Etnologiya uzb


Volga-Kama bwyi xalqlari va Moldavanlar



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86
Volga-Kama bwyi xalqlari va Moldavanlar: Sharqiy Evropa qismidagi noslavyan 
xalqlardan Wrta Povoljeda va Kama bwyida joylashgan udmurdlar, mariyalar, mordvalar, 
chuvashlar, tatar va boshqirdlar wziga xos tarixiy-etnografik hududni tashkil qiladilar. Tarixiy-
etnografik jihatdan bu xalqlarga Kama bwyida va evropaning shimolida yashovchi mazkur komi-
permyak va komiziryanlar yaqin turadi. 
Antropologik jihatdan bu xalqlar katta evropoid irqining turli tiplariga mansubdir. Ammo 
kwchpiligi evropoid irqi bilan qisman mongoloid belgilarini wzida mujassamlashtirgan tiplardir. Til 
jihatdan butun Volga-Kama xalqlari ikki guruhga bwlingan: urdmurd, mariy va mordvalar finno-
ugor til guruhiga, chuvash, tatar va boshqirdlar oltoy lilasining turk guruhiga kiradi. 
Vyatka-Kama sohillarida qadimiy davrlarda joylashgan qablalarning avlodlari hi soblangan 
udmurtlar (eski nomi votyaklar) hozir 720 ming kishidan ortiq. Ular asosan, Udmurtistonda, qisman 
qwshni Mariy, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalarida, perm va Ekateringburg 
viloyatlarida yashaydilar. 
Milodning I ming yilligi oxirlarida va II ming yilligi boshlarida qadimiy udmurtlarning etnik 
tuzilishiga Volga-Kama bulg`orlari ma`lum ravishda ta`sir qilgan. 1236 yildan keyin ular mwg`wl-
tatar istilosiga uchraydi va XVI asr wrtalariga kelib shimoliy qismi Rossiyaga, janubiy erlari Qozon 
xonligiga wtadi. 1559 yilda Udmurd eli butunlay rus davlati tasarrufiga wtadi, wsha davrdan 
udmurt xalqi shakllana boshlaydi. 
Ilgari cheremislar deb atalgan mariy xalqi (hozir 640 ming kishi) bizning eramizning 
boshlarida dastlab Wrta Volganing swl sohillarida, Vetluga va Vyatka daryolarining oralig`ida 
yashagan qabilalardan kelib chiqqan. Ular asta-sekin sharqiy hududlarga siljib hozirgi hududni 
egallab olganlar. Keyingi etnik jarayonda mariylar uch guruhga bwlinadi. Volganing baland 
qirg`oqlarida joylashgan tog`liq mariylar, chap -qirg`oqlarda wrnashgan yaylov mariylar va sharq 
tomondagi qwshni wlkalarda (Boshqidiston, Tatariston va Udmurdistonda, Novgorod, Perm va 
Ekateringburg viloyatlarida) mariylar joylashgan. 
Mordva qabilalari asli Oka, Sura va Wrta Volga daryolari oralig`ida joylashgan. Ular XII 
asrdan ruslar bilan yaqin munosabat wrnatganlar. Hozirgi mordva xalqi esa milodning boshqalarida 
ikkita yirik qabila ittifoqi hisoblangan g`arbdagi moksha va sharqdagi erzya etnik jarayoni 
tugallanib xalq sifatida shakllangan. Ular shu kungacha wzlarining an`naviy madaniyatida ba`zi 
xususiyatlarni saqlab kelganlar. 
Volga bwyidagi turkiy xalqlarning etnogenezi ancha murakkab. Wrta Volgabwyi va ayniqsa, 
uning janubiy hududlari uzoq davr ichida bir necha marta fin tillaridagi qabilalar bilan kelindi hind-
evropa tilidagi skiflar, alanlar va boshqa qabilalar, keyinchalik turkiy elatlar bilan aralashib ketgan. 
Dastlab turkiy qabilalar milodning III-IV asrlarida kela boshlagan va sharqiy Evropaga gunllarning 


99 
istilosi bilan bog`liq bwlgan. Volgabwyi va Ural etaklarida joylashgan turklar mahalliy finno-ugor 
xalqlarining madaniyatini qabul qilgan va ular bilan aralashib ketgan. Eng katta turkiy oqimlar 
bwlgan Turk xoqonligi V-VII asrlarda Volga-Ural hududiga bostirib kirgan, ulardan keyin XII-XIII 
asrlarda Shimoliy Kavkazdan kelgan bwlg`orlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va qisman 
wng qirg`oqlarini Kama bwylarigacha bwlgan hududni egallab mahalliy turk va finno-ugor 
qabilalari bilan aralashib X asrda Volga Bulg`oriyasi nomli ilk feodal davlatini yaratganlar. 
Hozir tatarlar Rossiyaning eng yirik millatlaridan biri bwlib, son jihatidan (6,6 mln.dan ziyod) 
yirik millatlar qatoriga kiradi. Ular Tatariston Respublikasining asosiy aholisi (47,4%)ini tashkil 
etsada, kwpchiligi (taxminan twrtdan uch) qismi wz respublikasidan tashqarida yashaydi. Tatarlar 
Boshqirdistonda, Chelyabinsk, Perm, Ekaterinburg, Orenburg va Astraxan viloyatlarida, Janubiy 
Sibir va Uzoq Sharqda, Markaziy Osiyoda kwproq joylashganlar. 
Hozirgacha bir qadar farq qilgan tatar guruhlari XV-XVI asrlarda tashkil topgan tatar 
xonliklari (Qozon, Astraxan, Sibir va hk.) davrida shakllangan edi. Shu asosda Wrta Volgabwyi va 
Uralbwyida qosim va boshqa tatarlar etnografik guruh sifatida wzaro farq qiladi. Etnografik 
jihatdan, ehtimol qadimiy finno-ugor qabilalaridan biri hisoblangan mesheralarni turklashtirish 
natijasida yuzaga kelgan misharlar yoki zwrlik Bilan nasroniy diniga wtkazilgan qozon tatarlarining 
bir qismi krashenlar va wg`wyboklar (nwg`oy tatarlari) alohida e`tiborga molik. 
Volga-Kama bwyidagi xalqlarining qadimgi davrlardan asosiy mashg`uloti dehqonchilik va 
chorvachilik bilan birga avchilik va baliqchilik iborat bwlgan. Ular wtgan asrda uch paykalli 
almashlab ekish tizimiga wtganlar. Dehqonchilik qurollaridan eng muhimi bir necha xildagi omoch 
va og`ir yog`och plug (sabon) bwlgan. XVII asrgacha boshqirdlar kwchmanchi va yarim 
kwchmanchi tarzida turmush kechirib, asosan, chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Yaylovlarning 
kamayishi bilan wtroq holtga wtib dehqonchilik qila boshlaganlar. Qadimiy kasblardan asalarichilik 
ham saqlangan. Wtgan asrdan wrmon sanoati ham paydo bwlgan. 
Volga bwyining pastki qismida joylashgan qalmoqlar asli Mwg`wlistonning Jungariya 
wyratlaridan kelib chiqan. Ular XVI-XVII asrlarda Volga quyi oqimiga kwchib kelib kwchmanchi 
bwlib yashaganlar. XX asrga kelibgina qalmiqlar wtroq turmushga wtib wzining yirik sanoati
ushchi sinfi, yuksak madaniyatiga ega bwlgan Rossiya tarkibidagi respublikani, ya`ni wz 
davlatlariga asos soldilar. Qalmiqlar wz respublikasidan tashqarii qisman Astraxan, Volgograd va 
Rostov viloyatlarida, Stavropol wlkasida ham yashaydilar. 
Umumun, butun Volga bwyi xalqlarining chinakam milliy uyg`onishi, madaniyatining 
gurkirab taraqqiy etishi va yashnashi wtgan asrdagina yuz berdi. Boy fol`klor, xalq musiqasi, 
wyinlari va amaliy san`ati, ayniqsa, kashtachilik, yog`och wymakorligi, badiiy tikuvchilik ancha 
rivojlangan. Mintaqa aholisi diniy jihatdan ikki guruhga bwlingan: musulmonlar va nasroniylar. 
Islom dini tatar va boshqirdlar orasida tarqalgan; nasroniylik Volga Bulg`oriyasining davlat dini 
hisoblangan va Volgabwyi Rossiya tasarrufiga wtgach keng tarqalgan. Ammo mahalliy qadimiy 
dinlarga sig`inishni davom etgan, totemizm, shomonizm va sehrgarlik tasavvurlari saqlangan. 
XIX asr boshlarida Moldaviyaning bir qismi (Prut va Dnestr wrtaligidagi Bessarabiya) 
Usmon imperiyasidan tortib olinib Rossiya tasarrufiga wtgan va wsha davrdan boshlab Moldava 
millati shakllana boshlagan. 
Moldavanlarning asosiy kasbi dehqonchilik va chorvachilik hisoblangan, ayniqsa, uzumchilik 
va 
bog`dorchilik 
rivojlangan. 
Dasht 
qismidagi 
moldavanlarning 
moddiy 
madaniyati 
xususiyatlaridan biri loydan qurilgan somon yoki qamish tomli uylarda yashashi, wziga xos kashtali 
kiyimlar va nihoyatda boy xalq ijodiga ega bwlishadilar. Ayniqsa, moldavanlarning raqs san`ati 
rivojlangan. 
Rossiyada 121 mingdan ziyod lwli (sigan)lar yashashadi. Ularni Kavkazda va Markaziy 
Osiyo davlatlarida uchratish mumkin. Ularning tillari hindoriy guruziga oid, ammo yashagan 
hududidagi mahalliy tillarni ham biladilar. Lwlilar Rossiyaga XV-XVI asrlarda Germaniya va 
Pol`sha orqali kwchib kelganlar. Hozirgi paytda lwlilarning kwpchiligi wtroq turmush tarziga wtib 
ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanmoqda. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish