100
buyuk madaniyat markazlarining joylanishi, bu erda qadimiy davrlardan
turli elatlarning kwchib
yurishi, qisman turib qolishi hamda Kavkazning Evropa va Osiyo oralig`ida darvoza vazifasini
bajarishi muhim rol wynagan. Hozir nisbatan kichik hududda katta-kichik turli tillarda
swzlashuvchi 50 dan ortiq xalqlar istiqomat qiladilar. Faqat Dog`iston Avtonom Respublikasida 30
ga yoqin xalq va elatlar yashaydi.
Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan, u chtil turkumiga-kavkaz yoki iberokavkaz, hin-
evropa (eroniy) va oltoy (turkiy) tillariga mansub. Shulardan eng yirigi
Kavkaz til turkumi bwlib,
unga gruzinlar, adigeylar, cherkezlar, chechenlar, kabardinlar, ingushlar, dog`istonlik ozarlar,
darg`inlar, lezginlar, laklar, tabasarin va boshqa elatlar kiradi.
Turkiy tillarda ozarbayjonlar,
nwg`aylar, qumiklar, bolqar va qorachoyevlar swzlashadilar. Armanlar esa hind-evropa til oilasiga
mansub wziga xos mustaqil tilga ega. Kavkazda oz sonli greklar, ossuriyalar va boshqa mayda
millatlar ham yashashadi.
Antropologik jihatdan kavkazlilar asosan, katt evropoid irqiga kiradi. Faqat nwg`aylar
mongoloid belgilariga ega. Hozirgi antropologik tiplar eng qadimgi davrlar bronza va ilk temir
davrlarida shakllanib bwlgan. Wsha vaqtdayoq Kavkazda metalldan ajoyib buyumlar yasagan
wtroq aholi yashagan. Ular nafis san`atga ega bwlgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan.
Qadimgi Kavkaz tillarida gapirgan aholi hozirgi Kavkaz xalqlarining dastlabki
ajdodlari ekanligi
arxeologik, etnografik va tarixiy manbalar asosida tasdiqlangan.
Qadimgi qabilalar negizida ma`lumotlarga binoan, 3,8 mln.ga yaqin gruzin xalqi (wz nomi
kartveli) shakllangan. Asl gruzinlar uchta yirik qarindosh etnik guruhlar-kart, megrel-chvan va
svanlar asosida shakllangan xalqdir. Ularning eng dastlabki etnik
tuzilishida qadimgi Urartu
davlatida yashagan xalqlar muhim rol wynagan. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida bu
erda yirik qabilaviy birikmalar paydo bwlgan. VI asrda G`arbiy Gruziyada Kolxida davlati, III
asrga kelib sharqiy qismida Iberiya davlati tashkil topgan. Milodning IV-VI asrlariga kelib bir
necha mayda feodal davlatchalar paydo bwlgan. Faqat XI asrdagina
ular markazlashgan davlat
barpo etilgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: