, Yaponiyada yoshlar о‘rtasida raqobatbardoshlik rivojlanishining birinchi omili
sifatida, tengqurlar bilan dо‘stona kommunakativlik asosida muloqotiga kirishi va ta‘limga bо‘lgan pozitiv
munosabati hisoblansa, ikkinchi omil sifatida, Yaponiya ta’limidagi stratifikatsiyaviy yondashuv darajasining
yuqoriligini va uchinchi omil sifatida, yapon yoshlari о‘z kundalik faoliyatini ta‘limiy jarayonlar bilan uzviy
bog‘liqlikda olib borishini, ya’ni ularning asosiy vaqti ta‘lim va bilim olishga sarflashini kо‘rsatib о‘tgan [1,
103–136-betlar]. Shu bilan birgalikda, yapon yoshlar ta’lim-tarbiyasida oila institutining ta‘sir kuchli bо‘lib,
agarda uni AQSH va Buyuk Britaniyaga nisbatan qiyoslaydigan bо‘lsak, oila instituti yapon yoshlar uchun
raqobatbardoshlik sifatlarining shakllanishiga samarali ta‘sir kо‘rsatib kelayotganini qayd etishgan [2, 56-
bet].
Yaponiya ta‘lim tizimida maktab tanlovi istiqbolda sotsial statusni belgilaydi. 1-sinfdan 9-sinfgacha
ta‘lim tekin va majburiy hisoblanadi. Undan keyin yoshlar yuqori maktabda qaysi yо‘nalishda tahsil olishini
mustaqil tanlaydi. Yoshlar futsu akademik kursga qatnashsalar, kollej va universitetga kirish darajasi yuqori
bо‘ladi [7, 86-bet]. Shuningdek, eng yuqori о‘rinlardagi maktablarga kirish imtihonlarini topshirish juda
murakkab va talablari kuchli bо‘lib, bu yerda raqobat juda yuqori sanaladi. Masalan, Kobe shahridagi Nada
kabi xususiy maktablarning har yili bitirayotgan yuzlab о‘quvchilari Yaponiyaning eng kuchli Tokio singari
nomdor universitetlariga kirishadi [6, 31–47-betlar].
Agarda bu kо‘rsatkichni boshqa rivojlangan davlatlardagi nomdor maktablar bilan qiyoslaydigan
bо‘lsak, Yaponiya tajribasini paradigma sifatida kо‘rsatish mumkin. Negaki, bu borada AQShning Andover
yoki Ekseter nomli dongdor maktabni bitiruvchi о‘quvchilaridan har yili bor yо‘g‘i о‘n yoki yigirmatasigina
Garvard universitetiga kirishadi [11, 18–24
-
betlar]. Demak, bundan xulosa qiladigan bо‘lsak, yoshlar
raqobatbardoshligi samaradorligini ta‘minlash masalasida Yaponiyada ta‘lim instituti boshqa rivojlangan
davlatlar bilan qiyoslaganda kо‘rsatkich darajasi yuqori sanaladi.
Yaponiya yoshlar raqobatbardoshligi samaradorligini ta‘minlashning yana bir omili sifatida ularning
kasbiy tanlovi hisoblanadi. Bunda yapon yoshlar reyting darajasi yuqori oliy о‘quv yurtlariga kirish uchun
imtihonlarga jon-jahdi bilan (shiken jigoku, imtihon-hayrat kuchi) tayyorlanib, о‘qishga kirishga (juken senso,
imtihon – о‘quv raqobati) harakat qilishadi. Chunki reytingi yuqori universitetlarni tamomlagan bitiruvchilar
uchun mehnat bozorida talab yuqori bо‘lib, ularning ish bilan ta‘minlanishi kafolatlangan hisoblanadi. Biroq
о‘qishga kira olmagan yapon yoshlari о‘z maqsadlariga erishish yо‘lida harakatdan tо‘xtamasdan pullik
qayta tayyorlov (yobiko) kurslarida о‘qib, elita oliy о‘quv yurtlariga kirish imkoniyatlarini oshiradilar [10,
98–100-betlar].
Do'stlaringiz bilan baham: |