96
Evropa mamlakatlarida eng katta ijtimoiy tabaqa xodimlar-ishchilar va ziyolilardan iborat.
Ular butun iqtisodiy faol aholining taxminan wrtacha 80%ini, Buyuk Britaniyada hatto 90%dan
ham kwprog`i, janubiy mamlakatlarda esa 70%i (Gretsiyada 40%)ini tashkil etadi.
Shubhasiz, Evropa xalqlarining ijtimoiy hayotiga urbanizatsiya katta ta`sir wtkazmoqda.
Hozir jahonda Evropa qit`asi eng urbanizatsiyalashgan, hatto AQSh va Yaponiyaga nisbatan
shaharlarning zichligi yuqori turadigan mintaqadir. Mazkur jarayonning xususiyatlaridan biri eng
yirik shaharlar tevaragida katta aholining twplanishidir. G`arbiy Evropaning yarmidan kwp aholisi
100 ming kishidan ortiq aholiga ega bwlgan shaharlarda joylashgan, uchdan bir qismi 500 ming
kishilik shaharda yashaydi. Oqibatda bir-biriga tutashib ketgan sanoat-aglomeratsiya tipidagi
shaharlar yuzaga kelgan. Bunga misol qilib, Rur, London, Parij, Berlin, Rim, Amsterdam,
Rotterdam kabilarni kwrsatish mumkin.
Masalan, London aglomeratsiya chegarasida 12 mln. dan ortiq kishi, Parij aglomeratsiyasida
10 mln. ga yaqin kishi yashaydi. Ayrim mamlakatlarda, hatto qwshni aglomeratsiyalar qwshili`,
yirik urbaniyazatsiyalashgan markaz (megalopolis)larni yaratgan. Masalan, Angliyada eng katta
megalapolisga bir-biriga chatishib ketgan London, Birmengem, Manchestr,
Liverpul va boshqa
shaharlar yoki Germaniyada Reyn-Rur, Reyn-Mayn kiradi. Bunday megalapolislar taxminan 50
ming kv. km. hududga va 30-35 mln. aholiga ega bwladi.
Ammo butun Evropada urbanizatsiya va avlomeratsiya ijtimoiy va maishiy turmush, madaniy
hayot va oila-nikoh munosabatlarini wzaro yaqinlashtirib, milliy xususiyatlarning tugatilishiga, bir
qolipga solib umumiy kosmopolitik belgilarning shakllanishig keng ywl ochib bergan. Shunday
bwlsa-da, kwp xalqlarda asrlar davomida an`ana tusiga kirgan ayrim ijtimoiy turmush shakllari
saqlanibgina qolmay, balki Yangi zamon turmush tarziga singib ketgan.
Ijtimoiy va oilaviy turmushi ham barcha Evropa xalqlariniki singari umumiylikka ega bwlgan.
Nasroniy dini axloqiga tayanib, xususiy mulkka asoslangan holda kichik monogam oila butun
Evropada eng keng tarqalgan. Ammo ayrim patriarxal natural xwjalik mavjud bwlgan ba`zi
joylarda arxaik tipdagi kata patriarxal oilalar va oila-nikoh tartiblari ham uchraydi. Patriarxal
urug`chilik tartiblarining qoldiqlari albanlarda (fis), chernogorliklarda (bratstvo), tog`lik
shotlanlarda (klan), qisman uels va irlandliklarda bir oz seziladi. Oila jamoa munosabatlari yaqin
davrgacha ayrim bolqon xalqlari (bolgarlar, makedoniyaliklar, serblar, bosniyalar va hk.)dan
saqlanib kelgan. Mazkur oilaviy munosabatlarning yemirilishi maxsus minorat odatini yaratgan edi.
Ilgari kelt va German xalqlarida ma`lum bwlgan bu odatga binoan meros ota-onadan kenja wg`ilga
wtadi. Keyinchalik mayorat odati, ya`ni meros kata wg`ilga wtish rasmi bilan almashadi. Janubiy
slavyanlarda katta patriarxal oila («zadruga») natural xwjalikka asoslangan 20-50, ba`zan 100
kishiga yetadigan qavmu qarindoshlardan tashkil topgan jamoadan iborat edi. Nikoh twylarida va
boshqa oilaviy urf-odatlarda ancha qadimiy belgilarni hozirgacha uchratish mumkin.
Qalin
saqlanmagan bwlsa-da, kelinni olib qochish, uni «sotib» olish rasmi, qiz moli, kuyov sovg`asi kabi
udumlar hali ham nikoh twylaridagi qadimgi satqitlar sifatida, ammo hazil wyinlar shaklida
namoyon bwladi. Qiz yoshligidan mehnat qilib, wzi sepini tayyorlashni kwp xalqlarda shart
bwlgan. Agar kichik indvidual oilalar (er, xotin va bolalardan iborat) eng keng tarqalgan bwlsa
slavyanlardagi zadruga tipidagi katta oilalarda nikoh va boshqa oilaviy an`analarda ibtidoiy tartiblar
saqlanib kelmoqda. Nikoh doimo ijtimoiy xarakterga ega bwlgan oilaviy voqea sifatida hozir ham
unda kwpchilik ishtirok qiladi, an`anaviy marosimlar, rasm-udumlar bajariladi. Deyarli hamma
erda kelin-kiyovlar cherkovda nikohdan wtishsa-da,
ammo nikoh rwyi asosan, xalq an`analariga
tayanadi.
Keyingi ikki ming yil davomida Evropaning diniy urf-odatlari bir necha marta wzgargan.
Bizning eramizning boshlarida bu erda mahalliy dinlar tarqalgan. Katta hududni egallagan Rim
imperiyasida (ayniqsa, Italiya va Gretsiyada) ancha rivojlangan politeystik dinlar hukmronlik
qolgan. Qadimgi Rimda ba`zi sharqiy diniy (Isida, Mitra kabi boshqa sharq xudolari bilan bog`liq)
ibodatlar ham kirib kelgan.
97
Rim imperiyasining yemirilishi davriga kelib, eramizning V asrlari oxirida Evropa dinlari
geografiyada jiddiy wzgarishlar rwy beradi. Eramizning boshlarida sharqiy Wrta dengiz sohillarida
paydo bwlgan nasroniy dini IV-V asrlarda imperiyaning kwpchilik hududlariga, ba`zi german
qabilalari va hatto Irlandiyaga tarqala boshlagan. Ammo uzoq davrlargacha qadimiy mahalliy
dinlar, ayniqsa qishloqlarda saqlanib qolgan. Faqat IX-XI asrlarda butun Evropa nasroniylashgan.
Lekin Pireney yarim orolida VIII asrda arab istilochilari olib ketgan islom dini ancha vaqt wz
wrnini saqlab qolgan. XV asrlarda arablardan ozod bwlgan Pireney qaytadan nasroniy diniga
kirgan.
Evropada nasroniy dinining tez tarqalishi feodalizm tuzumining tashkil topish jarayoni bilan
bog`liq edi. Dastlab yangi
dinga harbiy aristokratiya, knyaz va qirollar wtgan, keng xalq ommasi
eski diniy e`tiqodlarga itoat qilib kelgan. Shukmron sinfga tayanchi bwlgan ziyolilar va ruhoniylar
ommani nasroniylashtirishni zwrlik bilan wtkazishga harakat qilgan. Ammo nasroniylik ham yaxlit
din bwlib qolmadi. U XI asr wrtalarida (1054-yil) ikki qarama-0arshi ywnalishga-pravoslaviye va
katolitsizmga (sharqiy va g`arbiy) cherkovlarga bwlindi. Sharqiy (pravoslav) cherkovi wz
navbatida podsho va imperatorlarga bwysungan va bir necha milliy cherkovga bwlingan.
Feodal-kserosnoy tuzumning tarixiy halqasi hisoblangan pravoslav cherkovning boshida eng
kuchli Konstantinopol patriarxi turgan. Aksincha katolitsizm (g`arbiy) cherkovi markazlashgan
Papa davlati boshchiligida Evropadagi feodal tarqoqlikdan foydalanib wzining qudrati
hukmronligini twliq wrnatadi. U turli ywllar va soliqlar bilan katta boylik orttirib butun nasroniy
dunyosini qwlga olishga wzining ruhiy va siyosiy irodasini wtkazishga intilib kelgan. Shunday
qilib, nasroniy dinidan ajralib chiqqan Pravoslaviye ilgari Vizantiya imperiyasi va uning ta`siridagi
Evropa qismi (Bolqon yarim oroli va Rus davlati)ga tarqalgan, Evropaing
boshqa hududlarida
katolitsizm wz hukmronligini wrnatgan. XVI asrlardan boshlab bozor munosabatlarining rivoji,
yangi ideologiyasining g`alabasi natijasida wrta asr sxolastikasiga, Rim katolik cherkovi va papa
hukmronligiga chiqa boshlagan yangi oqim (protestantizm) turli diniy e`tiqod va mazhablarning
yuzaga kelishiga sababchi bwlgan.
Pravoslav dini Vizantiyadan chiqib Evropaning sharqiy va janubi-sharqiy mamlakatlarini, rus,
belorus, ukrain, grek, bolgar, gagaus, serb, janubi alban va rumin xalqlari orasida keng tarqalgan.
Hozir pravoslav dini Gretsiyada hukmron va bu erda uning markazi joylashgan.
Islom dini Evropaga dastlab arab istilochilari tomonidan keltirilgan va pireney yarim oroliga
tarqatilgan. Istilochilar tarqatilgandan keyin XV asrlarda nasroniylik qayta tiklangan. Wsha
davlatlarda, ya`ni yaqin XIV-XV asrlarda usmon turklari Bolqon yarim orolini bosib olib aholining
ancha qismini musulmonlashtirgan va u imperiya vaqtida hukmron din bwlgan. Turklar zwrlik
bilan albanlar albanlar, qisman makedoniyaliklar, bolgarlar, bosniya va gersogovina aholisini islom
diniga wtkazgan.
Volgabwyi va Qrim tatarlari ham XIII-XIV asrlarda islomga wtgan. Butun Evropada qaytib
yurgan lwlilar odatda asosiy turar joyidagi dinlarga itoat qiladilar. Ularning orasida masalan
pravoslav, katolik va musulmon diniga wtganlar uchraydi. Dindor yahudiylar esa hozirgacha
wzining milliy dini hisoblangan iudaizmga rioya qiladilar.
Evropa xalqlarida rasmiy cherkov dinlaridan tashqari eng qadimgi, hatto ibtidoiy e`tiqod va
urf-odatlar ham saqlanib qolgan. Ayniqsa, dehqonchilik bilan bog`liq
bwlgan har xil dastur va
rasmlar, sehrgarlik urf-odati va irimlari haligacha usraydi. Hozir ham yil fasllari, ekish va hosil
yig`ish bilan bog`liq dabdabali karnaval va bayramlar wtkazadilar, unda turli afsonaviy timsollar
namoyish qilinadi. Albatta eng taraqqiy qilgan yuksak madaniyatli Evropa xalqlarida professional
ijoddan xalq ijodini ajratish ancha qiyin. Chunki, fol`klorda ham, musiqa va tasviriy san`atda ham
zwr mahorat bilan yaratilgan xalq ijodi namunalari juda katta wrinni egallaydi.
Eng qadimgi ertaklar, qahramonlar haqida eposlar badiiy jihatdan professional yozuvchi va
shoirlar tomonidan qaytaishlab chiqilgan. Aka-ukalar Grimm, Gofman, Andersen, Selpa Lagerlef,
Oskar Uayld
va boshqalarning ertaklari, hatto Gomerning «Illiada» va «Odisseya»si, wrta
98
asrlardagi «Nibelunglar twg`risida ashula», «Gudring twg`risida ashula», skandinavlarning sag`lari,
Karelofin eposi «Kalevala» kabi xalq dostonlari aslida badiiylashtirilgan asarlardir. Tarixiy
voqealar bilan bog`liq lirik-epik ashula (ballada)lar ancha keyin paydo bwlgan, ammo juda keng
tarqalgan. Hozirgacha yetib kelgan oilaviy marosimlarda aytiladigan ashulalar, sevgi kuylari ham
eng qadimiy fol`klor namunalaridir. Fol`klorning tarkibiy qismi hisoblangan ommaviy xalq
teatrlari hozirgi davrda professional qismi hisoblangan ommaviy xalq teatrlari hozirgi davrda
professional teatr san`atiga singib kelgan. Evropada dastlab professional teatr qadimi Gretsiyada
(mil.aff. VI-V asrlarda) diniy marosimlar va bayramlar munosabati bilan paydo bwlgan edi.
Wyg`onish davridan boshlab drama, tragediya, komediya ancha rivojlangan.
XVI asrda dastlab
Italiyada, keyin butun Evropada opera paydo bwladi. Ammo Evropa xalqlarining kwpchiligida
(polyak, chex, bolgar, rus, frantsuz, italyan va boshqalardan) professional klassik teatr bilan bir
qatorga ommaviy tearlashtirilgan xalq wyinlari hozirgacha saqlanib kelgan. Bu wyinlar katta diniy
yoki fasl bayramlarida namoyoish qilinadi va nihoyatda rang-barang wyin, kulgi, ashula va musiqa
sadolari ostida wtkaziladi.
Hozirgacha professional teardan, keyingi yillarda paydo bwlgan romantik, naturalistik va
modernistik teatlardan tashqari ommaviy teatrlashgan xalq tomoshalari an`nalari barcha Evropa
mamlakatlarida saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: