33
Gazakbop konservalardan sabzavot ikralari, salatlar va vinegretlar tovar navlariga
bo’linmasada, qolgan turlari oliy va 1-chi navlarga bo’linadi.
Bu konservalarning sifatini baholashda ularning organoleptik va fizik-kimiyoviy
ko’rsatkichlari aniqlanadi. Gazakbop konservalarning asosiy organoleptik ko’rsatkichlariga
tashqi ko’rinishi, rangi, ta’mi, hidi, konsistenstiyasi kabi ko’rsatkichlarini kiritish mumkin. Fizik-
kimiyoviy ko’rsatkichlaridan standart talabi bo’yicha yog’ miqdori, nordonligi, tuz miqdori,
konserva suyuq qismining miqdori kabi ko’rsatkichlarini aniqlash ko’zda tutilgan. Shu bilan bir
qatorda bu konservalar tarkibida qalay, mis, qo’rg’oshin kabi og’ir metallar tuzlarining miqdori
ham chegaralanadi.
Ovqatbop konservalar. Bu konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan sabzavotlar,
kartoshklardan va yog’, pomidor mahsulotlar, qand, tuz, ziravorlar, qo’ziqorinlar, go’shtlardan
tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil bo’ladi: sabzavotlardan va sabzavot-go’sht
mahsulotlaridan tayyorlangan. Bu konservalar sotishga birinchi va ikkinchi ovqatbop
konservalar holida chiqariladi.
Birinchi ovqatbop konservalarga rassolniklar, borshlar, щilar, karam sho’rvalar, ikkinchi
ovqatbop konservalarga esa sabzavotli, sabzavotli-qo’ziqorinli solyankalar, sabzavotli ragular,
go’shtli sabazavotlar kiradi.
Ovqatbop konservalarning sifati tashqi ko’rinish, rangi, ta’mi, hidi va konsistenstiya kabi
ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. Ularning organoleptik ko’rsatkichlari asosan ulardan issiq
ovqat tayyorlagandan keyin aniqlanadi.
Har xil ovqatbop konservalar tarkibida ularning restepturasiga qarab 13% dan 35% gacha
quruq modda, 1,2% dan 12% gacha yog’ va 1,2-2,8% miqdorida tuz bo’ladi. Ularning umumiy
nordonligi esa (olma kislotasi bo’yicha) - 0,4-0,9% bo’lishi kerak. Shuningdek, bu konservalar
tarkibi ham og’ir metallar tuzlari chegaralanadi.
Bolalarga mo’ljallangan va parhezbop sabzavot konservalari. Bu konservalar yuqori
sifatli, saralangan sabzavotlardan va boshqa qimmatli xom ashyolar qo’shib tayyorlangan
konservalar hisoblanadi. Bolalarga mo’ljallangan va parhezbop konservalar ishlab chiqarish
uchun mo’ljallangan sabzavotlarni etishtirishda va saqlashda antiseptik kimiyoviy birikmalar
ishlatilmagan bo’lishi kerak. Bu konservalar to’yimli va organizmda tez hazm bo’ladi.
Bolalarga mo’ljallangan sabzavot konservalari qirg’ichdan o’tkazilib, shakar, sariyog’,
sut va boshqa xom ashyolar qo’shilib, gomogenlashtirilgan massadan tashkil topgan bo’ladi.
Parhezbop sabzavot konservalari maxsus resteptura asosida tayyorlanib, kasalmand
kishilarga mo’ljallangan bo’ladi. Bu konservalar tayyorlashda E vitamini va to’yinmagan yog’
kislotalariga boy bo’lgan o’simlik moylari va mineral elementlarga boy bo’lgan dengiz karami
kabi xom ashyolar ishlatiladi. Bular asosan qariyalarga, qandli diabet va oshqozon-ichak
kasalliklariga chalingan kishilarga tavsiya etiladi. Parhezbop konservalarning keng tarqalgan
turlariga dengiz karami ikrasi, dengiz karami qo’shib tayyorlangan sabzavot salatlari, sutli sousli
kabachki, sutli sousli sabzilar va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: